Milliy boylik



Download 36,75 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi36,75 Kb.
#238317
Bog'liq
Milliy boylik - Vikipediya



Milliy boylik

Milliy boylik — mamlakatning tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish va kishilar

hayotini taʼminlash sharoitlarini belgilovchi resurslari majmui. Umuman, mamlakatning mulkiy

holatini tavsiflashda qoʻllaniladigan Milliy boylik koʻrsatikichi turli shaklda jamgʻarilgan

kishilar mehnat mahsullari natijalari bilan birga iqtisodiy muomalaga kiritilgan tabiat

resurelarini, shuningdek, xorijdagi moliyaviy aktivlar va hisobkitoblar saldosini ham oʻz ichiga

oladi. Milliy boylikni hisoblash milliy hisoblar tizimi konsepsiyasiga asoslanadi, Milliy boylik

har bir mamlakat xalqi hayoti va taraqqiyotida katta ahamiyatga ega boʻlib, umumiy hayot

darajasini, mamlakatning salohiyatini ifodalaydigan juda muhim makroiqtisodiy va

umumiqtisodiy koʻrsatkichdir. Milliy boylik birinchi marta ingliz iqtisodchisi U. Petti (1623—

1687) tomonidan 1664 yilda hisoblangan edi, Fransiyada Milliy boylikni birinchi marta ba-

holash 1789 yilda, AQShda 1805 yilda, Rossiyada 1864 yilda amalga oshirilgan edi. U. Petti

"mehnat — boylikning otasi, yer — uning onasi", — degan va umumiy boylikni ishlab

chikarilgan mahsulotlardan iborat, deb tushungan. Milliy boylikni hisoblashda qishilik jami-

yati hayoti va taraqqiyotining moddiy asosi, birinchi, navbatda, moddiy tabiat ekanligini

unutmagan holda, eng avvalo tabiiy boyliklar — yer, yer osti boyliklari, suvlar, oʻrmonlar va

boshqa aniq va toʻgʻri hisobga olinishi lozim. Soʻngra ular vositasida inson mehnati bilan

ishlab chiqarilgan va jamgʻarilgan moddiy boyliklar toʻla-toʻkis hisobga kiritilishi kerak: 1)

moddiy ishlab chiqarish sohasidagi moddiy fondlar; asosiy fondlar; moddiy aylanma

vositalar; ularning rezervlari; 2) noishlab chiqarish sohasidagi moddiy fondlar; asosiy fondlar,

shu jumladan, turar joy fondi; boshka moddiy boyliklar; 3) aholi uy-roʻzgʻor xoʻjaligidagi uzoq

muddatli foydalaniladigan moddiy neʼmatlar; 4) turli xil rezerv fondlar. Bu fondlarni yana ikki

fondga boʻlish mumkin: 1) unumli (ishlab chiqarish) fondlari; 2) bevosita isteʼmolbop fondlar.

Milliy boylikni mulkchilik shakllari boʻyicha tasniflashning ahamiyati katta. Shu bilan birga

tabiiy boyliklarning va ishlab chiqariladigan, jamgʻarilgan boyliklarning har bir muayyan

davrda kimlar egaligida va foydalanishida ekanligini hisobga olish ham muhim. Mamlakat,

jamiyat Milliy boylikgi uning faqat moddiy boyligidangina iborat emas. Uning

maʼnaviymadaniy va boshqa unsurlari ham bor. Mamlakat aholisi, uning mehnatga qobilliligi,



akliy va jismoniy qobiliyatlari, xilma-xil koʻnikmalari aslida, insoniy nuqtai nazardan har

qanday jamiyatning asosiy boyligidir. Shu sababli hozirgi davrda barcha mamlakatlar oʻz

aholisini, uning maʼnaviyatini va madaniyatini saklash va rivojlantirishga harakat qiladi;

barcha moddiy (tabiiy va ishlab chiqarilgan) neʼmatlar, maʼnaviy neʼmatlar (ilm, fan,

madaniyat, sanʼat boyliklari va boshqalar) insonga, kishilarga xizmat qilishi lozim. Iqtisodiy

adabiyotlarda insonning ish kuchini, akliy va jismoniy qobiliyatlarini "insoniy kapital" deb

atash ham bor. Hozirgi davrda dunyoda tegishli mutaxassislar va muassasalar turli

mamlakatlarda insoniy salohiyatni, tabiiy boyliklarni va takror ishlab chikariladigan boyliklarni

baholash, ularning umumiy hajmini, yigʻindisini va aholi jon boshiga toʻgri keladigan miqdorini

aniqlash bilan ham shugʻullanadi. Jahon banki ekspertlarining baholashiga kura, 20-asr

oxirida insoniyat 550 trln. AQSH dollaridan ortiq (yoki aholi jon boshiga 90 ming dollarlik)

boylikka ega boʻlgan; shu jumladan, AQSH eng koʻp darajadagi jaʼmi 120 trln. dollar (aholi jon

boshiga 460 ming dollar) boylikka ega. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan

mamlakat hududidagi barcha boyliklar Milliy boylikka, milliy mulkka aylantirildi. Bu

Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Res-publikasining davlat mustaqilligi asoslari

toʻgʻrisida"gi qonunining (1991 yil 31 avg .) 7moddasida: "Respublika hududidagi yer, yer osti

boyliklari, suv va oʻrmonlar, oʻsimliklar va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar,

respublikaning maʼnaviy boyliklari Oʻzbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki

hisoblanadi", deb koʻrsatilgan. Shuning uchun ham, birinchi navbatda, mamlakatning insoniy

salohiyatini, tabiiy va yaratilgan (ishlab chikarilgan) boyliklarni aniq baholash, ularni bir-biriga

tarkibiy jihatdan muvofiqlashtirish, koʻpaytirish va takomillashtirish eng dolzarb vazifalarga

kiradi.


Karimov I. A., Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va

taraqqiyot kafolatlari, T., 1997; Smit A., Issledovaniye o prirode i prichinax bogatstva

narodov, M., 1962; Fisher S, Dorbush R., Shmalenzi R., Ekonomika, per. s angl., M., 1995.

Erlis Alqulov.

[1]

1. 


OʻzME

. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Bu maqolada 

boshqa til boʻlimlariga ishorat

 yoʻq. 

Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.

Adabiyot


Manbalar

Download 36,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish