Kimyoviy elementlarga bo`lgan ehtiyoj. Hujayrani ko`rish uchun zarur elementlar makro va mikroelementlarga
bo`linadi. Makroelementlarga hamma organizmlarda uchraydigan 10 ta element— uglerod, kislorod, vodorod, azot, oltingugurt, fosfor, kaliy, kaltsiy, magniy, temir kiradi. Mikroelementlarga: marganets, tsink, molibden, mis, kobalt, nikel, vannadiy, bor, xlor, natriy, selen, kremniy, volfram va boshqa elementlar kirib, kaysiki ularga hamma organizmlar extiyoj sezadi.
Uglerod manbai. Fotosintez yoki anorganik moddalarning oksidlanishidan energiya oladigan organizmlar, asosiy uglerod manbai sifatida ko`pincha CO2 ishlatish qobiliyatiga ega. С — avtotrof organizmlar СO2 ni qaytaradi. Qolgan organizmlar esa
hujayra uglerodini organik moddalardan oladi. Organik moddalar ham energiya, ham uglerod manbai bo`lib xizmat qiladi. Tabiatda polisa Haridlardan tsellyuloza va kraxmal ko`p.
Bu moddalarning struktura elementi bo`lgan glyukozani ko`p mikroorganizmlar ishlatadi. Umuman mikroorganizmlar boshqa organik birikmalarni ham o`zlashtirish qobiliyatiga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |