«mikroiqtisodiyot»



Download 0,55 Mb.
bet8/16
Sana16.12.2019
Hajmi0,55 Mb.
#30521
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
2 5280882201347490945


12. Sizni 2 ta raqobatlashayotgan firmadan ishga taklif qilishmoqda. 1- korxona oyiga 900 ta dan 1 200 donagacha muzlatgich sota olsa u sizga 900 $, agar 500 ta dan 900 ta gacha bo'lsa 700 $, agar 500 ta gacha muzlatkich sota olsa atiga 300 $ oylik to’lamoqchi. 2- korxona esa 900 ta dan 1 200 tagacha muzlatkich sotsa 800 $, 500 tadan 900 ta gacha bo'lsa 600 $, 500 tagacha muzlatkich sota olsa 300 $ oylik to’lashga tayyor. 1- korxonaning 900 tadan 1 200 tagacha mahsulot sota olish ehtimoli 0.25, 500 tadan 900 tagacha mahsulot sota olish ehtimolligi 0.35 ga teng, 2- korxananing esa 900 tadan 1 200 tagacha mahsulot sota olish ehtimoli 0.3, 500 tadan 900 tagacha mahsulot sota olish ehtimoli 0.4 ga teng bo'lsa, sizning qaysi korxonadan olinishi kutilayotgan daromadingiz ko'proq?

9- MAVZU. KORXONA (FIRMA) VA UNING TASHKILIY IQTISODIY ASOSLARI.

Reja:

1. Korxonani tashkil etish maqsadlari

2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlikning asosiy shakllari

3. Korxonaning asosiy turlari


Korxona tuzilgandan keyin uning faoliyatini tashkil etish masalasi juda ham jiddiy ahamiyatga ega.

Korxona faoliyatini tashkil qilish, uning shakl va turlaridan qatg‘iy nazar, barchasiga umumiy bo‘lgan qoidalarga (prinsiplarga) rioya qilinishini talab qiladi.

Mavjud adabiyotlarda korxonalarni tashkil qilish qoidalarini izohlashda bir xil qarashlar mavjud emas. Ayrimlari korxonani tashkil qilish qoidalarini uning belgilari bilan, ayrimlari tashkiliy masalalarni hal qilish etaplari bilan, ayrimlari korxona faoliyatini samaradorligini ta’minlash qoidalari kabilar bilan aralashtirib yuboradilar.

Bizning fikrimizcha, korxona faoliyatini tashkil qilish qoidalari, barcha korxonalar uchun bir xil, shu jumladan foyda olish yoki olinmasligidan qathiy nazar, ular faoliyatini jamiyat ehtiyojlariga yo‘naltirib turadigan faoliyat samarasini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan omillarni ifodalaydngan jihatlariga ega bo‘lgan, makon va vaqt birligida o‘zgarmaydigan tartiblar majmuasidan iborat bo‘lishi kerak.

Korxona faoliyatini tashkil qilinishi, avvalambor, tegishli tashkiliy-tarkibiy boshqaruv tuzilmasini mavjud bo‘lishini talab qiladi.

Ikkinchidan, ishlab chiqarish vositalarini tegishln darajada texnologik birlashuvini, o‘zaro harakatlarini moslashtirishni ta’minlash zaruriyati.

Uchinchidan, faoliyatni tashkil qilish, boshqarishda qarorlar qabul qilish va xokazo hollarda qonunning ustunligini ta’minlash.

To‘rtinchidan, korxonalarni barchasi huquqiy nuqtai nazardan tengligini ta’minlash zaruriyati.

Beshinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat mavjudligidan kelib chiqish.

Oltinchidan, biznes shaklini tanlash erkinligi, albatta korxonaning ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyatidan kelib chiqqan holda.



Yettinchidan, korxona xo‘jalilik faoliyatiga davlatning aralashmasligi, uning faoliyag yuritishida erkinligi.

Va nihoyat korxonalar biron-bir mafkuraga bo‘ysunmasligi, ularning mafkuradan ozodligi.

Bu umumiy qoidalar korxonalar faoliyatini jamiyat nuqtai nazaridan, ularning manfaatlaridan kelib chiqib, samarali faoliyat yuritishini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Albatta, korxonalar o‘z faoliyatini yuritishda, samaradorligini ta’minlash maqsadida tejamkorlikni, moliyaviy barqarorlikni va resurslar bilan ta’minlashga intilishlari zarur.

Korxonani barpo etilishi o‘ziga xos tashkiliy bosqichlardan iborat bo‘ladi.

