Milliy g‘oyamiz tarkibidagi asosiy tushunchalardan
biri Vatan ravnaqi dåb nomlanadi.
Vatanning ravnaq topishi uchun, avvalo, yurt tinch,
xalq farovon bo‘lishi lozim. Shu bois yurt tinchligi va
xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar Vatan ravnaqi bilan
birga milliy g‘oyamizning någizini tashkil etadi.
Ana shu maqsadlarga erishish uchun esa diyorimizda yashayot-
gan insonlar ham jismoniy, ham ma’naviy tomondan yåtuk bo‘lishi,
ular qaysi millat yoki elatga mansub bo‘lmasin, barchamiz uchun
yagona bo‘lgan ona O‘zbåkistonimiz taraqqiyoti yo‘lida birlashishi,
hamkor-u hamnafas bo‘lib yashashi lozim. Bunday intilish hamda
qarashlarni yoshlikdan boshlab ularning qalbi va ongiga singdirish
uchun milliy g‘oyamiz tarkibidagi komil inson, ijtimoiy ham-
korlik, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag‘rikånglik kabi
tamoyillar ham alohida o‘rin tutadi. Bu, o‘z navbatida, milliy
g‘oyamiz tarkibidagi tushuncha va tamoyillarning bir-biri bilan
uzviy bog‘liq ekanidan, xalqimizni birlashtirish va yagona qudratli
kuchga aylantirishda uning amaliy imkoniyatlari naqadar kångligi-
dan dalolat båradi.
!
9
Do'stlaringiz bilan baham: |