kishilar hayotini taʼminlash sharoitlarini belgilovchi resurslari majmui. Umuman,
koʻrsatikichi turli shaklda jamgʻarilgan kishilar mehnat mahsullari natijalari bilan
birga iqtisodiy muomalaga kiritilgan tabiat resurelarini, shuningdek, xorijdagi
moliyaviy aktivlar va hisobkitoblar saldosini ham oʻz ichiga oladi. Milliy boylikni
hisoblash milliy hisoblar tizimi konsepsiyasiga asoslanadi, Milliy boylik har bir
mamlakat xalqi hayoti va taraqqiyotida katta ahamiyatga ega boʻlib, umumiy hayot
darajasini, mamlakatning salohiyatini ifodalaydigan juda muhim makroiqtisodiy va
umumiqtisodiy koʻrsatkichdir. Milliy boylik birinchi marta ingliz iqtisodchisi U.
onasi", — degan va umumiy boylikni ishlab chikarilgan mahsulotlardan iborat, deb
tushungan. Milliy boylikni hisoblashda qishilik jami-yati hayoti va taraqqiyotining
avvalo tabiiy boyliklar — yer, yer osti boyliklari, suvlar, oʻrmonlar va boshqa aniq
va toʻgʻri hisobga olinishi lozim. Soʻngra ular vositasida inson mehnati bilan ishlab
chiqarilgan va jamgʻarilgan moddiy boyliklar toʻla-toʻkis hisobga kiritilishi kerak:
1) moddiy ishlab chiqarish sohasidagi moddiy fondlar; asosiy fondlar; moddiy
aylanma vositalar; ularning rezervlari; 2) noishlab chiqarish sohasidagi moddiy
fondlar; asosiy fondlar, shu jumladan, turar joy fondi; boshka moddiy boyliklar; 3)
aholi uy-roʻzgʻor xoʻjaligidagi uzoq muddatli foydalaniladigan moddiy neʼmatlar;
4) turli xil rezerv fondlar. Bu fondlarni yana ikki fondga boʻlish mumkin: 1)
unumli (ishlab chiqarish) fondlari; 2) bevosita isteʼmolbop fondlar. Milliy boylikni
mulkchilik shakllari boʻyicha tasniflashning ahamiyati katta. Shu bilan birga tabiiy
boyliklarning va ishlab chiqariladigan, jamgʻarilgan boyliklarning har bir muayyan
davrda kimlar egaligida va foydalanishida ekanligini hisobga olish ham muhim.
Mamlakat, jamiyat Milliy boylikgi uning faqat moddiy boyligidangina iborat emas.
Uning maʼnaviymadaniy va boshqa unsurlari ham bor. Mamlakat aholisi, uning
mehnatga qobilliligi, akliy va jismoniy qobiliyatlari, xilma-xil koʻnikmalari aslida,
insoniy nuqtai nazardan har qanday jamiyatning asosiy boyligidir. Shu sababli
hozirgi davrda barcha mamlakatlar oʻz aholisini, uning maʼnaviyatini va
madaniyatini saklash va rivojlantirishga harakat qiladi; barcha moddiy (tabiiy va
ishlab chiqarilgan) neʼmatlar, maʼnaviy neʼmatlar (ilm, fan, madaniyat, sanʼat
boyliklari va boshqalar) insonga, kishilarga xizmat qilishi lozim. Iqtisodiy
adabiyotlarda insonning ish kuchini, akliy va jismoniy qobiliyatlarini "insoniy
kapital" deb atash ham bor. Hozirgi davrda dunyoda tegishli mutaxassislar va
muassasalar turli mamlakatlarda insoniy salohiyatni, tabiiy boyliklarni va takror
ishlab chikariladigan boyliklarni baholash, ularning umumiy hajmini, yigʻindisini
va aholi jon boshiga toʻgri keladigan miqdorini aniqlash bilan ham shugʻullanadi.
Jahon banki ekspertlarining baholashiga kura, 20-asr oxirida insoniyat 550 trln.
AQSH dollaridan ortiq (yoki aholi jon boshiga 90 ming dollarlik) boylikka ega
boʻlgan; shu jumladan, AQSH eng koʻp darajadagi jaʼmi 120 trln. dollar (aholi jon
boshiga 460 ming dollar) boylikka ega. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka
erishishi bilan mamlakat hududidagi barcha boyliklar Milliy boylikka, milliy
mulkka aylantirildi. Bu Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Res-
publikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida"gi qonunining (1991 yil 31
avg .) 7moddasida: "Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va
oʻrmonlar, oʻsimliklar va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar,
respublikaning maʼnaviy boyliklari Oʻzbekiston Respublikasining milliy boyligi,
mulki hisoblanadi", deb koʻrsatilgan. Shuning uchun ham, birinchi navbatda,
mamlakatning insoniy salohiyatini, tabiiy va yaratilgan (ishlab chikarilgan)
boyliklarni aniq baholash, ularni bir-biriga tarkibiy jihatdan muvofiqlashtirish,
koʻpaytirish va takomillashtirish eng dolzarb vazifalarga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: