O'n oltilik sanoq sistemasida butun son Ox yoki OX bilan boshlanuvchi 0-9 raqamlari va a-f yoki A-F harflaridan iborat ketma-ketlikdir.
Masalan, 15 va 22 o'nlik sonlari sakkizlikda 017 va 026, o'n oltilikda OxF va 0x16 shaklda tasvirlanadi.
Ma'lumotlarning uzun butun son turi:
Oxiriga 1 yoki L harflari qo'yilgan o'nlik, sakkizlik yoki o'n oltilik butun son.
Ma'lumotlarning ishorasiz (unsigned) butun son turi:
Oxiriga u yoki U harflari qo'yilgan o'nlik, sakkizlik yoki o'n oltilik oddiy yoki uzun butun son.
Ma'lumotlarning haqiqiy son turi. Ma'lumotlarning haqiqiy son turi olti qismdan iborat bo'lishi mumkin: butun qism, nuqta, kasr qism, e yoki E belgisi, o'nlik da raja va F yoki f suffikslari.
Masalan: 66., .0, .12, 3.14F, 1.12e-12.
Ma'lumotlarning uzun haqiqiy son turi:
Oxiriga L yoki 1 suffikslari qo'yilgan haqiqiy son.
Masalan: 2E + 6L;
Sanovchi konstanta. Sanovchi konstantalar enum xizmatchi so'zi yordamida kiritilib, int turidagi soniarga qulay so'zlarni mos qo'yish uchun ishlatiladi.
Misol uchun:
enum{one = 1, two = 2, three = 3};
Agar son qiymatlari ko'rsatilmagan bo'lsa, eng chapki so'zga 0 qiyrnati berilib, qolganlariga tartib bo'yicha o'suvchi sonlar mos qo'yiladi: enum{zero, one, two};
2. Segmentli indikatorlar
Segmentli indikatorlar. Segmentli Indikator mikrosxemasining ustki qismida svetodiodlar joylashgan. Bu svetadiodlar raqamli ma’lumotlarni ko’rish uchun xizmat qiladi. Uning ichidagi xamma svetadiodlar odatda katod yoki anodda joylashgan bo’ladi. Quyidagi 2-rasmda segmentli indikatorlar keltirilgan.
2-rasm. 7 segmentli, 14-segmentli, 16 – segmentli va 5x7 matritsali indikatorlar.
Segmentli indikatorlarning segmentlarining ranglari turli xil bo’lishi mumkin. Quyida ularning ranglari tasnifi keltirilgan:
HWA – yorqin qizil Galliy Fosfid GaP, 700 nm.
EWA – Yuqori unumli qizil fosfid-arsenid va galley fosfid GaAsP/GaP, 625 nm ( boshqacha qilib aytganda tarjima qilish mumkin emas "HIGH EFFICIENCY RED").
GWA – Yashil galley fosfidi GaP, 565 nm.
YWA – sariq fosfid-arsenid va galley-fosfid GaAsP/GaP, 590 nm.
SRWA–super yorqin qizil arsenid galliy-alyuminiy GaAlAs,660 nm.
Svetadiodning ikki xil ulanish turi mavjud: С – umumiy katod va А – umumiy anod. Quyida SA39 va SC39 svetodiod chizmasi va elektron sxema keltirilgan. E’tibor bering, har bir segment DP nuqtasigacha a dan g gacha bo’lgan harflar bilan belgilanadi. Bu belgilardan biz dastur kodini yozishda foydalanamiz.
3- rasm. Indikatsiya qurilmasining sxemasi.
Demak, 3 va 8 - oyoqlari +5 V shinaga ulanadi (yoki, MK +5 V ga ulanadi , Lekin ekstremal hollarda bu tavsiya qilinmaydi), Yoki boshqacha qilib aytganda MK ning portiga ulanadi.
Mikrokontrollerning bazasida raqamli ma’lumotlarni tasvirlash uchun yetti segmentli svetodiodli indikator qurilmasidan foydalaniladi. Yeti segmentli indikatorni boshqarish juda qulay bo’lib, juda katta yorqinlikga ega, kam xarajatli va keng diapozonli ishchi tempraturaga ega. Svetodiodli indikatorlarning kamchiliklari ham yo’q emas, katta boshqaruvchili kontrollerlarning yetishmasligi harfli ma’lumotlar bilan ishlashda kam imkoniyatga ega. Yetti segmentli indikatorning svetodiodlar guruhi tartibli joylashgan va konstruktiv svetodiodlar guruhidan iborat. Indikatorlarda raqamli ma’lumotlarni svetodiodlar orqali chiqarishda bir vaqtning o’zida yoqib ishlatish mumkin.
I ndikatorlarning turlari svetodiodlarning joylashganligiga qarab ikki guruhga bo’linadi: umumiy anod va umumiy katod. Tasvirlanadigan razryadlarining soniga qarab, bir razryadli, ikki razryadli va hakazo. Bundan tashqari ularni rangi bo’yicha ham ajratish mumkin. Masalan: qizil, yashil, sariq va boshqa ranglilari mavjud.
4-rasm. Segmentli indikator umumiy anodli va umumiy katodli svetodiodlarning joylashish sxemasi.
Segmentli indikatorlarni statik yoki dinamik tarzda boshqarish mumkin. Statik boshqarishda indikator razryadlari mikrokontrollerga bir-biridan farqli ulanadi va ma’lumotlar unga doimiy kiritilib turiladi. Bu usul dinamik boshqaruvdan qulay, lekin qo’shimcha elementlarni ishlatmasdan, ko’p razryadli segmentli indikatorni mikrokontrollerga ulashda muammo tug’diradi, chiqishlar yetmay qolishi mumkin.
5-rasm.
Dinamik boshqaruvda chostotolar odam ko’zi ilg’amaydigan darajada tez bajarilib, navbatma – navbat indikotor razryadlarini yoqish bilan boshqariladi. Indikotorning bunday tartibda ulanish sxemasi tejamliligi shundaki, indikatorning segmentlari bir xil razryadlarga ulangan.
Quyida indikatorni boshqarishning bitta oddiy xolatini ko’rib chiqamiz. 6-rasmda keltirilgan ulanishda indikator 1 raqamini chiqaradi.
6- rasm.
Indikatorda qaysidir raqamni yoqish uchun portlarni sozlash kerak, qaysiki indikator ulangan, chiqish tartibida tranzistorni ochish va mikrokontroller portiga uni ulash lozim. Indikatorning qaysi segmentiga ulanganligiga qarab dastur kodlari xar xil bo’lishi mumkin. Bizning vaziyatda dastur kodi quyidagicha yoziladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |