17-Mavzu:Tizimli blok qismlari bilan tanishish, uni qismlarga ajratish va yig`ish
Reja:
1)Tizimli blok haqida
2)Tizimli blokning asosiy qismlari
3)Tizimli plata mikrosxemalari
Tizimli bloki bu kompyuterning eng asosiy qismi. Uning ichida ona platasi,
mikroprosessor, qattik disk yoki vinchester, tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, elektron
sxemalar yoki kontrollerlar yoki adabterlar, elektr ta`minlovchi blok va disk yurituvchilari
hamda boshqa qurilmalar joylashadi. Bu sistema blokiga hamma tashqi qurilmalar
bog’lanadi va u ularning ishini ta`minlaydi. Sistema blokning asosiy qismlari:
Mikroprosessor
yoki protsessor komp'yuterning miyyasi. Komp'yuter ishini boshqarish,
barcha hisob-kitoblar va buyruqlarni bajarilishini ta`minlaydi. U kichkina, turtburchak
elektron sxema sekundiga bir necha yuz million amallarni bajaradi. Uning tezligi
Megagertslarda hisoblanadi va protsessor nomidan keyin yoziladi, masalan Pentium 700.
Qattik disk yoki
vinchester
tashqi xotira. Ma`lumotlarni doimo saqlash uchun foydalanadi. U
vinchester deb nomlanadi. Vinchester nomi birinchi qattik disk nomidan kelib chiqqan (1973
yilda IBM firma tomonidan yaratilgan qattiq disk nomi "30/30" bo’lgan va bu mashxur
Winchester miltikning kalibrga o’xshar edi). Ular hajm va ishlash tezligi bilan farqlanadi.
Tezkor xotira
mikrosxemalari komp'yuterning vaqtinchalik xotirasi. U dasturlar ishlash
jarayonida zarur bo’lgan ma`lumotlarni saqlash uchun foydalanadi. Komp'yuter
uchirilgandan keyin shu xotiradagi ma`lumotlar yuqotiladi.
108
Kesh xotira
mikrosxemalari komp'yuter tomonidan dasturlar ishlash jarayonida ko’p
ishlatilgan ma`lumotlarni saqlash uchuí foydalanadi. Bu xotira tezkor va doimiy xotira
o’rtasida joylashadi.
Kontroller yoki adabterlar
ular har xil tashqi kurilmalar ishini ta`minlaydilar. Ishlash
xolatlari bilan farqlanadi (video plata, tovush plata, tarmok platasi va b).
Ona platasi
Motherboard asosiy elektrosxema bo’lib unga protsessor, tezkor va kesh xotira
mikrosxemalari, kontroller va adabter elektrosxemalari urnatiladi, qattik disk va disk
yurituvchilari ulanadi.
Disk yurituvchilari
bu egiluvchan va kompakt disklardagi ma`lumotlarni o’qish va ularga
saqlash ishlarni bajaradigan qismi.
Elektr ta`minlovchi blok
har bir qismning o’ziga mos elektr-quvvat extiyojini ta`minlovchi
blok.
Sistema bloki asosiy xotira, protsessor va elektron sxemadan tashkil topgan. Asosiy xotira
esa tezkor xotira qurilmasi (TXQ) hamda doimiy xotira qurilmasi (DXQ)dan tashkil topgan.
TXQda (boshqacha nomi RAM ― Random Access Memory) kompyuterga kiritilgan va ish
jarayonida hosil bo’lgan barcha axborotlar saqlanadi. Kompyuter manbaadan uzilgach
TXQdagi ma’lumotlar o’chib ketadi. DXQda esa axborotlar o’zgarmasdan doimiy saqlanadi.
Ona plata (ingl. Motherboard yoki ingl. mainboard — Asosiy plata; материнка) Shaxsiy
kompyuterning asosiy komponentlari (Markaziy protsessor, TXQ kontrolleri va TXQ,
yuklanuvchi DXQ, BIOS kontrollerlari) o’rnatiladigan plata. Odatda ona platada razyomlar
(slotlar) joylashgan bo’ladi.
Operativ xotira(RAM)
RAM - Random Access Memory (tanlov asosida ixtiyoriy qismiga murojaat qilinadigan
xotira) Bu qurilma registrlardan tashkil topgan. Registr ― bu ma’lumotlarni ikkilik shaklda
vaqtinchalik saqlovchi qurilma. Registr triggerlardan tashkil topadi. Triggerlarning miqdori
kompyuter necha razryadli ekanligini ko’rsatadi. Registr (uyacha) larning har bir razryadiga
1 bit axborot to’g’ri keladi. 8 bit axborot birgalikda 1 baytni tashkil qiladi. Har 1 bayt o’z
tartib raqami(adresi)ga ega bo’ladi. Uyachaning uzO’nligi mashina so’zi uzO’nligini belgilab
beradi.
HDD (ingl. Hard Disk Drive – qattiq disk qurilmasi) kompyuterning tashqi xotirasi bo’lib,
sistema blokiga o’rnatiladi hamda ma’lumotlarni saqlashda ishlatiladi. Uning hajmi bir necha
10 Gbaytdan - 10 Tbaytgacha yetadi. Vinchestor deganda, silindrsimon germetik idishda
joylashtirilgan, bir o’qqa mustahkamlangan ustma - ust disklar majmui tushuniladi. 1 -
vinchestor 1973 - yilda IBM firmasi tomonidan 3340 modelida yaratilgan.
Tizimli yoki bosh (maotherboad) plata maydoni 100—150 sm
2
bo`lgan bosmali plata
ko`rinishga еga bo`lib, unga ko`p sO’nli turli xil mikrosxemalar, raz`yomlar (ajratgichlar) va
boshqa еlementlar joylashtiriladi. Tizimli plata (TP) konstrukciyasining ikki asosiy ko`rinishi
mavjuddir:
• platada ishlash uchun kerakli hamma mikrosxemalar qattiq maxkamlangan — hozir bunday
platalar bitta platali deb ataluvchi faqat oddiy uy kompyuterlarida ishlatilmoqda;
• bevosita tizimli platada faqat minimal sondagi mikrosxemalar joylashtiriladi, qolgan barcha
komponentalar еsa tizimli shina yordamida va konstruktiv tomondan TP da mavjud bo`lgan
maxsus raz`yomlarga (slotlarga) o`rnatiladigan qo`shimcha platalarda (kengaytirish
platalarida) birlashtiriladi; bunday texnologiyani ishlatuvchi kompyuterlar shinali
arxitekturali hisoblash tizimlariga taalluqlidir.
109
Do'stlaringiz bilan baham: |