Pentium MMX va Pentium II mikroprotsessorlari. 1997 yilning yanvar va iyun oylarida multimedia texnologiyalari bilan ishlovchi rivojlantirilgan Pentium mikroprotsessori yaratildi, savdo belgisi mos ravishda Pentium MMX (MMX – MultiMedia eXtention) va Pentium Pro tayinlangan.
Pentium MMX mikroprotsessori quyidagilardan tashkil topgan:
qо‘shimcha 57 buyruqdan, SIMD (Single Instruction Multiply Data – kо‘p protsessorli tizimlar tarkibi bilan taqqoslang), unda bir xil amal kо‘p axborotlar ustida amalga oshiriladi. Bu SSE (Streaming SIMD Extensions) texnologiya MP modellarining keyingi modellarida о‘z rivojini topdi. SIMD buyruqlari audio va video axborotlarga ishlov berishga yо‘naltirilgan;
ikki hissa oshirilgan (32 Kbayt gachan) L1 kesh-xotira;
qо‘shimcha 64-bitli sakkizta registrlar mavjud;
Pentium Pro va boshqa mikroprotsessorlardan olingan shoxlanishlarni bashorat qiluvchi yangi blok.
Bu mikroprotsessorlarni samarali ishlatish uchun barcha eski dasturlarga (shu jumladan Windows 95, Windows NT operatsion tizimiga ham) moslashtiruvchi dastur qismini qо‘shish zarur bо‘lgan; tо‘g‘ri bu siz ham Pentium MMX mikroprotsessori oddiy Pentium mikroprotsessoridan bir oz kо‘proq unumdorliroq. Odatdagi ilovalarni bajarishda Pentium MMX 10 – 15% Pentium tezroq, multimediali ilovalarni yangi 57 buyruqlarni ishlatilganda u 30% ga samaraliroq (taqqoslash uchun: odatiy ilovalarni bajarishda Pentium Pro mikroprotsessori Pentium mikroprotsessoridan taxminan 20% ga о‘zib ketadi). Pentium MMX xususiyatlarini hisobga olib yozilgan dasturlar oddiy Pentium mikroprotsessorli SHK da ishlamaydi. Pentium MMX mikroprotsessorlari uchun BIOS li Socket 7 razyomli tizimli plata MMX ni quvvatlashi ta’lab etiladi va ikkita manba kuchlanishi (3,5 va 2,8 V) zarur.
Pentium II mikroprotsessori qolgan boshqa mikroprotsessorlarga qaraganda boshqacha konstruksiyaga ega, xususan katta bо‘lmagan kartridj-plata (g‘ilofi SECC), unga protsessorning о‘zi (7,5 million tranzistori bо‘lgan, Pentium Pro MPda 5,5 million) va tо‘rtta 2-bosqichli kesh-xotira mikrosxemasi, umumiy hajmi 512 Kbayt, 1-bosqich kesh-xitirasi protsessorning mikrosxemasida joylashgan bо‘lib 32 Kbayt hajmga ega, Pentium Pro MPda esa 16 Kbayt, lekin 2-bosqich kesh-xotirasi MP ichki chastotasida emas ikki hissa kam tashqi chastotada ishlaydi.
Pentium II mikroprotsessorining muhim farqi uning ikkitali mustaqil shinali arxitekturasidadir (bunday shinani qо‘llangan birinchi variantlar Pentium Pro MPda bо‘lgan). Protsessor L2 kesh-xotira bilan axborotlarni maxsus yuqori tezlikka ega shina orqali amalga oshirgan (ba’zida uni backside – zadney – orqadagi deb atalgan). Tizimli shina tizimli plata chastotasida ishlaydi va bu kompyuterning samarali tezligini jiddiy kamaytiradi. backside – shinasining mavjudligi kesh-xotira bilan almashuvni tezlatadi.
Pentium II mikroprotsessori shaxsiy kompyuterlarning ikki protsessorli tuzilishini quvvatlaydi. Pentium Pro va Pentium II mikroprotsessorlarida MMX buyruqlari ishlatiladi va 0,35 mkm texnologiya asosida ishlab chiqariladi xamda 2,8 V manba kuchlanishidan foydalaniladi. Uning uchun tabiiyki boshqa hamma Pentium larga nisbatan boshqa tizimli plata talab etiladi. Pentium II mikroprotsessori kо‘p rivojlantirilgan modellarga ega: Klamath, Deschutes, Katmai, Tanga va boshqalar.
Ancha arzon kompyuterlar uchun protsessorning yengil Celeron deb nomlanuvchi varianti taklif etilgan. Birinchi Celeron protsessorlari 266 va 300 MGs chastotaga ega bо‘lgan. 2-bosqich kesh ni olib tashlashgan, bu esa kompyuterning unumdorligida sezilarli darajada aks etgan va uning asosidagi kompyuterlar kam samarali bо‘lib chiqdi. Sо‘ng Celeron A protsessori ishlab chiqarilgan (keyichalik A harfi olib tashlangan), u MP platasiga о‘rnatilgan, katta bо‘lmagan (128 Kbayt) L2 keshga ega va endi MP ning tо‘liq chastotasida ishlaydigan bо‘lgan. Bu protsessorlar shuningdek Mendocino nomi bilan ham taniqli, juda ommabop bо‘lib qolgan edi.
Ikkinchi kesh xususiyatlaridan tashqari, Celeron protsessorlari Pentium II mikroprotsessoridan quyidagi farqlarga egadir:
manzil shina razryadlari 36 tadan 32 taga keltirilgan (manzillanuvchi xotira 4 Gbayt);
axborotni о‘zgartirishning aniqligini nazorat qilish bir oz kamaytirilgan;
Celeron faqat bir protsessorli tarkiblar uchun mо‘jallangan.
Kо‘pchilik Pentium II va shu jumladan Celeron mikroprotsessori tizimli plata shinasining 133 MGs va undan kо‘proq chastotani quvvatlaydilar (oldingi modellari faqat 100 MGs ni).
Do'stlaringiz bilan baham: |