Миллий давлатчилигимиз



Download 476 Kb.
bet3/3
Sana23.04.2022
Hajmi476 Kb.
#576202
1   2   3
Bog'liq
Temur tuzuklari [uzsmart.uz]

253Matnda «majlisnavison».

254Qo ‘shin (qo‘shun)-lashkar bo‘linmasining atalishi; ammo bir qo‘shinga biriktirilgan askarlar soni tayin bo‘lmagan. Turli manbalarda bir qo‘shin 50-100 kishidan 600-1000 kishigacha yetgani qayd etilgan.

255Tuman (shumon)-o‘n mingdan iborat raqamni anglatib, lashkar hisobiga ham, mablag‘ hisobiga ham nisbatan qo‘llangan. Ko‘pincha mazkur raqamdan iborat lashkar birikmasi va bu birikmani yuborishi lozim bo‘lgan qabila yoki urug‘lar uyushmasi ma’nosida keladi.

256Matnda «xirgohdan».

257Yarg‘u-yaso va yo‘sun (qonun) asosida chiqarilgan hukm; bu yerda biron haq-huquq beruvchi rasmiy hujjat ma’nosida.

258Balx daryosi-Amudaryoning o‘rta oqimdagi nomi. (-A.A.)

259Kesh-Shahrisabz shahri va viloyatining o‘rta asrlardagi nomi.

260Qobulshoh-asli chingiziy shahzodalardan, darvishtabiat odam bo‘lgan. 1364 y. boshida amir Husayn va Amir Temur uni xon ko‘targan edilar.

261Ichk-podshoh va xonlarning xos xizmatchilari, beklar.

262Matnda «shilon».

263Feruzshoh-Shimoliy Hindistonda hukmronlik qilgan Tug‘loqiylar sulolasi (1320— 1413) dan chiqqan hukmdor. 1351-1388 yillari hukmronlik qilgan.

264Sarang-Malluxonning inisi. O‘sha paytlarda Mo‘lton viloyatining hokimi lavozimida turgan.

265Kurt sultonlari-G‘ur bilan hirotni idora qilgan sulola, unga Malik Shamsiddin Muhammad (1245-1278) asos solgan.

266Amir Temur hirotdagi Kurtlar sulolasini 1381 yili tugatgan.

267Ya’ni, Xuroson xalqi Amir Temurni xaloskor sifatida kutib olgan.

268Sayyid al-mursalin-barcha payg‘ambarlarning yetakchisi (Muhammad payg‘ambarning faxrli nomlaridan).

269Matnda «sari shumor».

270Matnda «xona shumor».

271Matnda «xabarnavis».

272Gap 1376 yili To‘xtamishxon O‘rusxondan qochib, Samarqandga kelishi bilan bog‘liq voqealar ustida bormokda. (—A.A.)

273Bu voqea 1398 yil apreli 1399 yil apreli oralig‘ida yuz bergan. (-A.A.)

274Lohur-Panjobning markaziy shahri. (-A.A.)

275Qanauj-hindistonning qadimiy shahri. Agradan sharqroqda, janubiy Panchala daryosining irmog‘ida joylashgan. Gujarot viloyati poytaxti. (-A.A.)

276Dehqon-bu yerda yer egasi ma’nosida.

277Abdulqodir Jiloniy-yirik mutasavvif olim; qodiriya tariqatining asoschisi (1166 y. vafot etgan).

278Imom Muso Kozim-shialarning yettinchi imomi (799 y. vafot etgan).

279Imom Muhammad jVaqiy-shialarning o‘ninchi imomi.

280Salmon Forsiy-Muhammad payg‘ambarning fors sahobasi (655 y. vafot etgan).

281Jazoir (birligi-Jazira)-Iroqning shimoli. (-A.A.)

282Madoin-Bag‘dod tarkibiga kirgan yetti qishlokdan birining nomi. (-A.A.)

283Imom Ali ibn Muso-shialarning sakkizinchi imomi (821 y. vafot etgan).

284Koriz-er osti suvlarini yig‘ish va ularni yer yuzasiga chiqarish uchun quriladigan yer osti inshooti.

285Jarib-er sathi o‘lchovi. Bir jarib 3600 kv. gazga, ya’ni taxminan bir tanob (958 kv. m)ga. yerga teng bo‘lgan.

286Xarvor-bir eshak ko‘tarishi mumkin bo‘lgan yuk.

287Misqol-og‘irlik o‘lchovi, 4,235 gr ga teng bo‘lgan.

288Langarxona-yo‘lovchilar qo‘nib o‘tadigan yer; miskin va yetim-esirga taom beriladigan joy, g‘aribxona.

289Matnda «Dor ul-imorat»

290Matnda «Dor ul-adolat»

291Qorchi-qurol ko‘tarib yuruvchi; podshoh, xon, sulton va amirlarning shaxsiy qo‘riqchisi. Bu yerda raiyat va ekinzorlarni qo‘riqlovchi harbiy bo‘linma boshlig‘i.

292Manzil-karvonning bir kunlik yo‘li, taxm. 30 km. (-A.A.)

293Matnda «orizi lashkar».

294Matnda «turktoz» atamasi qo‘llangan.

295Yasol-qo‘shin safi. Yasol tuzish-qo‘shinni yurish, ko‘rik yoki jang oldidan safga tizish.

296Sulton Mahmudxon-Chig‘atoy ulusining Amir Temur davridagi ikkinchi hukmdori (1386—1402). Birinchi hukmdor Suyurg‘atmishxon (1370—1388) edi.

297Bu yerda Amir Temur bilan Shoh Mansur o‘rtasida 1393 yil Sheroz ostonasida bo‘lgan jang nazarda tutilmoqda.

Download 476 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish