II. Qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish
6.
|
Xalqaro bozorlarda tan olingan sifat standartlarini (Global G.A.P, Organic, NACCP va boshqalar) joriy etilishiga ko‘maklashish.
|
Doimiy ravishda
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zstandart” agentligi
|
7.
|
Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklari mutaxassislari uchun qisqa muddatli, shu jumladan, masofaviy treninglar tashkil etish, o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqish hamda joylarga yetkazilishini ta’minlash.
|
Doimiy ravishda
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar
|
8.
|
Etakchi qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan munosabatlarning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy qilish.
Bunda:
yangi maqsadli eksport bozorlarida muzokaralar o‘tkazish va savdo kelishuvlarini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
xalqaro bozorlarda qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari marketingi va tashish xarajatlarini kamaytirish;
mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini maqsadli eksport bozorlariga chiqarish uchun “Made in Uzbekistan” brendidan keng foy�alanish imkoniyatlarini baholash;
milliy sifat tizimini takomillashtirish bo‘yicha batafsil reja ishlab chiqish.
|
Doimiy ravishda
|
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi
|
9.
|
Eksport bozorlari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish, eksportga tayyorgarlik, savdo rejimi va savdoni moliyalashtirish bo‘yicha maslahat xizmatlari faoliyatini rivojlantirish.
|
Doimiy ravishda
|
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
10.
|
Eksport salohiyati yuqori bo‘lgan organik mahsulotlarni nazarda tutgan holda ichki va xalqaro bozorlarga meva-sabzavotchilik hamda chorvachilik mahsulotlarining asosiy tarmoqlarini baholash natijalariga ko‘ra (dastlab ko‘p yillik ma’lumotlar va bozor tendensiyalari tahlili asosida eksport qilinuvchi asosiy 10 — 15 ta mahsulot turiga nisbatan) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirish strategiyasini ishlab chiqish.
|
2021-yil IV chorak
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
|
11.
|
Mavjud infratuzilmani tahlil qilish asosida oziq-ovqat xavfsizligi hamda sifatini nazorat qilish tizimini tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya qilish.
|
2021-yil I chorak
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi
|
12.
|
Qishloq joylarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash, shuningdek, ichki bozorlarni modernizatsiya qilish bilan shug‘ullanadigan ta�birkorlik subyektlarini rivojlantirishni maqsadli qo‘llab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish.
|
2021-yil III chorak
|
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
|
13.
|
Hududlarning xususiyatlari hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri savdo to‘plangan joylarni hisobga olgan holda rivojlanishni cheklovchi omillarni batafsil baholash asosida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish.
|
2021-yil II chorak
|
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Transport vazirligi
|
14.
|
Barcha tarmoqlarda klastyerlarni rivojlantirish va rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarni aniqlash maqsadida paxta-to‘qimachilik klastyerlari faoliyatini baholash.
|
2021-yil IV chorak
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zpaxtasanoat” AJ
|
15.
|
Muhim eksport bozorlari va ustuvor mahsulotlarga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat bozori monitoringini yuritish tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish.
Bunda qarorlar qabul qilishda ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchi korxonalarga ko‘maklashish maqsadida mahsulotlar narxlari to‘g‘risidagi axborotlarni muntazam ravishda nashr qilib borish nazarda tutiladi.
|
2021-yil II chorak
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
|
16.
|
Qo‘shimcha qiymat zanjirlarini shakllantirishga qaratilgan qishloq joylardagi startap-tashabbuslar hamda ishlab chiqaruvchilar birlashmalarni qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar va �mtiyozli kreditlarni taqdim etishni nazarda tutuvchi kichik tadbirkorlikni rivojlantirish va diversifikatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun tajriba sinov tariqasida investitsion dasturlarni amalga oshirish.
|
2021-yil I chorak
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
|
17.
|
Ikkilamchi ijara va ijara huquqini berish imkoniyatlarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksiga o‘zgartirish kiritish.
|
2022-yil I chorak
|
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
18.
|
Xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish orqali genetik modifikatsiyalangan ekinlar va o‘simliklar navlarini sinash uchun maxsus laboratoriya tashkil qilish.
|
2022-yil IV chorak
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
|
19.
|
Agrologistika markazlari tarmoqlari bazasida yagona savdo tizimini (auksion va birja savdolari asosida) joriy etishda ko‘maklashish.
|
2022-yil I chorak
|
Investitsiyalar va tashki savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
20.
|
Urug‘chilik va meva-sabzavotchilik bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot institutlarining faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash.
|
2022-yil IV chorak
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
21.
|
Xarajatlarni minimallashtirish va texnik to‘siqlarni bartaraf etish, mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berishni ta’minlash maqsadida savdo infratuzilmasi, agrologistika markazlari, oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyalari, sanitariya va fitosanitariya tizimi, zarur uskunalar hamda inventarlar uchun investitsiyalarni jalb qilishni yanada rag‘batlantirish.
|
2025-yil IV chorak
|
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi
|
|