Миллий байрамлар



Download 18,42 Kb.
Sana23.02.2022
Hajmi18,42 Kb.
#148592
Bog'liq
Документ Microsoft Word


МИЛЛИЙ БАЙРАМЛАР

Маълумки, байрамлар - миллат утмиши, узлиги, нуфузи, курки ва келажаги сифатида маънавий кузгу хисобланади. Чунки кадимги хинд фалсафаси уктиргаидек, «маънавият онгнинг барча куринишлари (акл, фахм-фаросат, хиссиёт, туйгулар, в.б.)нинг манбаидир». Шу боис Шарк жумладан, Марказий Осиё алломалари байрамларнинг маънавиё мохияти ва тарбиявий ахамиятига алохида эътибор каратганлар, улар хусусида муайян тадкикий хулосалар колдирганлар. Бу борада Абу Райхон Берунийнинг «Хиндистон» китоби Хиндистон халклари маданияти, тарихини урганишда бебахо меросдир.


Бу холда Берунийнинг Хиндистон халкларининг ижтимоий-маънавий хаёти масалаларига узига хос ёндошиши, чукур мулохазалари, умуман, Хиндистон хакидаги маълумотлари кимматли манбаа хисобланади.
Беруний ушбу манбааларда хинд халки ва диний байрамларининг келиб чикиши билан уларнинг хаётдаги асосий максадини аник ажратиб беради. У шундай дейди: «Бу (хайит) кунларининг баъзиси дунёвий ишлар учун, баъзиси диний ишлар учун белгиланган». Диний хайитларни «шариат» арбоблари - имомлар, факихлар ва диндорлар келтириб чикарганлар ва «Ана шу хайитлар факирлар танглигини кенгликка айлантирувчи, орзуларни юзага чикарувчи ва халокатга якинлашганларини хатар ва балодан куткарувчи сабабларининг бири булади». Берунийнинг фикрича «Хайитлар улуг кунлар булиб,подшохлар, раислар шу маросимларни утказганлар ва улар нафсларини севинтиришга, рухларини шодлантиришга эришганлар хамда мактов ва мадхга сазовор булганлар, (одамларнинг) мухаббатини жалб этганлар, дуосини олганлар, улар уша кунларда оддий халк учун хам турли маросим келтириб чикарганлар. Оддий халк маросимини адо этиб, подшох амирлар ва халкнинг шодликларига кушилар, уларга ихлос билан буйсуниб хизмат килаётганини изхор этарди».
Хинд халки этикодий анъаналарига кура, байрам дастурлари Ганешга таъзим ракси билан бошланади. Ганеш - акл маъбуди. Раксда унга таъзим килиб, Ганеш дуосини олиш нияти, унинг сифатлари ва гузаллиги мактови ракс харакатларида талкин килинади.
Гавалан (Гопилар ракси-ёш гопиларнинг маъбуд билан ижтимоийлашув жараёни акс этади) - маъбуд Кришна гопилар билан хазил-мутойиба килишда жуда машхур. Ушбу раксда ёш гопилар Кришнадан сиз бизнинг кийимларимизни кийиб, такинчокларимизни такиб, Радха булиб олинг, биз эса сизнинг кийимларингизни кийиб, Кришна буламиз мазмунида илтимос киладилар.
Саргам - бу раксда Катхак раксининг техник коидалари талкин этилади. Ракснинг тезлиги мусикага боглик булмаган холда тезлашиб боради. Марказ раккосалари кул харакатлари билан турли хил маънони англатувчи шаклларни намойиш этадилар. Бу ракс «тал», «тинтал ва рагхаханс дхвани» услубларига асосланган булиб, ижрочиларда техник етукликка асос солинади ва томошабинда фаолиятда олдинга интилиш хиссини таркиб топтиришга хизмат килади.
Хиндистонда Ражастхани - мумтоз мусика ва ракс уйгунлиги сифатида бир канча турдаги халк кушиклари ва ракслари мажмуидир. Байрам тадбирларида хар бир штат узининг миллий услубидаги ракс ва мусикасини тинглаб томошо киладилар. Бунда хинд халкининг чукур фалсафий фикрлари, узаро инсоний муносабатларда майинлик, илтифотлилик булиш каби иштиёклар ракс ва мусика уйгунлигида уктирилади.
Бандиш - бу ракс хинд мумтоз мусикаси ва пашчатpя талвадининг чатишмасидир. Гопилар узларининг севимли маъбудлари Кришна найининг овозини
эшитганларидаги хис-туйгуларини ракс оркали намойиш этадилар.
Жугалбанди - табла ва ракс мусобаканамо савол-жавоби. Бунда табла зарбларининг метро-ритмик тузилмалари ракс режиссурасида узининг вобасталигини ифода этиб, икки дил сохиблари, яъни ижрочилар ижтимоий-маънавий хаёт масалаларини зарб хамда харакатларда мухокама этар эканлар, фикр юзасидан мунозара авжига чикади, охир-окибат муштарак хулосага келинади. Бу келишув ижтимоий хамжихатлик, хамфикрлилик тантана сифатида нишонланади.
Хулоса сифатида айтиш мумкинки, байрамлар хилма-хил нуктаи назар ва фикрларга эга булган турли миллат, ирк ва динга мансуб шахс ва гурухларнинг умумий максад йулидаги хамжихатлигини таъминлайди. Натижада жамиятда тинчлик ва тотувлик, келажакка ишонч, баркарор тараккиётнинг мустахкам шароити яратилади.

MILLIY BAYRAMLAR

1 yanvar - Yangi yil

Yangi yilning birinchi kuni hisoblanadi. Yangi yil bayrami dunyodagi barcha mamlakatlarda yilning turli vaqtlarda keng nishonlanadi. Yangi yilning ramzi Qor bob ova Qor qiz hamda yasatilgan archa hisoblanadi. Soatlar sayni ana'anaviy tarzda 12 soatni urganda vaqtda 31 dekabrdan 1 yanvarga o'tar kechaning yarimkechasida Yangi yil kirib keladi. Shu vaqtda odamlar bezatilgan dasturxon atrofida ushbu bayramni o'z yaqinlari bilan keng nishonlaydilar. Shuningdek turli sovg`alar bilan bir-birlarini hushnud etadilar.

14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni

Mustaqil O'zbekistonda ushbu bayram o'z qurollantirish kuchlarni tashkil etishga bag`ishlangan. 1992 yil 14 yanvarda mamlakat parlamenti mamlakat hududidagi xarbiy o'quv yurtlar va boshqa xarbiy shakllarining barcha qismlari va birlashmalarini O'zbekiston Respublikasi yurisdiktsiya qaramog`iga o'tishi to'g`risida qarori qabul qilindi. Shunday qilib xususiy qurollantirish kuchlari tashkil etildi.1993 yilda 29 dekabrda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni deb e'lon qilindi.

8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni

Xalqaro xotin-qizlar kuni - go'zallik, nafislik va latofatlik bayramidir. Shuningdek, 8 Mart kuni "onalar kuni" sifatida ham taniqlidir. Odamlar ushbu bayramni sevgi, mehrbonlik va go'zallik bayrami sifatida nishonlaydilar. Bahor va Ayol tushunchalar qanchalik bir-birini bog`lab turishiga yana amin bo'lmoqdamiz va buni8 chuqur anglamoqdamiz. Tabiat ayollar bayrami bahorning birinchi kunlariga kelib tushishi huddi ayollar go'zalligini nafis gullar bilan taqqoslagaligi ham bekor emas. Ushbu bayramda erkaklar o'z onalariga, turmush o'rtoqlariga va qizlariga gullar va eng samimiy tilaklar bilan sovg`alarni beradilar.

21 Mart - Navro'z

Navro'z qadimiy milliy bayrami ("Navro'z bayrami") forz tilidan tarjima qilindanda "yangi kun" ma'nosini anglatadi. Navro'z bayrami 21 mart kuni nishonlanadi va yangi yilning boshlanishi hisoblanadi. Ushbu kun kecha bilan kunduzning tenglashgan paytidir.


Kecha va kunduzning bir hilligidir- 12 soat. Yer butunjaxon astronomik tenglashgan davriga kirib keladi. Yana shu davrda yarimshar bo'yicha yil fasllari o'zgarib turadi, agar janubiy yarimsharda kuz kelsa, shimoliy yarimsharda esa- bahor. Ushbu bayram barcha o'simliklar va daraxtlar gullaganda va bahor tusiga kirgan vaqtda bahor kirib kelayotganda nishonlanadi. Ushbu bayramning kirib kelishi bilan ko'pgina O'zbek oilalar turli milliy taomlarni tayyorlaydilar: Sumalak, Xalik, Ko'k somsa, Osh va boshqalar. Mazkur taomlar odamzod organizmiga foydali bo'lgan ko'p vitaminlarga boydir.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng O'zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va ana'nalari kuchga kirdi, jumladan Navro'z bayramini nishonlash o'zga xos tusga ega bo'ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do'stlik va birlik ramziga ega bo'lgan umumxalq bayramidir. Xozirgi kunda Navro'z bayrami Alisher Navoiy maydonida keng nishonlanmoqda.

9 may - Xotira va qadrlash kuni

1999 yili 9 may kuni O'zbekiston poytaxtida Xotira maydoni ochildi va shu kundan buyon 9 may Xotira va qadrlash kuni deb nishonlanmoqda. Ushbu bayram mustaqil O'zbekistonda asrlar davomida qaxramona, o'lkamizni ximoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag`ishlangan.
Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma'noga egadir. Ushbu kunda fashizmga qarshi kurashishlarda qatnashgan, o'z Vatanini himoya qilishda joniga fido qilgan, shuningdek To'maris, Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Nadjmiddin Kubro, Namaz-batir kabi qaxramonlar va asrlar davomida xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan Kadiri, Bexbudi, Munavvar-kari, Cho'lpon, Avloni, Fitrat, Usmon Nasoir kabi milliy qaxramonlarimizni ruxini shod etib eslash ham farz ham qarzdur.
Insoniyat ikkinchi jaxon urushida katnashgan, bu ayovsiz jangu jadalda kaxramonlarcha xalok bulganlar xotirasini aslo unutmaydi.

1 sentyabr - mustaqillik kuni

O'zbekiston Respublikasining asosiy milliy bayrami – Mustaqillik kunidir. Ushbu bayram 1 sentyabr kuni marosimli va rang barang shaklda nishonlanadi. Ushbu milliy bayram do'stlik, xayriya va har tomonlama xurmatga tayangan O'zbek xalqining barcha orzularini nomoyon etadigan bayramdir.
O'zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millatlar vakillari millatiga, diniga va kelib chiqqan irqiga qaramasdan O'zbekistonning barcha hududlarida faol nishonlaydilar.
San'at vakillari shaharning istirohat bog`larida va maydonlarda turli shoularni namoish etadilar. Kopgina xorijiy mehmonlar va turistlar esda qoladigan ana'naviy namoyishlarda ishtirok etadilar.

1 oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni

Har yili 1 oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni keng nishonlamoqda. Qadim zamonlardan ustozga bo'lgan chuqur xurmat va e'tiroz saqlanib qolgan. "Domla", "Muallim", "Ustoz" kabi so'zlar o'z ustozlardan nafaqat bilimlarni va axoliga bo'lgan xurmat munosabati va Vatanga bo'lgan mehriga ega bo'lgan o'quvchilar asrlar davomida minnatdorchilik va izzat bilan murojjat etganlar.
Maktab va o'quv muassasalarning o'quvchilari xayotning ilk bilimlarini bergan ustozlarga chuqur izzatdadirlar. Ushbu kunda o'quvchilar minnatdorchilik bilan gullar va sovg`alar bilan xayot yo'lida mashaqatli mehnat uchun chin yurakdan tabriklaydilar

8 dekabr - Konstitutsiya kuni

Mamlakatimizda qonun ustuvorligi davlatimiz siyosatining asosiy tamoyillaridan biri sanaladi. O'zbekiston respublikasi Konstitutsiyasiya Oliy Kengash tomonidan 1992 yil 8 dekabrda qabul qilindi. Konstitutsiyasiya 6 bo'limdan, 26 bobdan va 128 ta moddadan iborat. Ushbu bayran butun O'zbekistonda keng nishonlanadi.
Ramazon oyidan so'ng nishonlanadigan Iyd Al Fitr va Hajdan so'ng nishonlanadigan Iyd Al Adxa bayramlari ham milliy bayramlar hisoblanadi, biroq ushbu bayramlar nishonlanadigan kunlar Hijriy kalendarga muvofiq har yili o'zgarib turadi.

Ramazon Xayiti (Iyd-al-Fitr)

Ushbu bayram Ro'za xayiti sifatida tanilgan va musulmon (Xijriy) kalendarining 9-oyiga to'g'ri keladi. Ushbu bayram 30 kundan iborat bo'lib, ruxiy hamda ma'naviy tozalanish an'anasi hisoblanadi. Uning shartlari quyudagicha: kun chiqishdan to kun botganga qadar ovqat va suv iste'mol qilmaslik; yomon o'ylardan saqlanish; atrofdagilarga xurmatda bo'lish va ularga imkoniyat darajasida yaxshilik qilishdan iboratdir.
Ushbu shartlarni bajargandan so'ng uch kundan iborat bo'lgan Ramazon Xayiti boshlanadi. "Ramazon Xayiti" birinchi kuni dam olish kuni hisoblanadi.

Qurbon Xayiti (Iyd-al-Adxa)



Musulmonlar tomonidan nishonlanadigan dunyodagi eng katta diniy bayramlardan biridir. Bubayramning negizi, o' o'g'lini Olloh yo'lida qurbon qilishga tayyor bo'lgan Payg'ambar Ibrohim bilan bog'liq bo'gan tarihiy voqeaga taqaladi, shunda uning harakati Olloh tomonidan to'htatilib o'rniga hayvon (qo'y, tuya va boshqa jonliq) qurbon qilish buyuriladi. Shu damdan boshlab barcha musulmonlar bu bayram kuni biro bir jonlig qurbon qilishadi. Bayram uch kun davom etadi va musulmonlar bu kunlarni oila va qarindoslar davrasida o'tkazadilar. Bayram kunlari kishilar uzoq-yaqinda yashovchi yaqinlarini holidan habar oladilar, muhtojlarga yordam beradilar. "Qurbon Xayiti"ning birinchi kuni dam olish kuni hisoblanadi.
Download 18,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish