Interfeys (interface) — kompyuter qurilmalarini o’zaro moslash va aloqa qurilmalari to’plami bo’lib, ularning o’zaro samarali ishlashini ta’minlaydi. Kiritish-chiqarish porti (I/O port) — ulash texnik aviyurasi bo’lib, mikroprotsessorga boshqa qurilmalarni ulash imkonini beradi.Taktli impulslar generatori chastotasi shaxsiy kompyuterning asosiy tavsiflaridan biri hisoblanadi va ko’p jihatdan uning ishlash tezligini aniqlaydi, negaki mashinadagi har bir amal ma’lum taktlar soni davonida bajariladi. Tizimli shina — kompyuterning asosiy interfeysli tizimi bo’lib, u kompyuterning barcha qurilmalari orasidagi o’zaro ulanishni va aloqani ta’minlaydi. Tizimli shina quyidagilarni o’z ichiga oladi:
foydalangan holda mikroprotsessor konstruksiyalarini ishlab chiqishning apogeysi 2002 yil, ishlab chiqarish va mantiqiy sxemalarni yaratishda eng kam yo'qotishlar bilan yuqori chastotalarni olish uchun kremniyning barcha asosiy xususiyatlaridan f• qiymatlarning kodli shinasi (AQSH), u operand sonli kodining (mashina so’zi) hamma razryadlarini parallel uzatish uchun simlar va ulash sxemalarini o’z ichiga oladi;
• adresning kodli shinasi (AQSH), u asosiy xotira yacheykalarining va tashqi qurilma kiritish-chiqarish portlarining adreslari kodining hamma razryadlarini parallel uzatish uchun simlar va ulanish sxemalarini o’z ichiga oladi;
• ko’rsatmalarning kodli shinasi (KKSH), u mashinaning hamma bloklariga ko’rsatmalarni (boshqaruvchi signallarni, impulslarni) uzatish uchun simlar va ulanish sxemalarini o’z ichiga oladi;
• ta’minot (tok) shinasi, u energo ta’minot tizimiga SHKning bloklarini ulash uchun simlar va ulanish sxemalarini o’z ichiga oladi.
Mikroprotsessorlar haqida gapirar ekanmiz asosiy muhim tushinchalarga to’xtalib utishimiz lozim bo’ladi. Mirkoprotsessorga nisbatan amal bajaruvchi har qanday tashqi qurilma periferiya deb atash mumkin.
Registr- qurilmalarning o’ziga xos tengliklar birlashmasini anglatadi, ularning vazifasi ma’lumotlarni saqlash hamda ma’lumotlarga tezkor murojat qilish imkoniyatini beradi. Ushbu qurilmalar integral sxemada triggerlarda foydalaniladi. Trigger o’z navbatida tranzistor o’tkazgichlarda amalga oshiriladi (ya’ni elektron kalitlar). N trigger registrda N bit ma’lumotni tushinish mumkin.
Port –shunday sxemaki odatda o’ziga bir qancha registrlarni qamrab oluvchi hamda ulanish imkoniyatini beruvchi vositadir, masalan pereferiya qurilmasi mirkoprotsessorni tashqi shinasiga ulanishida ko’rishimiz mumkin. Amalda xar mikrsxema har xil maqsadlar uchun ishlatiladi. SHaxsiy kompyuterda har bir port o’ziga xos unikal raqamiga ega bo’ladi. SHuni aytib o’tish joyizki portlarni raqami mohiyatan registrlarning kiritib chiqarish manzili bo’lib xizmat qiladi. SHuningdek manzil kengligi asosiy xotira va kiritib chiqarish porti bilan kesishmaydi.