Микрои=тисодий статистиканинг объекти, услуби ва вазифалари


Yo‘l xo‘jaligi xo‘jaligi va inshoatlar texnik qurollanganlik statistikasi



Download 2,02 Mb.
bet63/95
Sana01.02.2022
Hajmi2,02 Mb.
#420867
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   95
Bog'liq
temir yol transporti statistikasi.

Yo‘l xo‘jaligi xo‘jaligi va inshoatlar texnik qurollanganlik statistikasi. Yo‘l xo‘jaligi va inshoatlar texnik qurollanganlik xususidagi statistik ma’lumotlar kundalik tezkor boshqaruv, temir yo‘l izi joriy holatini saqlash va barcha ta’mir turlarini rejalashtirish uchun katta ahamiyatga ega. Ular, shuningdek umuman temir yo‘l transporti va mamlakat ma’muriy hududlari bo‘yicha temir yo‘l izi uzunligi tavsifini beradi. Statistik yig‘ma hisobot ko‘rsatkichlari, shuningdek ulanmaydigan izlar, termik usul bilan mustahkamlangan relslar yotqizilganligi, izlarni turli og‘ir ballastga o‘tkazilganligi, shuningdek ta’mir ishlari mexanizatsiya darajasini tavsiflaydi.
Dastlabki hisob manb’ayi bo‘lib, AGU-4 shakl Texnik pasport va qurollanganganlik Maxsus hisob hujjatlari kitobi, xizmat qiladi. Texnik pasport, muntazam ravishda joriy ma’lumotlar yozma qayd qilinadigan va texnik qurollanganlik ifodalab boradigan, quyidagi Maxsus hisob hujjatlari asosida yuritiladi: relslarni hisobga olish kitobi; shpallarni hisobga olish kitobi; ko‘chirish strelkalari va izning yalandagi kesilish joyini hisobga olish kitobi; relslar mahkamligi, ballast, sun’iy inshootlarni hisobga olish kitobi; qordan himoyalash kartalari va boshqalar. Yo‘l oralig‘i texnik pasportidagi ba’zi jadvallarda, yo‘l xo‘jaligi elementlari har bir kilometr bo‘yicha, Kartogramma yordamida ifodalanadi. Yo‘l oralig‘i texnik pasporti ma’lumotlari asosida, har yili 1- yanvar holatiga temir yo‘l va mintqaviy temir yo‘l uzeliga oid xususiyatlari bo‘yicha guruhlangan yig‘ma Hisobot tuziladi.
Yo‘l xo‘jaligi texnik qurollanganligi statistik ko‘rsatkichlari. Yo‘l xo‘jaligi texnik qurollanganligi asosiy statistik ko‘rsatkichi- bu, ”Temir yo‘l izining uzunligi” ko‘rsatkichidir. Bu ko‘rsatkichi asosida bajarilgan foydalanuv ishi, qurilish va yo‘l ta’miri baholanadi, temir yo‘l ishi rejalashtiriladi va tahlil qilinadi, foydalanuvga qabul qilgan temir yo‘l izlari uzunligi hisobga olinadi. Temir yo‘l izining foydalanuv, qurilgan, yoyilgan, shartli, virtual uzunligi kabi turlari mavjud.
Temir yo‘l izining foydalanuv uzunligi- bu, bosh yo‘l o‘qlari bo‘yicha o‘lchangan temir yo‘l izi uzunligidan iborat.
Temir yo‘l izining qurilish uzunligi - bu, boshqa izlarga tutashib turgan joylar orasidagi o‘qi bo‘yicha o‘lchangan, temir yo‘l izining uzunligi. Qurilish uzunligi ko‘rsatkichi qurilish ishlari hajmini rejalashtirishda va ular bajarilishi hisob- kitobida, yoyilgan uzunlikni hisoblashda qo‘llaniladi.
Temir yo‘l izining yoyilgan uzunligi- bu, izlarning jami qurilish uzunliklardan iborat bo‘lgan, temir yo‘l uzunligidir. Statistikada bosh yo‘l izi yoyilgan uzunligi, bekatlar izi yoyilgan uzunligi va maxsus izlarning yoyilgan uzunligi aniqlanadi.
Bosh yo‘llarga, ikki bekat oralig‘idagi masofa va Tarif ko‘rsatmasida belgilab qo‘yilgan alohida punktlar chegarasigacha bo‘lgan, uning davomi kiradi.
Bekatlar yo‘liga quyidagilar kiradi: alohidagi punktlar chegarasida joylashgan yo‘llar; qabul qiluvchi- jo‘natuvchi yo‘llar; saralash yo‘llari; yuk ortish va yuk tushirish yo‘llari; depo (lokomotiv va vagon xo‘jaligi)ning yo‘llari; konteyner maydoni, yoqilg‘i ombori, tozalash joyi, yuvish, vagonlarni dezinfektsiyalash joyiga olib boruvchi, ulovchi yo‘llar.
Maxsus yo‘llar -bu, qo‘riqlanadigan va ushlab oladigan berk yo‘llar va korxona, tashkilot vagonlarini uzatish va yig‘ishtirish uchun belgilangan hamda temir yo‘lning umumiy izi bilan uzluksiz bog‘liq va temir yo‘lga qarashli kirish yo‘llaridan iborat.
Shartli uzunlik - bu, temir yo‘l izining shartli uzunligining, birinchi yoyilgan bosh yo‘l uzunligi kilometrida ifodalangan uzunligidir. Shartli uzunlik hisob-kitobida ikkinchi, uchinchi va boshqa bekat va maxsus yo‘llar, shuningdek strelka o‘tkazmalari va ajratilgan tutash joylar uchun shartli koeffitsientlar qo‘llaniladi.
Virtual uzunlik - bu, to‘g‘ri gorizontal yo‘l masofasi foydalanish uzunligining kilometrda ifodalangan shartli uzunligidir. Bu ko‘rsatkich uchastkalarni o‘zaro solishtirish maqsadida foydalaniladigan tortish kuchi hisob- kitobi jarayonida, yangi temir yo‘l izlarini loyihalashda, turli variantdagi yo‘llarning foydaliligini solishtirishda qo‘llaniladi.
Yo‘l ustki qurilmasi elementlarining mavjudligi, yotqizilgan va yo‘ldagilar holati bo‘yicha quyidagicha tavsiflanadi: ballast va uning turi bo‘yicha; shpallar va ularning temirbeton va yog‘och turi bo‘yicha; relslar va uning uzunligi, 1 metrning massasi, o‘tkazilgan tonnasi, ular holati bo‘yicha; biriktirish va strelka o‘tkazmalari bo‘yicha; sun’iy inshootlarning materiallari, uzunligi va qurilish yili bo‘yicha; bosh asosiy yo‘llarning profil va plani, gorizontal uchastkasi, pastlik va tikkalilik uchastkalari, egri chiziqli uchastka, shu hisobda egrilik radiusi bo‘yicha guruhlanishi.



Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish