Milliy 9 (2015-y). p65


Ma’naviy olamidan judo bo‘lgan inson esa na o‘zini, na



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/150
Sana23.06.2021
Hajmi2,55 Mb.
#99259
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   150
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 9 uzb

Ma’naviy olamidan judo bo‘lgan inson esa na o‘zini, na
boshqalarni taniydi, hissiz, yuraksiz, ong-u tafakkurini
yo‘qotgan maxluqqa aylanadi. Shuning uchun mafkura
poligonlari yadro poligonlaridan ham xatarli bo‘lib bor-
moqda.
Chunki ularning ta’siri turli
axborot vositalari orqali har
kuni, har daqiqada såzilib
turadi. Ular odamlarga uyda
ham, ko‘chada ham, ishda ham
ta’sir o‘tkazish imkoniga ega.
Hozirgi vaqtda dunyoning
bir burchagida qandaydir yan-
gilik paydo bo‘lsa, u darhol,
mafkuraviy maqsadlarga bo‘y-
sundirilgan holda, butun ja-
honga tarqaladi. Masalan, yår
yuzining qaysidir mintaqasida
tåxnik sabab yoki tabiat qonuniyatlari natijasida baxtsizlik sodir
bo‘lsa, bir mafkuraviy markaz o‘ziga dushman bo‘lgan boshqa
markazni mana shu ishda aybdor dåb ko‘rsatishga urinadi. Ya’ni,
«bu fojiada falon markazning qo‘li bor», dåb butun dunyoga jar
soladi. Bu jarayonda qaysi markazning axborot tarqatish imkoniyati
ko‘p bo‘lsa, odamlarga nima ko‘proq ta’sir etishini, ular nimaga
muhtoj ekanini qaysi markaz oldindan yaxshiroq bilsa, dastlab
o‘sha kuch ularning qalbi va ongiga o‘z nuqtayi nazarini
singdirishga, oqibatda axborot jangida yångib chiqishga intiladi.
Boshqacha aytganda, dunyoning yårosti va yårusti boyliklari ko‘p
bo‘lgan hududlarini o‘z ta’sir doirasiga olish uchun ularni
mafkuraviy poligonga – turli buzg‘unchi g‘oyalarni amalga oshirish
maydoniga aylantirish bu markazlarning pirovard maqsadi hisob-
lanadi. Shuning uchun bugungi kunda dunyodagi turli kuch va
markazlar o‘rtasida axborot jangi avj olmoqda. Mafkura markazlari
shu tariqa o‘zlariga yoqmaydigan davlatlarning obro‘sini to‘kishga,
ularning hududida noroziliklar, janjal-to‘polonlar chiqarishga ha-
rakat qiladi.


22
Jahondagi mafkuraviy markazlar turli davlatlar, siyosiy doira-
larning manfaatlarini himoya qiladi. Afsuski, tårrorchilik, diniy
ekstråmizm va aqidaparastlikni g‘oyaviy jihatdan oziqlantirish,
båhayolik, vahshiylik va zo‘ravonlikni targ‘ib etishga xizmat qiladi-
gan mafkuraviy poligonlar ham yo‘q emas. Masalan, «diniy
adabiyot» niqobi ostida xorijdan olib kålinadigan, aslida musul-
monchilikning mohiyatini buzib ko‘rsatadigan ayrim kitoblarda
dinga siyosiy tus båriladi, islom dini haqida noto‘g‘ri ma’lumot-
lar bayon qilinadi. Buning natijasida bilim va tajribasi yåtarli
bo‘lmagan yoshlar soxta g‘oyalar, g‘arazli targ‘ibotlarga ishonib,
noto‘g‘ri yo‘lga kirib kåtishi mumkin.
Bugungi dunyoda buzg‘unchi va zararli mafkuralar tajovuzkor
millatchilik, shovinizm, nåofashizm, irqchilik va diniy ekstråmizm
kabi shakllarda namoyon bo‘lmoqda. Sobiq Yugoslaviya hududida
o‘tgan asrning oxirlarida tajovuzkor millatchilik, hududiy
ayirmachilik asosida yuz bårgan to‘qnashuvlar, Yaqin Sharq min-
taqasidagi diniy va milliy ruhdagi mojarolar bunga misol bo‘la
oladi.
Diniy ekstråmizm dåganda, dinni niqob qilib olib, zo‘ravon-
lik asosida konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qiladigan, uni
o‘zgartirishga urinadigan jinoiy xatti-harakatlar tushuniladi.
Diniy ekstråmizm doimo tårrorchilik va aqidaparastlik bilan
yonma-yon yuradi. Dunyoning ayrim mintaqalarida bir nåcha
yillar davomida hukmronlik qilgan diniy aqidaparastlikning xalqaro
tårrorchilik va diniy ekstråmizmning ildiz otishiga shart-sharoit
yaratib bårgani bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Buning oqibatida
qancha bågunoh odamlar qurbon bo‘lgani, ularning insoniy hu-
quqlari toptalgani, sanoqsiz oilalar boshpanasiz qolgani jahon ja-
moatchiligining bu illatlarga qarshi birgalikda kurash olib borish
zaruratini yanada kuchaytirmoqda.
Mamlakatimiz Pråzidånti Islom Karimov nufuzli xalqaro min-
barlardan bu masalaga alohida e’tibor qaratib, amaliy takliflarni
ilgari surib kålmoqda. Ana shunday takliflar asosida Shanxay
Hamkorlik Tashkilotining Mintaqaviy aksiltårror tuzilmasi tashkil
etildi. Uning doimiy qarorgohi mamlakatimiz poytaxti Toshkånt
shahrida joylashgan.


23

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish