MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIK O‘ZBEK XALQINING YUKSAK QADRIYATIDIR
ANOTATSIYA: Qadriyat – bu inson uchun ahamiyatli bo‘lgan erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, ma’rifat, haqiqat, go‘zallik, urf-odatlar, ma’naviy va ma’rifiy boyliklardir.
Millatlararo totuvlik – bu bir jamiyatda yashash, yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elatga mansub kishilar o‘rtasida o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlikni qaror toptirish, mustahkamlashning ma’naviy asosidir.
Diniy bag‘rikenglik turli millat vakillarining yagona Vatan uchun birlashib, mushtarak harakat qilib yashashi.
Millatlararo munosabat milliy taraqqiyot asosidir.
Kalit so‘zlar – qadriyat, millatlararo, elat, konstitutsiya, teng huquqlilik, toleranlik, mehnatkash, baynalminallik, demokratiya.
Kirish va dolzarbligi
O‘zbekiston zamini ko‘p asrlar davomida “millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik tamoyili” asosida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari bilan tinch-totuv yashab kelmoqda. Mehmondo‘stlik, bag‘rikenglik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, mehr-muruvvat, iymon-e’tiqodlik, fidoyilik kabi tuyg‘ular faqat bizga-o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan qadriyatlardir.
Millatlararo totuvlik g‘oyasi umumbashariy qadriyat bo‘lib, turli xil xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlarning milliy taraqqiyotining belgilaydi va shu mamlakatning tinchlik va barqarorligini kafolati bo‘lib xizmat qiladi.
Diniy bag‘rikenglik g‘oyasi – xilma-xil dinga e’tiqod qiluvchi insonlarning bir zamin, bir vatanda oliyjanob ezgu g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi.
Asrlar davomida azal-azaldan ona yurtimizda islom, nasroniylik, buddaviylik kabi diniylar yonma-yon yashab kelgan.
Asrlar mobaynida yirik shaharlarda masjid, cherkov va sinagogalarning mavjud bo‘lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o‘z diniy amallarining erkin ado etib kelayotgani buning tasdig‘idir.
Har bir millat yaratganning mo‘‘jizasidir. Jahon dinlarining muqaddas kitoblarida qayd etilishicha, “Olloh asli insonni bir ota va bir onadan yaratgan, lekin ular bir-biri bilan muloqot qilishi uchun, tanishishi uchun millatlarga bo‘lib qo‘ygan. Davlatlar – bu borada ko‘p millatli(polietnik) va bir millatli (monoetnik) tarkibga ega bo‘lib, har biri o‘ziga xosligi bilan bir-biridan farq qiladi.
Har bir mamlakatda turli millat vakillarining mavjudligi azal-azaldan o‘ziga xos tabiiy rang-baranglik baxsh etgan. Har bir millatning umummanfaat bilan milliy qadriyatlari ham bor.
SHavkat Mirziyoevning nutq va ma’ruzalarida tinchlikni ta’minlash, millatlararo va dinlararo totuvlik muhitini qo‘llab-quvvatlash, xalqimiz hayotiga xavf solib kelayotgan ekstremizm va terrorizmga qarshi ayovsiz kurash masalalarini asosiy tamoyil sifatida olg‘a surib kelmoqda.
O‘zbekiston turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylash, barcha fuqarolarga o‘z e’tiqodini amlaga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlararo va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahqamlashga, ular o‘rtasidagi qadimiy va mushtarak an’aanalarni rivodlantirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
2017 yil 30 may kuni ushbu masalaga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Musulmonlar idorasi tomonidan O‘zbyuekiston Milliy Matbuot markazida “Milily va diniy bag‘rikneglik – tinchlik va barqarorlik garovi” mavzusida anjuman tashkil etildi.
Istiqlol yillarida har xil millat vakillarining o‘zlari xohlagan dinga e’tiqod qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi. Ular e’tiqodlaridan kelib chiqib, xohlagan diniy tashkilotga birlashib, mustaqil huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritishi, diniy mutaxassislar tayyorlashi va o‘quv materiallar nashr etishlari, diniy bayram va marosimlar o‘tkazishlari, muqaddas ziyoratgohlarga borib dam olib kelishlari kafolatlanadi.
Hozirgi kunda 31 mlndan ortiq inson O‘zbekistonda istiqomat qilib kelmoqda, ulardan 130dan ortiq millatga mansub. O‘zbekiston aholisining 94 foizi islom diniga, 3,5 foizi yaqin provaslav va qolganlari boshqa konfessiyalarga mansublarni tashkil qiladi.
Mamlakatda u qanday dinga, qaysi millat va elatga mansubligidan qat’iy nazar inson uchun muhim bo‘lgan ehtiyojlari, talablari qondirilsa, yurtga tabaqalashtirish bo‘lmasa, uning maqsadi, niyati umumiylashib bir butun bo‘lib boradi. Tabaqalashtirish, ajratish, kamsitish bo‘ldimi, u mamlakat asta-sekin o‘zini ich-ichidan emirib boradi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zlarining “O‘zbekiston 21 asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida: “Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g‘oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch-totuv yashagan markaz bo‘lib keldi”, deb qayd etganlari ham bejiz emas. Ilmiy manbalarda O‘zbekiston ilk diniy qarash va tasavvurlar yuzaga kelgan eng qadimiy o‘lkalardan biri ekanidan dalolat beradi. 8-asrda Markaziy Osiyoga kirib kelgan islom va mahalliy dinlarning ularga xos qadriyat va odatlarning qorishishi yuz berdi. Markaziy Osiyo xalqlari islom diniga mahalliy diniy axloq, g‘oyalari, huquqiy me’yorlar va urf-odatlarini olib kirdi. Prezidentimiz I.Karimov bu borada quyidagicha fikr bildirdilar: “Xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr-bardoshi, ma’naviy uyg‘onishning yana bir bitmas-tuganmas manbaidir. Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g‘oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan, tinch-totuv yashashgan markaz bo‘lib keldi. Etnik sabr-toqat, bag‘rikneglik hayot bo‘ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me’yorlarga aylandi. Hatto bu hududlarni bosib olganlar ham Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati oldida bosh egibgina qolmay, uning eng qimmatbaho an’analarini, shu hududda mavjud bo‘lgan davlatchilik an’analarini avaylab qabul qilganlar.
Ayni shu zaminda ko‘p asrlar davomida jahon madaniyatlari dunyo miqyosida bir-birini boyitgan. Bu erda ko‘chmanchi xalqlar utroq xalqlar, eronlik qabilalar bilan musulmonlar, nasroniylik va yahudiylar bilan ko‘p asrlar birga yashab kelganlar.
So‘nggi ilk asr davomida ham o‘zlari “madaniyatli” va “ma’rifatli” hisoblab kelgan davlatlar ommaviy qirg‘inlar va diniy ta’qiblar bilan o‘zlariga dog‘ tushirgan bir paytda, O‘zbekiston zamini xalqlar va madaniyatlar tinch joylashgan bir joygina bo‘lib qolmay, balki quvg‘in qilingan xalqlarga boshpana ham berdi.”
Bugungi davrga kelib ko‘pgina davlatlar qatorida O‘zbekiston ham rivojlangan davlatlar qatoriga chiqib borar ekan uning tashqi iqtisod va siyosati tobora rivojlanmoqda. Bu esa chet ellik mehmonlarning O‘zbekistonga kirib kelishiga va O‘zbekiston fuqarolarining boshqa yurtlarga borib faoliyat yuritishi, ular bilan munosabatga kirishishiga yo‘l ochib bermoqda. Bu ayniqsa, so‘nggi to‘rt-besh yil ichida jadallashdi.
Har bir inson u qaysi dinga e’tiqod qilishidan, qaerda yashashidan qat’iy nazar, avvalo tinchlik, osoyishtalik va farovon yashashni xohlaydi.
“Tinchlik” – qanday ulug‘ ne’mat ekanligini bugungi kunda Afg‘oniston, Suriya, Iroq va hozirda davom etayotgan xalqning ba’zi qo‘rtirnoq ichidagi kuchlar tomonidan davlatga qarshi chiqishga chorlayotgan Qozog‘oiston davlatining tashqi qiyofasidan ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Turli xalqlar, millatlar va elatlar uchun zarur sharoitlarni yaratish, ularning fikrlarini eshita bilish, o‘zaro munosabatlaridagi kelishmovchiliklarni to‘g‘ri mushohada yo‘li bilan echish, ularni xuddi bir oilaning farzandidek bir-biriga mehr-oqibat, hurmat uyg‘otish, “ bu boshqa millat” yoki “boshqa din e’tiqodchisi” kabi munosabatga barham berish, insonlar ongiga “bu eng avvalo inson-ku” degan tushunchani singdirish, ularni birlashtirish, yagona Vatan, yagona zaminning taraqqiyoti, rivoji uchun safarbar etish bu eng avvalo davlatimizga, fidoyi YUrtboshimizga va har bir “bu mening Vatanim” deb yashovchi yuragida o‘t-olov shijoat ufurib, yonib turgan insonning asosiy vazifasi va maqsadidir.
Tadqiqot ob’ektlari va metodlari
Millatlararo totuvlik va hamjihatlikka rahna soluvchi illat – bu tajovuzkorlik, millatchilik va shovinizmdir. Bunday zararli g‘oyalar ta’siriga tushgan jamiyat beqarorlik holatiga yuz tutishi muqarrar.
Respublikamizda 16ta diniy konfessiyaga mansub 2239ta diniy tashkilot faoliyat yuritmoqda. Ulardan 2065tasi islomiy, 157tasi xristian tashkilotlari, 8tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari, 1ta krishnani anglash jamiyati va budda ibodatxonasi mavjuddir.
Bundan tashqari respublikamizda konfessiyalar aro bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda.
1945 yilda BMT Ustavi “Sabr toqatli bo‘lish va jahonda yaxshi qo‘shnilar sifatida birgalikda yashash hamja xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash uchun sa’y-harakatlarimizni birlashtirish”ni o‘z maqsadlaridan biri deb e’lon qildi. 1981 yil 25 noyabrda BMT Bosh Assambleyasining 36155 – rezolyusiyasi dinga yoki e’tiqodga asoslangan sar-toqatsizlik va kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi deklaratsiyasi e’lon qildi.
Bosh Assambleya a’zo davlatlarni din yoki e’tiqod erkinligiga rioya qilish va uni kafolatlashga din yoki e’tiqod erkinligi masalalarida bir-birini tushunish, sabr-toqatli va o‘zaro hurmatda bo‘lish hamda din va e’tiqoddan BMT ustaviga va BMTning boshqa tegishli hujjatlariga hilof bo‘lgan maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikka da’vat etadi.
YUNESKO 1995 yili Parijda “bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi” ni qabul qildi. BMT tomonidan esa 1996 yildan buyon “16 noyabr –bag‘rikenglik kuni” deb e’lon qilindi. Dunyoda globallashuv jarayoni shiddatli tus olgan bugungi kunda turli madaniyat va dinga mansub xalqlar o‘rtasida o‘zaro muloqot hamjihatlik va hamkorlikni rivodlantirish dolzarbdir.
Zero, yakka shaxs yoki millat va davlat o‘z qobig‘idan chiqmasdan taraqqiy etishi tasavvurga sig‘maydi. Prezidentimiz 2017 yil 19 sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida jahon hamjamiyati oldida turgan dolzarb masalalar haqida to‘xtalar ekan, “ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyusiyasi qabul qilishna taklif qildi. 2018 yil 12 dekabrda BMT Bosh Asssambleyasining 73- sessiyasi 51-yig‘ilishida mazkur rezolyusiya 193ta a’zo mamlakat tomonidan yakdillik bilan qabul qilindi.
O‘zbekiston /Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi yanada rivojlanish bo‘yicha haraqat Strategiyasi to‘g‘risida” 2017 yil 7 fevralda qabul qilgan farmonida besh ustuvor yo‘nalish qo‘yidagicha belgilangan: “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va ommaviy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimizning mustaqilligi va suverenitetni mustahkamlash O‘zbekiston Respublikasining yon atrofida xavfsizlik barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.”
Asosiy qonunimizning muqaddimasidayoq respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishini ta’minlashga intilib, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida qabul qilinayotgani aytilgan Konstitutsiyamizning 8-moddasida O‘zbekiston xalqini millatidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi”,-deb bekorga aytilmagan.
Hozirgi mamlakatimizda etti tilda o‘zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman tillarida umumiy ta’lim maktablari mavjud. O‘zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, qozoq va ingliz tillaridagi matbuot nashrlari bor. Bu esa har bir millat erkin, mustaqil o‘zlaridan kechmagan, ajdodlarini unutmagan holda umrguzaronlik qilishi mumkinligini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, respublika baynalminal madaniyat markazi hamda O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik, madaniy va ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi faoliyatlari negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2017 yil 17 maydagi № PQ 5046 sonli qaroriga asoslanib tashkil etilgan.
Bugungi O‘zbekiston uchun mustahkam davlat siyosatini olib borish azaliy qadriyatlardan biri hisoblanadi. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoevning O‘zbekiston Oliy majlis va xalqiga murojaatnomasida bu borada ilgari surilgan taashabbuslar ya’ni diniy erkinlik masalalari bo‘yicha mintaqaviy konferensiya o‘tkazish hamda BMT Bosh Assambleyasining rezolyusiyasi asosida har yili 30 iyul – “Xalqaro do‘stlik kuni” sifatida nishonlash to‘g‘risidagi taklifi aynan shunday dunyoqarashning mamlakatimizda yuqori davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini tasdiqlaydi.
So‘nggi uch yil davomida millatlararo munosabatlarda din sohasida 50dan ortiq qonun hujjatlari 40ga yaqin qarorlar qabul qilindi. Ushbu hujjatlar fuqarolarning dini va millatidan qat’iy nazar huquq va erkinliklarini kengaytirish, ularning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etishi imkoniyatlarini oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Dunyoda mamlakatlar ko‘p. Biroq, O‘zbekiston yagonadir. Millatlararo yaxillik, do‘stlik, hamkorlik, diniy bag‘rikenglik o‘zining chuqur ildizi va tarixiy asoslarga egadir. Adolatli milliy siyosat olib borganda, maqsadimiz yagona, taqdirimiz birligini, hamjihatlik zarurligini tushunishga yordam beradi, umuminsoniy g‘oyalarning ustuvor bo‘lishini, shaxsiy manfaatlarni to‘g‘ri anglab olishni osonlashtiradi.
Aksincha, milliy munosabatlarga e’tiborsizlik, ziyraklik va noziklik bilan yondashmaslik tinchlik va barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
SH.Mirziyoevning Respublika Baynalminal markazlarining tashkil etilganligini 25 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuvdagi nutqida ham quyidagicha ta’kidladilar: “ Davlatimiz, O‘zbekistonda yashayotgan har bir fuqaro kelajagining kafolatini Konstitutsiya beradi.
Muallim As-Soniy maqomiga sazovor bo‘lgan Abu Nosir Farobiy shunday deydilar: “Agar fikrlari va harakatlari jamiyat manfaatlariga xizmat qilmaydigan bo‘lsa, mamlakatni bunday kishilardan tozalash kerak” deb bejizga aytmaganlar. Zero, har bir yosh avlodni vatanpparvalik, ona brtga sadoqat ruhida tarbiyalash lozimki, ular hayotida yod g‘oyalarga aslo o‘rin qolmasin.
Tadqiqot natijalari
Bugungi kunda O‘zbekiston xalqi millatlararo va diniy bag‘rikenglik borasida ibrat olsa arzigulik xalqdir. So‘nggi yillarda butun dunyoni tashvishga solayotgan terrorizm, diniy ekstremizm aqidaparastlik, maydonlaridagi kurashlar globallashuv jarayonlari barchasi ogohlikka chorlamoqda.
Ushbu tahdidlarni oldini olish uchun yoshlarga to‘g‘ri ta’lim-tarbiya berish, ularning ongu qalbiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish, milliy g‘oya va g‘urunni shakllantirish lozim. O‘zbekiston Respublikasining va konfessiyalararo totuvlikni o‘rnatish siyosati “inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” va boshqa huquqiy me’yorlarga to‘la mos keladi.
2019 yillarda millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi. Diniy va ma’rifiy sohalarni rivojlantiruvchi qarorlar qabul qilindi. Unga ko‘ra ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish, turli millat va elat vakillari o‘rtasida konstruktiv va o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni shakllantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etildi.
Harakatlar Strategiyasi bo‘yicha esa millatlararo va konfessiyalararo muloqotni rivojlantiirish borasida institutitsional yondashuv yo‘lga qo‘yildi.
Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev 2018 yil 16 apreldagi O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi qo‘mita faoliyatini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi qarorga muvofiq din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi konfessiya ishlari bo‘yicha kengashning yangi tarkibi tasdiqlandi. Kengash tarkibi 9 nafar a’zodan 17 nafar a’zoga O‘zbekistondagi diniy konfesssiya vakillari hisobiga kengaydi.
Mamlakatimizda yashayotgan millatlarning urf-odatlari. Islom dinining madaniy va sivilizatsion merosi, madaniy falsafiy ahamiyatini o‘rganish yangi bosqichga ko‘tarildi. Bugungi kunda bag‘rikenglik insoniyat tomonidan erishilgan eng katta yutuqlardan biridir. Bundan keyingi taraqqiyot uchun ham u muhim omillardan biri bo‘lib qolaveradi. O‘zbekistonda turli konfessiya vakillari o‘rtasida mustahkam do‘stlik. Bag‘rikenglikni ta’minlangan deydi O‘zbekistondagi /Rim katolog cherkovi epeskovi Eje Matsulivich.
