Arduino mikrokontrollyor turlari Arduino bilan ishlashni boshlash uchun arduino.cc saytiga kirish va Download bo’limidan Arduino IDE dasturini ko’chirib olish kerak. Bu ishlarni bajarishdan oldin kompyuterdagi operatsion tizim haqida ma‘lumotga ega bo’lish kerak. Istalgan brauzer yordamida quyidagi manzil qatorini kiritish kerak: - Arduino bilan ishlashni boshlash uchun arduino.cc saytiga kirish va Download bo’limidan Arduino IDE dasturini ko’chirib olish kerak. Bu ishlarni bajarishdan oldin kompyuterdagi operatsion tizim haqida ma‘lumotga ega bo’lish kerak. Istalgan brauzer yordamida quyidagi manzil qatorini kiritish kerak:
- https://www.arduino.cc/en/Main/Software
- Yuklash uchun operatsion tizimga mos keluvchi dasturlardan birini tanlash kerak. Kompyuterga o’rnatilgan operatsion tizimga bog’liq ravishda drayverni o’rnatish usulini tanlash kerak bo’ladi. Kompyuterda ishga tushirilganda Arduino IDE dasturlash muhiti quyidagicha ko’rinadi.
Qurilma ulangan portni tanlash kerak. - Qurilma ulangan portni tanlash kerak.
- Servis \Ketma ket port\ menyusidan COM1\COM2 yoki boshqasini tanlash kerak. Plata qaysi portga ulanganligini bilmasangiz quyidagini bajarishingiz kerak bo’ladi: «Boshqarish paneli», «Qurilmalar dispetcheri» ni oching, «USB kontrollyori» punktini oching. So’ngra USB ni kompyuterdan uzing. Yozuvlardan birining yo’qolishini ko’rasiz. Agarda menyu yopilsa, uni qayta oching. Barcha mavjud bo’lgan portlarni eslab qoling. Arduino USBni kompyuterga qayta ulang. Menyuni qayta oching, paydo bo’lgan port qidirilayotgan ulanish porti bo’ladi. Uni Arduino menyusida ajratib oling.
Arduino IDE dasturlash muhiti Datchiklarni turlari - Shartli ravishda, datchiklarni qabul qiluvchi, oraliq va ijrochi qismlardan iborat deb hisoblash mumkin. Qabul qiluvchi qismi, kirish x miqdorini o'zgarishiga ta'sirlanib, uni qandaydir oraliq miqdorga o'zgartiradi. Bu miqdor, shunga o'xshash fizikaviy miqdorning etalon (namuna) qiymati bilan taqqoslanadi. So'ngra esa, bu datchikni ijrochi qismiga tasir etib, chiqish y signalini shakllantiradi. Kirish x miqdorini fizikaviy tarkibiga qarab–elektr, issiqlik, mexanik, optik, akustik, suyuqlik va gaz datchiklarini ajratishadi. Elektr datchiklar–tok, kuchlanish, quvvat, chastota, magnit oqimni; issiqlik datchiklar–harorat va issiqlik miqdorini; mexanik datchiklar–kuch, bosim, siljish, tezlik, tezlanish; optik datchiklar–nur kuchi, yoritilishni; akustik datchiklar–tovush kuchi, uni chastotasi, quvvatini; suyuqlik va gaz datchiklari-bosim va tezlikni o'lchashadi.
- Har bir turdagi datchiklarni, o'z navbatida, qabul qiluvchi qismining ishlash prinsipi bo'yicha ham tasniflashadi, ya’ni guruhlarga bo'lishadi. Masalan, optik datchiklar, fotoelektrik, fotoximik, fototermik va fotomexanik guruhlarga bo'lishadi. Datchiklarni boshqacha turi, chiqish y miqdorini fizikaviy tabiatiga qarab ham belgilanadi. Chiqish miqdori–elektr bo'lgan datchiklar, yani qarshilik, induktivlik, sig'im, tok, kuchlanish, faza, chastota datchiklari eng ko'p tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |