Milliy boylik statistikasi - Milliy boylik – iqtisodiy statistikaning tayanch ko’rsatkichlaridan biridir. Uning hajmi (solishtirma baholarda) – mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini ifodlaydi, jon boshiga to’g’ri keladigan miqdori esa – mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga baho beradi.
Unga binoan, milliy boylik deganda ma’lum bir sanaga institutsional birliklar, ya’ni mamlakat rezidentlariga tegishli bo’lgan kapital sof qiymati tushuniladi. Kapital sof qiymati institutsional birliklarning aktivlari (nomoliyaviy va moliyaviy) va majburiyatlari orasidagi farq kabi aniqlanadi Milliy boylik mazkur davlat rezidentlariga tegishli bo’lgan nomoliyaviy aktivlar va ularning tashqi dunyoga sof talabini ifodalaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |