9-LABORATORIYA ISHI.
TERMIK VA XIMIKO-TERMIK ISHLANGAN PO‘LATLARNING
MIKROSTRUKTURASINI TAHLILI
Termik ishlangan po‘latlarning mikroanalizi. Ma’lumki, eng ko‘p qo‘llaniladigan termik ishlov
usullari bu yumshatish va bo‘shatishdir. YUmshatishda muvozanat xolatdagi struktura hosil
bo‘lib, u temir uglerod diagrammasida ko‘rsatilgan. Masalan evtektoidgacha bo‘lgan po‘latning
strukturasi ferrit va perlitdan iborat (1-rasm).
30-rasm. Evtektoidgacha bo‘lgan uglerodli po‘latlarning yumshatgandagi a) va
normalizatsiyalangandagi b) mikrostrukturasi.
Yumshatilgan va normalizatsiyalangan po‘latlarning strukturasini tashkil etuvchisi bo‘lgan perlit
plastinkasimon tuzilishiga ega bo‘lib ferrit va sementit kristallari aralashmasidan iborat.
Unchalik yuqori bo‘lmagan kattalashtirishda sementit plastinkalarini ajratib ko‘rib bo‘lmaydi.
Bunday xolatda strukturani tashkil qiluvchi perlitga nisbatan qopapoq dona bo‘lib ko‘rinadi.
Agarda evtektoidgacha bo‘lgan po‘latni (masalan 45 markali po‘lat) As
2
nuqtasidan yuqori,
austenit xolatiga, qizdirib so‘ngra suvda toblasak, u xolda austenit martensit strukturasiga o‘tadi
(aylanadi).
Martensit – bu uglerodni α temirdagi o‘ta to‘yingan qattiq eritmasi. Austenitni martensitga
o‘tishi kristallografik yo‘llangan bo‘ladi, ya’ni plastinkasimon martensit kristallari austenit kris-
tallik panjarasining ma’lum tekisligi bo‘ylab joylashgan bo‘ladi. SHuning uchun martensit
kristallarining o‘lchamlari (uzunligi) dastlabki austenit donalariga qarab aniqlanadi. Bundan
tashqari martensit plastinkalari bir-biriga nisbatan ma’lum 60° va 120° burchak ostida yo‘llangan
bo‘lib mikroskopda ignasimon tuzilishiga (ko‘rinishiga) ega buladi (2-rasm).
b)
31-rasm. Po‘latlardagi martensit strukturasiga nisbatan mayda donali a) va yirik donali b)
sxemasi
Austenit donasi qanchalik yirik bo‘lsa, martensit ignasi shunchalik uzunroq bo‘ladi.
Martensit yuqori qattiqlikga ega va u po‘latlardagi uglerodning miqdoriga qarab HRC 48-65
bo‘lishi mumkin.
Martensit muallaq struktura bo‘lib, qizdirilganda parchalanadi. Toblangan po‘latlarni past
temperaturada bo‘shatganda (160-200°C) ignasimon tuzilish saqlanadi, lekin struktura kimyoviy
reaktivlarga ta’sirchan bo‘ladi. Bunday martensitni bo‘shatilgan deyiladi.
Toblangan po‘latlarni 300°S dan yuqoriga qizdirganda martensit tamomila ferrit sementit
aralashmasiga parchalanadi. 400°S da bo‘shatganda esa u yuqori dispersli (mayda zarrali)
bo‘lib, sementit zarrachalarini optik mikroskop yordamida ko‘rish imkoniyati yo‘qdir. Qattiqligi
45 ga yaqin bo‘lib, bu strukturani troostit deyiladi va mikroskop ostida qoramtir sharpa (massa)
shaklida ko‘rinadi (4-rasm). Biroq ko‘pincha dastlabki martensitning yo‘nalishi ko‘zga yaqqol
tashlanadi.