Toleranlik- turli din hamda konfessiya vakillari e’tiqodida aqidaviy fikrlar bo‘lishidan qaramay ularning yonma-yon tinch-totuv hurmat qilib yashashini anglatadi. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev shunday deydilar: “Bizning qadimiy va sahovatli zaminimizda ko‘p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat vakillari tinch va totuv yashab kelgan. Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb sahovati va tom ma’nodagi bag‘rikengldik bizning xalqimizga doim xos bo‘lgan va mentalitetimiz asosini tashkil etadi.”
Ming afsuski, ba’zi bir yoshlar vahshiylik va jaholat qurboni bo‘lib qolmoqdalar. Va inson bolasi qilmaydigan razil ishlarga qo‘l urmoqdalar. Zero, payg‘ambarimiz o‘z hadislarida: “Kimki, ahli zimmasiga ziyon etkazsa, qiyomat kuni o‘z dushmani sifatida ko‘radi”. (Ahmad ibn Hambal. “Musnad”).
Rejessyor SHuhrat Abbosov tomonidan 1962 yilda “Sen etim emassan” filmi orqali tasvirlab berilgan insonparvarlik, diniy bag‘rikenglik bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Biz bilamizki, Vatan taraqqiyoti bugun puxta, chuqur bilim va tarbiya olayotgan yoshlar qo‘lida.
“Men farzand tarbiyalashda, davlatni boshqarishdan ko‘ra chuqurroq mushohada, unan chuqurroq donishmandlik kerakligiga ishonch hosil qildim” Amir Temur.
YAxshi tarbiya millat ichidan buyuk insonlarni ko‘paytirishga, qolganlari esa sog‘lom fikr yaratuvchi fuqarolarga aylantirishga qodir degan edi ma’rifatparvar Gelvedse.
Xulosa
Dunyodagi bilimlarning, xalqlarning, millatlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslanadi va do‘stlik fazilatlariga tayanadi. Bu ayniqsa, 21 asr- jadal rivojlanayotgan texnologiya asriga muhimdir. Ko‘pchilik chet davlatlarga ishlab, o‘qib, ularan tajriba olib, o‘zbekistonda qo‘llamoqda. Bu esa o‘zi va yurti uchun foydalidir. Har bir narsaning yaxshi tomoni bo‘lgani kabi ikkinchi tomoni ham bo‘ladi. Davlatimiz rivoj.lanib, o‘zga millat vakillarining kirib kelishi ko‘payar ekan, ular ichida xar xil fikrli insonlar bor. YOki texnologiyalar rivojlanar ekan, insonlar ayniqsa, yoshlar ongini buzg‘unchi g‘oyalar bilan to‘ldiruvchi guuruhlarni uchratishimiz mumkin.
Bizning reja va harakatlarimizdan asosiy maqsad odamlarni rozi qilishdir. SH.M.Mirziyoevning bu so‘zlarida ancha ma’no bor. YAqinda e’lon qilingan “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan ilg‘or xorijiy davlatlarda ta’lim olish uchun ajratilgan 420 o‘rinli stipendiya xalqlar va davlatlarni yanada yaqinlashishiga, davlatimizning taraqqiyotiga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston rivodiga hissa qo‘shish, uning har bir qarich tuprog‘ini asrash, O‘zbekiston zaminida yashayotgan har bir insonning muqaddas burchidir.
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati
1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Toshkent, 2018.
2.Islom Karimov “YUksak ma’naviyat-engilmas kuch”, Toshkent, Ma’naviyat 2008.
3.SH.Mirziyoev, “Buyuk kelajagimizni mardv a oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”, Toshkent, O‘zbekiston 2017.
4.Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi, 1948
5.Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun, 1998 yil.
6.SH.A.YOvqochev, “Siyosat va din” o‘quv qo‘llanmasi
7.A.V.Norbekova, “Dinshunoslik asoslari”, Toshkent, 2007
8.I.Karimov “O‘zbekiston mustaqillik erishish ostonasida”, Toshkent “O‘zbekiston” 2011.
9.Millatlararo do‘stlik va hamjihatlik xalqimiz tinchligi va farovonligining muhim omilidir// SH.Mirziyoevning Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuvidagi nutqidan.
Do'stlaringiz bilan baham: |