Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishida Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlarni o’qitish jarayonida talabalarga vatanparvarlik va milliy g’urur tuyg’ularini singdirish samaradorligi to’g’risida.
QDPI f.f.n. dotsent M. Aminova
tarix fakulьteti 1 kurs talabasi
I. Isaqov
Milliy g’oya, ma’naviyat asosalari va huquq ta’limi yo’nalishi mustaqillik davrida tashkil etilgan bo’lib, mazkur ta’lim yo’nalishida bitiruvchi talabalar ham asosan davlat siyosati va mafkurasini targ’ib qiluvchi, jamiyatda ma’naviy – ma’rifiy ishlarni boshqaruvchi, ijtimoiy jihatdan faol va mafkuramizning etakchi g’oyalarini, milliy g’oyaning bosh maqsadini ilgari suruvchi notiqlar bo’lib tayyorlanishi lozim. Yo’nalishda ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi Milliy ma’naviyat tarixi, Ma’naviy – ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi, Qadriyatlar falsafasi, Ma’naviyat asoslari kabi fanlar va milliy g’oya turkumiga kiruvchi Milliy mafkura, G’oyalar falsafasi, Milliy taraqqiyotning g’oyaviy mafkuraviy asoslari, Mafkura va geosiyosat, Jahon siyosiy – mafkuraviy ta’limotlari tarixi kabi fanlar o’qitilmoqda.
Mazkur fanlarni o’qitish orqali mamlakatimiz ta’lim tizimi oldiga qo’yilgan har tomonlama etuk, zamon talablariga javob bera oladigan, yuksak vatanparvarlik va g’oyaviy etuklik sifatlariga ega bo’lgan barkamol shaxsni tarbiyalash vazifasi amalga oshirilmoqda.
Ushbu fanlar jamiyatining ma’naviy – ma’rifiy va g’oyaviy sohadagi muammolarini hamda jamiyatni g’oyaviy- mafkuraviy va ma’naviy ahloqiy sohadagi tarbiyaviy masalalarini hal etishga xizmat qiladilar. Bu yo’nalishdagi fanlarning har birining o’z predmeti, o’z ob’ektlari va o’z qonuniyatlari bor, lekin ularning bosh vazifasi, talabalarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularda milliy g’ururni shakllantirishdir.
Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlarni o’qitish jarayonida talabalariga vatanparvarlik va milliy g’urur tuyg’ularini
singdirish samaradorligi erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirmoqdalar:
Ma’naviyat asoslari fani yo’nalishdagi fanlar o’qitilishidagi dars, mag’ulotlar jarayonlarida har bir mavzuning yakuniy maqsadi talabalarda ona-vatanga muxabbat, xalqmiz tarixi, buyuk tarixiy shaxslarimiz, o’z milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizga, milliy an’analarimizga chuqur xurmat va ehtirom tuyg’usini shakllantirishdan iborat deb qaralmoqda.
Dars jarayonida har bir mavzu o’tilayotganida professor – o’qituvchilar fanning nazariy masalalarini hayotiy va mahalliy manbaalar asosida keltirilgan misollar orqali tushuntirib, xalqimiz tarixida ro’y bergan voqealarga murojaat qilib, talabalarda xalqimizni eng qadimiy xalqlardan kam bo’lmagan ma’naviyat va madaniyatga ega ekanliklarini isbotlab bermoqdalar.
Mustamlakachilik davrida tarixiy obidalar, ma’naviy yodgorliklar, buyuk shaxslar xotiralari va millatning etuk namoyondalarini qatag’on qilinishi, muqaddas dinimiz, tilimiz va milliy urf-odatlarimizni poymol etilishini shahar tarixida ro’y bergan voqealarni misollar keltirib o’tilishi talaba yoshlarda milliy mustaqillikka shukronalik va mustaqil yurtdan g’ururlanish tuyg’ularini shakllantirmoqda.
Milliy g’oya va shu turkumdagi fanlar o’qitilishida talabalarning Ona Vatan oldidagi muqaddas burchlari, ogohlik va mustaqilikni asrab avaylash, yurtimiz mustaqilligiga erishish yo’lidagi olib borilgan xarakatlar va xalqimizni orzu – niyati ekanligini to’liq anglab etishiga erishilmoqda.
Talabalarda vatanparvarlik va milliy g’urur tuyg’usini shakllantirishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
I. Karimov asarlarini o’rganishning ahamiyati kattadir. Bu o’rinda nafaqat ma’ruza va amaliy mashg’ulotlardan foydalanish balki talaba mustaqil ishlarini tashkil etishdan ham keng foydalanib kelinyabdi. Jumladan, mustaqil ish mavzulari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov asarlari bo’yicha ijodiy ishlar tayyorlash orqali Vatanimiz mustaqilligini mohiyatini, uning tarixiy va jahonshumul ahamiyatini bizning millat va xalq sifatida olamga tanilishimizni va rivojlangan davlatlar tomonidan yutuqlarimizning tan olinayotganligini idrok qilish va faxrlanish tuyg’ularini shakllantirish imkonlarini yanada kengaytiradi.
Talabalarda vatanparvarlik va milliy g’urur tuyg’ularini singdirish samaradorligiga erishish uchun ijtimoiy - gumanitar fanlar o’qituvchisi o’z pedagogik faoliyatini faqatgina belgilangan mavzuni o’zini o’qitishdan iborat deb hisoblashi yoshlar tarbiyasida yuz berayotgan ko’plab nuqsonlarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi. CHunki, hozirgi davr toqazosiga ko’ra har bir ijtimoiy gumanitar fan o’qituvchisi o’z o’quvchilariga o’zbek xalqining milliy qadriyatlari va umuminsoniy qadriyatlarni, mamlakatimiz hayotida yuz berayotgan demokratik o’zgarishlarni, yurtimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor va imkoniyatlarning ahamiyati va mohiyatini, milliy mafkuraning asosiy g’oyalari bo’lgan yurt tinchligi, vatan ravnaqi, xalq farovonligi, millatlararo hamjihatlik, diniy bag’rikenglikning barcha uchun birdek hayotiy ahamiyatini o’z faniga oid nazariy va amaliy dalillar asosida tushuntirib bera olsagina bu sohada samaradorlikka erishish mumkin.
Ijtimoiy – gumanitar fani o’qituvchisining birlamchi vazifasi o’quvchilarda vatanparvarlik, milliy g’urur tuyg’ularini shakllantirish, ularni ma’naviy barkamol, g’oyaviy sobit, ijtimoiy faol, qalbi pok va irodasi mustahkam qilib tarbiyalashdir. Ta’lim va tarbiya tizimining bosh bo’g’inlaridan biri hisoblangan ma’naviy - ma’rifiy bo’limlar ham bevosita ijtimoiy – gumanitar fan o’qituvchilari bilan aloqadorlikda ish yuritib o’z faoliyatini, ularning tajribalari bilan uzviy bog’liqlikda olib borishi lozim. CHunki hozirgi murakkab globallashuv davrida ma’naviy – ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, o’quvchi yoshlarni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, ularni hayotga ongli munosabatini shakillantirish, mamlakatimiz hayotida bo’layotgan voqeliklarga dahldorlik hissini oshirish, tinchligimizga tahdid solayotgan turli tajovuzlarga qarshi tura olish imkoniyatlarini yaratadi. Ijtimoiy – gumanitar fanlar o’qitilishi va ma’naviy ma’rifiy tadbirlardagi amaliy uyg’unlik yoshlarimiz qalbida milliy tafakkur va sog’lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlaydi, ularni ongli yashashga, o’z ijodiy va mustaqil fikriga ega bo’lishga,turli mafkuraviy tajovuzlarga g’oya bilan kurasha olishga yo’naltiradi. Maskur masalalarni echimi va hal etilishi ijtimoiy – gumanitar fani o’qituvchilari oldiga hamda ma’naviy–ma’rifiy soxa mutassadilari oldiga bir qancha aniq vazifalarni qo’yadi.
YOsh avlodda nafaqat o’z hayoti, oila a’zolari, Vatani va millati oldidagi, balki atrof-tabiat, butun kurrai zamin va jami bashariyat oldidagi mas’uliyat tuyg’usini shakllantirish bugungi kun ta’lim-tarbiya tizimining eng muhim masalasi bo’lib turipti.
O’zbekiston respublikasi Prezidenti ma’naviyatga qarshi turli xurujlar haqida gapirar ekan, ta’kidlab o’tadiki: “Bu haqda gapirganda, faqat bitta millat yoki xalq haqida fikr yuritish masalani o’ta tor tushunish bo’lur edi. YA’ni, bu o’rinda so’z faqat bizning ma’naviyatimizga qarshi qaratilgan tajovuzlar haqida, azaliy fazilatlarimiz, milliy qadriyatlarimizni ana shunday hujumlardan asrash xususidagina borayotgani yo’q. Muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo’lgan ushbu muammoni keng miqyosda, dunyoning barcha mamlakatlari va xalqlari hayotiga daxldor masala sifatida o’rganish, tahlil qilish va baholash maqsadga muvofiqdir”. Masalaga bunday keng qamrovli yondoshuv kecha yoki bugun paydo bo’lgani yo’q. Muallifning o’zi ham eslab o’tganidek, bizning ulug’ ajdodlarimiz barchasi “ ...o’z ijodi bilan nafaqat ikki daryo oralig’idagi xalqlarni, balki butun bashariyat farzandlarini doimo mehr-oqibatli, do’st-birodar bo’lib yashashga” da’vat etib kelganlar.
Insonning qalbi va ongiga jo bo’lgan milliy ma’naviy-axloqiy negizlar uni butun umri davomida halol, pok, bilimli, xalq xizmatida bo’lishga, Vatan ravnaqi hamda taraqqiyotiga hissa qo’shishga, o’zining ongli va erkin mushohada qiluvchi shaxs sifatida kamol topishiga muttasil ravishda undaydi. Prezidentimiz I.A.Karimov doimo ta’kidlab kelganidek: “...Farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlarimiz asosida, o’z fikru tafakkuri va zamonaviy bilimga ega bo’lgan vatanparvar etib voyaga etkazish – barchamizning otalik va onalik burchimizdir.” Vatanimiz kelajagi bo’lgan yoshlarga hozirgi zamon talablari darajasida ta’lim va tarbiya berish, ularni yuksak ma’naviyatli, ongi har qanday salbiy ta’sirlarga nisbatan bardoshli qilib voyaga etkazish – bugungi kun ta’lim tizimining asosiy vazifasidir, chunki faqat ana shunday insonlargina kelajakda odil jamiyat poydevorini yanada mustaxkamlash yo’lida o’z xissalarini qo’shadilar.
Ma’naviy tarbiyaning maqsadi va natijasi barkamol insonni shakllantirishdir, ya’ni yangi jamiyatni shakllanishi va rivojlanishida xizmat qiladigan, uni yangi sof ideallar bilan boyitadigan yoshlarni tarbiyalashdir. Bu esa yangi avlod tafakkurida yuksak g’oyalarni, maqsadlarni, vazifalarni ifodalovchi milliy g’oya va ma’naviyat asoslari turkumidagi fanlarni o’qitishning samaradorligi bilan bog’liqdir.
Prezidentimiz I.A.Karimovning “...Aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakgina, oldimizga qo’ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot kamol topadi” degan so’zlari ayni shu ma’noni anglatadi. Bu esa har birimizning farzandlarimiz, yosh avlodning ma’naviy-axloqiy kamoloti, g’oyaviy chiniqishiga, har hil buzg’unchi g’oya va mafkuralarga qarshi murosasiz kurashchi ruhida tarbiyalashga mas’uliyat bilan yondashishga undaydi. Aynan farzandlarning kamoloti – ertangi kunda barchamizning tinch hayotimizni ta’minlaydi.
Buning uchun ularni milliy g’oya ruhida tarbiyalash, ularga hurlik, ozodlik, demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat barpo etish, erkin fuqarolik jamiyat asoslari haqida tushuncha berish barchamizning burchimizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |