Mikroprotsessor va kompyuter texnikasi asoslari


CISC tipidagi mikroprosessorlar



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/139
Sana06.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#320593
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   139
Bog'liq
mikroprotsessor va kompyuter texnikasi asoslari

             CISC tipidagi mikroprosessorlar 
    IBM PC tipidagi ko’pchilik zamonaviy SHKlar CISC tipidagi MPlarni ishlatadi. 
    Izohlar: 
    1. MP 80386,80486 mikroprosessorlarida SX, DX, SL 
va  b.  harfli  o’zgartirish  kiritilganlari  bor  (80486SX, 
80486DX),  ular  bazaviy  modeldan  shinalar  razryadliligi, 
taktli chastota, ishlash ishonchliligi, o’lchamlari, energiya 
iste’moli,  kuchlanish  amplitudasi  va  boshqa  kattaliklar 
bilan farq qiladi: 
— DX bazaviy model bilan deyarli mos keladi; 
—  SX  va  SL,  xususan  kichikroq  shinalar  razryadliligiga 
ega; 
—  SL  va  ayniqsa  SLE  energiyani  tejaydigan,  ixcham  SHKda  (Lap  Top,  Notebook) 
ishlatishga mo’ljallangan. 
80486DX  —  bu  MP  80486ning  boshlang’ich  versiyasidir.  U  sozlangan  matematik 
soprotsessor  va  o’lchami  8  Kbayt  bo’lgan  birinchi  darajali  kesh-xotiraga  ega.  Uning  uchun 
maksimal chastota — 50 MG; chastotani yanada oshirish  MP uchun ma’noga ega emas edi, 
chunki ko’pchilik tizimli platalar bunday tezliklarda ishlay olmas edilar. 
     486SX  modeli  DXga  o’xshash,  lekin  unda  soprotsessor  bloklangan.  Bu  ishlab 
chiqaruvchiga  soprotsessorni  testlash  harajatlaridan  xalos  bo’lish  va  shu  bilan  maxsulot 
narxini kamaytirishga imkon bergan. 
     80486DX  va  undan  yuqori  mikroprosessorlar  ichki  chastotasini  ko’paytirib  ishlashi 
mumkin. Ko’paytirilgan chastota bilan MPning faqat ichki sxemalari ishlashi mumkin. MPga 
nisbatan  hamma  tashqi  sxemalar,  shu  jumladan  tizimli  platada  joylashganlari  ham,  oddiy 
chastotada ishlaydi. 
     486DX2—bu  486DXning  ichki  ikkilangan  chastotali  variantidir:  masalan,  486DX266 
tashqi  33  MGli  chastotaga  (tizimli  plata  ishlaydigan  chastota)  ega  (shu  MPli  SHK 
486DX50li SHKga taxminan o’xshash), lekin periferiya, tizimli plata, 2-darajali kesh-xotira, 
asosiy xotira, videokarta va b. sifatiga kamroq qat’iy talablar tufayli arzonroqdir. 
     486DX4  -  bu  4-avlod  mikroprosessoridir  (to’rt  aynan  shuni  bildiradi,  to’rtlangan 
chastotani emas); u DX2dan ichki kesh-xotirani 16 Kbaytgacha ko’paytirilganligi, uch marta 
orttirilgan  chastotada  ishlay  olish  imkoniyati  (486DX4  100)  va  5  Vm  emas,  balki  3,3  V 
kuchlanishli ta’minoti bilan farq qiladi. 
     2.  Elementlar  soni  —  bu  MP  integral  sxemasiga  joylashtirilgan  oddiy  yarim  o’tkazgichli 
elementlar soni. Texnologiya odatda elementning mikronlardagi o’lchami bilan tavsiflanadi. 
     3.  Pentium  Pro  MP  ikkita  kristalldan:  MPning  o’zi  va  kesh-xotiradan  tashkil  topgan, 
ikkinchi  kristall  uning  256  yoki  512  Kbayt  xotirasiga  bog’liq  ravishda  15,5  yoki  31  mln. 
yarim  o’tkazgichli  elementlarni  o’z  ichiga  oladi.  Bu  2-darajali  kesh-xotira  protsessor 
chastotasida ishlaydi, odatda esa 2-darajali kesh-xotira tizimli plata chastotasida ishlaydi. 


68 
 
    Quyidagilarni ta’kidlash kerak: 
• 80386 va undan yuqori MPda buyruqlar konveyerli bajariladi. 
     Buyruqlarning  konveyerli  bajarilishi  —  bu  natijalarni  MPning  bir  qismidan  boshqa 
qismiga bevosita uzatishda, MPni turli qismlarida ketma-ket buyruqlarning turli taktlarini bir 
vaqtda  bajarishdir.  Buyruqlarning  konveyerli  bajarilishi  SHKning  tezkorlilik  bo’yicha 
samaradorligini 2—3 marta orttiradi; 
• 80286 va undan yuqori MPning hisoblash tarmog’ida ishlash imkoniyati; 
•  80286  va  undan  yuqori  MPning  ko’p  masalalar  bilan  ishlash(ko’p  dasturlar  bilan) 
imkoniyati va bunga mos xotira himoyasi. 
      Zamonaviy Mikroprosessorlar ikkita ish rejimiga ega: 
•  haqiqiy  (bitta  masalali),  unda  faqat  bitta  dastur  bajarilishi  mumkin  va  kompyuter  asosiy 
xotirasining  faqat  1024  Kbayti  bevosita  adreslanishi  mumkin,  qolgan  (kengaytirilgan) 
xotiraga esa faqat maxsus drayverlar ulangandagina murojaat qilish mumkin; 
•  himoyalangan  (ko’p  masalali),  bu  rejimda  birdaniga  bir  nechta  dasturlarning  bajarilishi, 
bevosita adreslash va SHKda bor bo’lgan barcha asosiy xotiraga to’g’ridan-to’g’ri murojaat 
qilish  (qo’shimcha  drayverlarsiz),  uning  bajarilayotgan  dasturlar  o’rtasida  avtomatik 
taqsimlanishi  va  mos  ravishda  uni,  begona  dasturlar  tomonidan  murojaat  qilinishidan 
himoyalash ta’minlanadi; 
• 80386 va undan yuqori MPlarda virtual mashinalar tizimi rejimini qo’llab-quvvatlash. 
    Virtual mashinalar tizimi ko’p masalali ish rejimining yanada rivojlanishi bo’lib, unda har 
bir masala o’zining operatsion  tizimi boshqaruvi ostida bajarilishi mumkin, ya’ni bitta MPda 
go’yo,  parallel  ishlaydigan  va  turli  xil  operatcion  tizimlarga  ega  bo’lgan  bir  nechta 
kompyuterlar modellashtiriladi. 
Pentium Mikroprosessorlari 
      80586  (R5)  Mikroprosessorlari  Intel  firmasi  tomonidan  patentlangan  Pentium  tovar 
markasi  bo’yicha  ko’proq  ma’lumdir  (boshqa  firmalarning 
80586 MP boshqacha belgilanishga ega: AMD firmasida K5, 
Cyrix firmasida Ml va b.). 
Bu  Mikroprosessorlar  besh  pog’onali  konveyerli  strukturaga 
ega  bo’lib,  u  ketma-ket  buyruqlarning  bajarilish  taktlarini 
ko’p  marotaba  birgalikda  ishlashini  ta’minlaydi  va  yana 
boshqarishni  shartli  uzatish  buyruqlari  uchun  kesh-buferga 
ega  bo’lib,  u  dasturlarni  tarmoqlanish  yo’nalishini  oldindan 
aytish  imkonini  beradi;  samarali  tezkorligi  bo’yicha  ular  har 
bir  buyruqni  go’yoki  bir  takt  ichida  bajaradigan  RISC 
MPlariga  yaqinlashadi.  Pentium  32  razryadli  adresli  shinaga 
va 64-razryadli ma’lumotlar shinasiga egadir. Tizim bilan qiymatlarni almashish sekundiga 1 
Gbayt  tezlik  bilan  bajarilishi  mumkin.Hamma  Pentium  MPlarida  har  biriga  16  Kbaytdan 
alohida  buyruqlar  uchun,  alohida  ma’lumotlar  uchun  sozlangan  kesh-xotira  va  2-darajali 
kesh-xotiraning sozlangan nazoratchisi (bu nazoratchini MPning ichki chastotasida ishlashini 
ta’minlaydi)  bor;  maxsuslashgan  konveyerli  apparatli  qo’shish,  ko’paytirish  va  bo’lish 
bloklari bor bo’lib, ular siljib yuradigan nuqtali amallarning bajarilishini jiddiy tezlashtiradi. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish