Mikroprotsessor va kompyuter texnikasi asoslari


Mikro-EHM ning shinalar sistemasi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/139
Sana06.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#320593
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   139
Bog'liq
mikroprotsessor va kompyuter texnikasi asoslari

                         Mikro-EHM ning shinalar sistemasi
 
          EHM    ning    turli    bloklarini    birlashtirish    uchun    "shinalar  strukturasi"    dan  
foydalaniladi.  SHina   -  ko’p  tolali  kabel. Mikro-EHM da  uch  xil:  adres,   ma’lumotlar  va 
boshqarish shinalari mavjud. 
Adres  shinasi  .      Adres    shinasidagi    chiziqlar    soni    xotira  adresidagi  xonalar  soni  oilan 
aniqlanadi.  Ko’pchilik  mikro-EHM  lar  16  eki  20  xonali  adresga  ega  (KR580  -  16  xonali, 
KM181 OVM80 - 20 xonali). 
Ma’lumotlar  shinasi.    CHiziqlar  soni  deyarlik  doimo  8  xonali  bo’lgan  mikro-EHM  suzi 
uzO’nligiga teng. SHunday qilib, ma’lumotlar shinasi sakkizta chiziqqa ega. 
Boshqarish  shinasi.  Mikro  -  EHM  turiga  moe  boshqarish  chizig’ini  o’z  ichiga  oladi.    Turli 
bloklarni ishga tushiruvchi signallar boshqarish shinasi orqali uzatiladi.Mikro - EHM shinalari 
haqida  so’z  yuritganda  ichki  shinalar  ko’zda  tutiladi.  Mikro  -  EHM  punktir  chiziq  bilan 
ifodalanuvchi  ichki shinalarning tarmoqlanuvchi strukturasiga ega.Berilgan  blok   signallarni  


43 
 
qabul  qilishi   (eki   uzatishi) strelkalar bilan ko’rsatilgan.   Agar signallar  ham  qabul qilinsa, 
ham uzatilsa, bunday shinalar birlashmasi ikki yo’nalishli deyiladi. 
1-eslatma.  SHinali  struktura  mikro-EHMga  to’g’ridan-to’g’ri  yangi  bloklarni  ulash  imkonini 
beradi. Buning axamiyati juda katta. 
2-eslatma.  Ma’lumotlar    shinasi    ikki    yo’nalishlidir.      Bu    hol  ma’lumotlar    shinasi    bilan  
DXQ  orasidagi  birlashmaga  taalluqli emasligi taboiydir.  
Registrlar  deb, raqamli axborotni qabul qilish,  xotirada saqlash,  uni  uzatish  va shu axborotni 
kodini  o‘zgartiradigan  qurilmaga  aytiladi.  Registr  inglizcha  so‘zdan  olingan  bo‘lib,  yozuv 
jurnali (Jurnal registratsiy) degan  ma’noni anglatadi. Registrda axborot 0  va 1  raqamlarining 
kombinatsiyasidan  iborat  sonlar  ko‘rinishida  saqlanadi.  Registrlar  triger  deb  ataluvchi 
mantiqiy elementlar to‘plamidan tashkil topgan va ularning soni mashina so‘zining  razryadlar 
soniga  teng  bo‘ladi.  Axborotdagi  ikkilik  kodning  har  bir  razryadiga  registrning  bitta  mos 
razryadi  to‘g‘ri  keladi.  Registrlar  axborotni  xotirada  saqlashdan  tashqari  ular  quyidagi 
vazifalarni ham bajaradi.  
1)    Sonning kodini o‘zgartirish; 
2)    Axborotni o‘ngga va chap istalgan razryadga surish; 
3)    Ketma-ket kodlarni parallel kodlarga  almashtirish va aksincha; 
4)    Ayrim mantiqiy amallarni bajarish;  
       Registrlar  axborotni  yozish  usuliga  qarab  ketma-ket  va  paralel  registrlarga  bo‘linadi. 
Registrda axborotni qabul qilish, siljitish va uzatish boshqaruvchi impulslar yordamida amalga 
oshiriladi. Boshqaruvchi impulsli signallar konyuktorlar orqali registrlarga tushadi.  
  Registrlar axborotni uzatish usuliga qarab 2 turga bo‘linadi: 
xotira (siljitmaydigan) registr; 
siljituvchi registr. 
Siljituvchi registrlarni ko‘ramiz.  
   Siljituvchi  registr  deb,  boshqaruvchi  taktli  impuls  ta’sirida  ikkilik  soni  kodini  bir  yoki  bir 
necha  razryad  o‘ngga  yoki  chapga  siljitadigan  registrga  aytiladi.  Razryad  setkasidan  chiqib 
ketgan  son  yo‘qoladi.  Siljituvchi  registrlar  arifmetik  va  mantiqiy  operatsiyalarni  bajarish 
uchun ham qo‘llaniladi.  
   Mikroprosessorning  arxitekturasini   uning  so‘z   razryadi   va   mikroprosessorning    ichki   
axborot   shinalarini  aniqlaydi.   Dastlabki   mikprotsessorlar    4  razryadli   arxitekturaga   ega 
bo‘lib,   PEMPda 8   razryadli   mikroprosessor  qo‘llangan,  hozirda  esa   arxitekturasi    16,  32, 
64,  128   razryadli mikroprosessorlar qo‘llanmoqda. 4 va  8 razryadli mikroprosessorlarda 
komandalarni   bajarish   tartibi  ketma-ket   bo‘lib,  unda   bir   operatsiya   tugagandan  so‘ng  
undan  keyingi  operatsiyani bajarish   boshlanadi.   Ayrim  16  razryadli   arxitekturaga   ega   
mikroprosessorlarda   komandalarni    bajarish   paralel  usulda   amalga  oshiriladi.   U   bir  
vaqtning   o‘zida    bir   operatsiyani   bajarish  davomida    keyingi   operatsiyani   qayta   ishlab  
xotirada  saqlash  xususiyatiga  ega. 
           
  Tashqi    qurilmalar   bilan   aloqani   osonlashtirish   uchun   tashqi   axborot   shinasi    kichik  
razryadli, ichki  axborot  shinasi  va axborot registrlari   katta  razryadli bo‘ladi.  Masalan  bir  
xil   mikroprosessorlar   16   razryadli    arxitekturaga   ega,  lekin    8   razryadli    ichki   axborot  
shinalaridan  foydalaniladi.   Bular   maxsus   modifikatsiyaga    ega   bo‘lgan   16   razryadli  
mikroprosessorlarda  bo‘lib ular   bir xil hisoblash   kuvvatiga  ega. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish