Mil av. IX – VI asrlarda Qadimgi Xorazm


Umuman Xorazmda qadimgi yozuv madaniyati tarixini to‘rt bosqichga bo‘lib o‘rganish mumkin deb hisoblaymiz



Download 76,5 Kb.
bet3/5
Sana20.03.2022
Hajmi76,5 Kb.
#503218
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xorazmning Qadimgi va O‘rta asr shaharlari urbanizatsiyasi

Umuman Xorazmda qadimgi yozuv madaniyati tarixini to‘rt bosqichga bo‘lib o‘rganish mumkin deb hisoblaymiz.
Birinchi bosqich: miloddan avvalgi V-IV asrlardan milodiy I-II asrlargacha.
Ikkinchi bosqich: Tuproqqal'a va u bilan tengdosh yozma yodgorliklar bosqichi , yangilari topilishini ham ehtimolda tutish lozim.
Uchinchi bosqich: V-VIII asrlar, kursiv( yugurik) xat-mahkamachilik va husnixat davri.
To‘rtinchi bosqich: arabiy asosdagi xorazmiy yozuv.(VIII-XIII asrlar).
Bundan keyingi bosqichda qadimiy xorazm tili unutilib yozuvning yangi arabiy turkiy davri boshlanadi.
Xorazm tili eroniy tillarning sharqiy guruhiga mansub o‘lik hisoblanadi. Bu til Amudaryo etaklarida, tarixan Xorazm deb nomlangan hududda tarqalgan. Mil.av. 2-1 asrlardan mil.8-asr o‘rtalarigacha qad. Xorazm davlatining rasmiy tili bo‘lgan. Mil.av. 3-2 asrlarga tegishli yodgorliklarda ma'lumotlar mavjud. Xorazm tilining unlilar tizimida a, i, u, e, ye tovushlarining cho‘ziq, qisqa va burunlashgan turlari farqlanadi. Undoshlar tizimida 27 ta fonema bo‘lgan. O‘ziga xos morfologik-sintaktik xususiyatlariga ega. Masalan, ot turkumiga 3 kelishik, 2 jins va 2 son shakli, aniqlik artikli xos bo‘lgan. Ushbbu va boshqa holatlarqadimiy eron tiliga xos xususiyatlar saqlanganligidan darak beradi. Hozirgi xorazm tiliga oid ba'zi so‘zlar ana shu shevalar leksikasida,toponimikasida mavjudligini qayd etadilar. Masalan, “patik”-ship, “kunda”-omoch, “yop”-ariq kabi so‘zlarni, Indavak, Pishkanak, Arvak toponimlarini Xorazm tiliga oid deb taxmin qiladilar. Xorazm tili 15-16 asrlarda batamom o‘lik tilga aylangan.Abu Rayhon Beruniy o‘z asarida 8 asrgacha podsholik qilgan 21 ta Xorazm shohlarining nomlarini keltirgan. O‘sha davrda zarb qilingan tangalar va bitilgan yozma yodgorliklar bu ismning to‘g‘riligini tasdiqlaydi.
Ilk O‘rta asr shaharlarining shakllanishi.
5-7 asrlarda O‘rta Osiyoda, bir tomondan feodal munosabatlarning o‘rnatilishi, ikkinchi tomondan ko‘chmanchi chorvadorlarning beto‘xtov shiddat bilan kirib kelishi oqibatida yo’zaga kelgan o‘ta murakkab ham siyosiy, ham ijtimoyi vaziyat mamlakat obodonchiligi, xo‘jaligining ravnaqi, shahar va qishloqlarning qiyofasi va aholisining turmush tarzi, ahvoliga jiddiy ta'sir ko‘rsatdi. Ko‘chmanchilar bosqini davrida Xorazm vohasining dehqonchilik maydonlari oyoq osti qilinib, ko‘pgina shahar va qishloqlar vayron etildi. Xo‘jalik rivojiga zarba berilib, savdo- sotiq ishlari tanazzulga yo’z tutdi. Biroq avval Eftaliylar davlati, so‘ngra Turk xoqonligi kabi yirik davlatlar hukmronligida yo’zaga kelgan ma'lum darajadagi osoyishtalik davrlarida mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy hayoti yana tadrijiy taraqqiyot yo‘liga tushib oldi.
Dehhqonchilik xo‘jaligida feodal munosabatlarning jadallashuvchi, ko‘chmanchi qabilalar o‘troqlashuvining kuchayishi bilan ekin maydonlariga ehtiyoj ortib ziroatkor yerlar kengaydi. Kanallar barpo etilib, dehqonchilik vohalarining suv ta'minoti tubdan yaxshilandi. Tog‘ oldilarida yangi yerlar o‘zlashtirildi. Shaharlar gavjumlashdi. Ko‘shk, qasr va qo‘rg‘onlar ko‘proq yirik sug‘orish shaxobchalari boshida, markaziy shaharlar atrofida hamda dehqonchilik vohalari chegaralari bo‘ylab joylashgan edi. Mayda qo‘rg‘onchalar vohalardagi qal'alar atrofida qad ko‘targan edi. Masalan, 6-8 asrlarda Qadimgi Xorazmning Burgutqal'a mavze'ida yo’zga yaqin ko‘shk va qasrli qo‘rg‘onlar va qo‘rg‘onchalar bo‘lib, bular bir-biridan 100-200 m masofada joylashgan edi. Ko‘shk va qasrli qo‘rg‘onlarda zodagon dehqonlar, qo‘rg‘onchalarda esa ziroatkor mehnatkash aholi istiqomat qilgan va dushmandan o‘zini mudofaa etgan.
Bu davrda dehqonchilik maydonlarining kengayib , mahsulotlarning ortib borishi, hunarmandchilik buyumu jihozlariga bo‘lgan ehtiyoj, savdo-sotiqning avj olishi, o‘z navbatida shaharlarning ravnaqiga, ayniqsa, uning hunarmandchilik mahallalarining kengayishiga ta'sir etdi.

Download 76,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish