Shuning uchun xalqimiz ezgu an’analar, urf-odatlar,
bunyodkor g‘oyalarni asrlardan asrlarga olib o‘tib, far-
zandlari qalbiga singdiradi. Mustaqillik g‘oyasi ham ana
shunday håch qachon zavol bilmaydigan g‘oyalardandir.
Insonning qalbi yoki ongida bo‘shliqqa yo‘l qo‘yilsa, u
o‘z orzu-intilishlari va hayotiy manfaatlariga mos qadriyat-
larga emas, aksincha, to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itadigan soxta
g‘oya hamda mafkuralarga ishonib, yo‘ldan adashishi,
yaxshilik o‘rniga yomonlik, ezgulik o‘rniga yovuzlik ortidan
ergashib kåtishi mumkin.
Ayniqsa, insonni o‘ziga tåz jalb etadigan zamonaviy axborot
vositalari faoliyati kuchaygan bugungi kunda bunday xavf-xatarlar
turli shakllarda yashin tåzligida ko‘payib bormoqda. Tajovuzkor
g‘oya va mafkuralar ana shu vositalardan foydalanib, zaif, mo‘rt
odamlarni tuzoqqa tushirishga harakat qiladi.
Tajovuzkor g‘oya insonning qalbiga bostirib kirib, uning
ong-u tafakkurini izdan chiqarishga urinadigan g‘oyadir.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |