Arduino ning Uno turi texnik ko'rsatkichlari: Mikrokontroller: ATmega328;
Ishlash kuchlanishi: 5 V;
Kirish kuchlanishi(tavsiya etilgani): 7-12 V;
Kirish kuchlanishi(eng yuqori): 6-20 V;
Raqamli kirish/chiqish: 14 ta(ulardan 6tasi KIM(Широтно-Импульсная модуляция)
sifatida foydalanish mumkin);
Analog kirish: 6 ta;
Kirish/chiqish orqali o'zgarmas tok: 40 mA;
3.3 V kiritish uchun o'zgarmas tok: 50 mA;
Flesh xotira: 32 KB(ATmega328) undan 0.5 KB yuklovchi sifatida foydalaniladi;
Tezkor xotira: 2 KB(ATmega328);
EEPROM: 1 KB(ATmega328);
Chastota: 16 MGs;
L29D mikrokontrollerining ishlash printsipi Mikrokontroller L293D - bu, sakkizta oyoqchalardan tashkiltopgan bo’lib deyarli har bir oyoqchalarini o’z vazifalari bor. L293D mikrokontrollerining ko’rinishi tashqaridan ko’rinishi quydagicha bo’ladi(5 – rasm).
L 293D MK motorlarni kontrolga olish pilatasida qo’llaniladi. L293D MKning asosiy vazifasi motorlarni oldinga ortga, umumiy qilib aytganda musbat va manfiy signallar yo’nalishini belgilab berish ya’ni almashtirib ulash uchun qo’llaniladi. Shu bilan bir qatorda motorlaga mikroprotsessordan(MK)dan kelgan elektr signallarni kuchaytrib ham beradi. Bu esa motorlarni yanada kuchliroq aylantrish imkoniyatini beradi. Motorlarni kontrolga olish qurilmasining ko’rinishi quydagi 6 – rasmda keltrilgan.
5-rasm. L293D MK 6 – rasm. Motor kontrol Umuman olganimizda L293D MKning soddalashtrilgan ko’rinishi, ya’ni qo’llash uchun ixchamlashtrilgan ko’rinish bu motorlarni kontrolga olish qurilmasi bo’lib hisoblanadi.
L293D MKning ishlash tartibini ko’rib chiqadigan bo’lsak uni quyidagi 7 – rasm bo’yicha ifodalashimiz mumkin.
7 – rasm. L293D MKning ishlash tartibi. Chizmada L293D MKni ko’rib chiqadigan bo’lsak, unda sakkizta pin mavjuddir. Ularning to’rtasi ya’ni pin 1, pin 8, pin 9, pin 16 qo’shimcha elektr signalini qabul qiladi. Lekin ularning cheklanganligi mavjud bo’lib, eng yuqori elktr signali 36 V ni tashkil qiladi.
Pin 2 va pin 7 kiritish pinlari bo’lib, ularning navbat bilan yonishi natijasida morotni oldinga yoki orqaga aylanishi ko’rishimiz mumkin, qisqaqilib aytganimizda motorga musbat va manfiy qutiblarni almashtrib ulanishini taminlaydi. Faqat shuliniyadagi motorlar uchun tegishli hisoblanadi.
Pin 3 va pin 6 chiqish pinlari bo’lib pin2 va pin 7 kirish pinlaridan kelgan signallarga orqali ishlaydi.
Pin 4 va pin 5 kirish pinlari bo’lib MKni GND(manfiy) signal bilan taminlaydi.
L293D MKning pin 1 dan pin 8 ko’rib ishlash prinsipi, MKning faqatgin bir tarafiga tegishli bo’lib hisoblanadi. L293D MKning ikkinchi tarafi ya’ni pin 9 dan pin 16 gacha bo’lgan pinlari ham pin1 dan pin8 gacha bo’lgani kabi ish olib boradi. L293D MKning ikki tarafi ikkita almashitrib ulash liniyasi uchun xizmat qiladi.