Korxonani tuzilishi uni yaratish to‘g‘risida tug‘ilgan g‘oyani asoslashdan boshlanadi va quyidagi ketma-ketlikda keltirilgan ishlar bajariladi:



korxonani tahsis etuvchilari aniqlanadi, ularni shartnomasi tuziladi;

ishlab chiqaradigan mahsulot yoki xizmat turini belgilash;

korxonaning moliyaviy resurslari manbalarini aniklash;

korxonaning Ustav va Nizomini rasmiylashtirish;

korxonani biznes-rejasini ishlab chiqish;



korxona muhri, shtampi va boshqa rekvizitlarini tayyorlash;

korxonani soliq organidan ro‘yxatdan o‘tkazish;

bankda xisob raqamini ochish, bank bilan shartnoma tuzish;



-korxonalar ajratmalar o‘tkazishi majbur bo‘lgan, respublikada mavjud maqsadli jamg‘armalarda hisobga qo‘yilishi;

-korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida hujjat olish.



Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida yangi shakl va turdagi

korxonalarni tashkil qilish va ularni tez oyoqqa turib olishi uchun keng

imkoniyatlar yaratildi. Buning uchun zaruriy xukuqiy asos ishlab chiqildi va joriy etildi.

Davlat bozor iqtisodiyoti samarali amal qilishini ta’minlash maqsadida korxonalarni huquqiy asoslarini, ayrim muhim xizmatlarini ado etish vazifalarini o‘z zimmasiga oldi. Bular qatoriga xususiy korxonalarga qonuniy maqom berish, xususiy mulk huquqlarini belgilash. shartnomalarga rioya kilishni kafolatlashni ta’minlash bir tomondan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, davlat qonuniy "o‘yin qoidalari"ni belgilaydi. Bu qoidalar korxonalar, resurslarni yetkazib beruvchilar va istehmolchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turadi. Qonunlar asosida davlat iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish sohasida hakamlik vazifasini o‘z zimmasiga oladi, bu borada qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslikni oldini oladi yoki ularga nisbatan o‘z vakolatlari chegarasida choralar ko‘radi, erkin va to‘g‘ri raqobat uchun shart-sharoitlarni yaratadi, moddiy-ashyoviy, moliyaviy, axborot va boshqa resurslarga erishuvning teng imkoniyatlarini ta’minlaydi va bozorda monopol egalikka yo‘l qo‘ymaydi.

Korxonani barpo etish xujjatlaridan biri uni ta’sis etish shartnomasi hisoblanadi. Bu hujjat o‘z mazmunidan kelib chikib kelajakda korxonani tashkil etuvchilarning o‘zaro munosabatlarining qoidalarini belgilaydi. Ta’sis etish shartnomasida korxonaning tashkiliy-xuquqiy shakli, turi, faoliyat turi, maqsad va vazifalari, joylashish va huquqiy adresi, ustav kapitali hajmi va unda ta’sischilar hissasi, qatnashuvchilarning o‘z hissasini boshqalarga berish sharti, uning boshqaruv va nazorat organlari, foydani taqsimlash usul va tartiblari, ta’sischilarning huquq va burchlari, ta’sischilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshka masalalarni hal qilish tartiblarini belgilaydi.

Ta’sischilar korxona ustavini ishlab chiqadi. Korxonaning ustavi rasmiy hujjat hisoblanadi. Chunki ustavda korxona bilan davlat o‘rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy, moliyaviy va huqukiy munosabatlarni tartibga solish qoidalari o‘z aksini topadi. Ustav qonunlar. qoidalar va nizomlarga asoslangan holda tuziladi. Ustavni korxonani ta’sis etuvchilar tasdiqlaydi.

Ustavning korxonani ta’sis etish shartnomasidan farqi, birinchidan unda davlat bilan korxona munosabatlarining tartibi belgilansa, ikkinchidan, korxonani ta‘sis etuvchilarning munosabatlari aks etadi.



Korxona o‘zi joylashgan yerdagi mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘n kun muddat ichida yagona davlat reestriga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboriladi.

Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasiga yuqorida keltirilgan korxonani barpo etish to‘g‘risidagi hujjatlarni (ariza, tag‘sis etish shartnomasi, ustavi, biznes rejasi va boshqalarni) taqdim etadi. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasi ariza topshirilgan paytdan 30 kun muddat ichida korxonani ro‘yxatdan o‘tganligi yoki o‘tmaganligi to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart.



Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab, barpo etilgan deb hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomini oladi. Ushbu kundan boshlab, korxona xo‘jalik faoliyatini yuritishni boshlashi mumkin bo‘ladi.

Korxonalar amaldagi qonunlar tartibiga binoan, o‘z tarkibida huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan sho‘hba korxonalar, filiallar, vakolatxonalar, bo‘limlarni mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari bilan kelishilgan holda tashkil qilish va ularni nizomlarini tasdiqlash huquqiga ega.

Mulk so‘zi biron bir jismoiiy yoki huquqiy shaxs maqomidagi tashkilotga tegishli ne’matlar (narsa va moddiy boyliklar) majmuasini bildiradi.

Mulkdor narsa va moddiy borliqlarga egalik kilish va tasarruf etish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy va huqukiy shaxs hisoblanadi.

Mulkchilik mulkdorlar o‘rtasida, ular bilan davlat o‘rtasida ishlab chiqarish vositalari va mehnat mahsulini o‘zlashtirish yuzasidan paydo bo‘lgan va tarixan aniq bir shaklda namoyon bo‘luvchi iqtisodiy munosabatlarni anglatadi.

Mulkchilik munosabatlari davlat tomonidan kafolatlanadi va qonunchilik asosida ximoya qilinadi. Har qanday davlatda mulkchilik to‘g‘risida xuquqiy qonunlar qabul kilinadi va unda mulkka egalik munosabati ifodalanadi. Natijada mulkchilik munosabatlari xukuqiy munosabatlar shaklida namoyon bo‘ladi.

Mulk o‘z ob’ekti va sub’ektiga egadir. Yuqorida keltirilgan mulkchilik qonuniga binoan, mulk ob’ektlariga quyidagilar kiradi:

  • respublika xududidagi yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, o‘simlik va hayvonot dunyosi;

imoratlar va inshootlar, asbob-uskunalar;

moddiy, manaviy va madaniyat buyumlari;

pul va qimmatli qog‘ozlar;

-ixtirolar, kashfiyotlar, ilmiy g‘oyalar, texnik ishlanmalar, axborot;



  • fan, adabiyot, sanhat asarlari;

  • tarix va madaniyat yodgordiklari;

  • insonning unumli va ijodiy mehnat qilish qobiliyati (ish kuchi);

- mol-mulkdan xo‘jalikda foydalanish natijalari (mahsulot va daromadlar).

Mulk sub’ektiga davlat, respublika fuqarolari, jamoalar, ularning uyushmalari, jamoat va diniy tashkilotlar, fuqarolarning oilaviy va boshka birlashmalari, chet davlatlar, ularning fuqarolari, hukuqiy shaxslari, xalqaro tashkilotlar kabilar kiradi.

Jamiyat mulkining asosiy qismini korxonalar mulki tashkil qiladi.

Korxona mulkkni asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar, shuningdek, korxonaning mustaqil balansida qiymati ifodalangan boshqa boyliklar tashkil etadi.

Korxona mulkining manbalariga kuyidagilar kiradi:

- ta’sis etuvchilarning pul va moddiy badallari;



mahsulot, ishlar, xizmatlarni sotishdan, ilmiy-texnik, tijorat va xo‘jalik faoliyatining boshqa turlaridan tushadigan daromadlar;

aksiyalar, qimmatbaho qog‘ozlarni sotishdan tushadigan mablag‘lar;

- bank va boshqa qarz beruvchilarning kreditlari;



kapital mablag‘ va byudjetdan dotasiyalar;

tashkilotlar, korxonalar va fuqarolarning tekinga va xayriya maqsadlarida bergan badallari, ionalari, shuningdek, meros tariqasida, ayriboshlash va sovg‘a qilish yo‘li bilan oladigan daromadlari;

- O‘zbekiston Respublikasida qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Korxona haq evaziga yer va boshqa tabiat resurslariga egalik qilish va foydalanish huquqiga ham egadir.

Korxonaning mulkdori (mulkdorlari) o‘ziga qarashli mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi, unga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan boshqa munosabatlarni amalga oshirishi mumkin.



Korxonaning yashash faoliyati bir qancha tsikllardan iborat bo‘lib, u quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: korxonani tashkil qilish; reorganizasiya; restruktrizasiya; sanasiya; bankrotlik va tugatish. Bu bosqichlar hamma korxonalarga tegishli degan xulosa chikarish kerak emas. CHunki bular korxonaning faoliyati natijasiga karab amalga oshiriladi.

Birinchi bosqich - korxonani tashkil qilish va faoliyatini tiklash. Ushbu qoidada korxonani tashkil etilishining asosi bo‘lib, uni ta’sis etuvchilarning mol-mulki yotadi. Mulksiz korxona tashkil etilmaydi. Mulkdan foydalanish, uni oshirib borish, saqlash korxonani moliyaviy barqarorligini ta’minlash asosida amalga oshiriladi.

Ikkinchi bosqich - reorganizasiya. Korxona faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy barkarorligini oshirish, bozorda tutgan o‘rnini ("Nisha"sini) saqlash yoki kengaytirish maqsadida o‘z tarkibida yangi ishlab chiqarish yoki funksional bo‘limlar ochish, ayrimlarini qo‘shish, birlashtirish, samarasizlarini tugatish kabi qayta tashkil qilish ishlarini amalga oshirib boradi. Bu masala aksariyat holda korxonaning moliyaviy ahvolidan kelib chiqadi.



Uchinchi bosqich - restruktrizasiya. Restruktrizasiyaga reorganizasiyaning bir shakli sifatida qarash mumkin. Restruktrizasiya deganda korxonaning tarkibiy bo‘limlarini (sexlari) huquqiy shaxs maqomisiz, mustaqil balans va xisob raqami bilan alohida ajratilishiga tushuniladi. Bundan asosiy maqsad ishlab chiqarish samarasini oshirish bo‘lib, korxona bo‘limi (sexi) tijorat hisob-kitobiga o‘tkaziladi. Ularga mulk ajratiladi, foyda va harajatlari aloxida hisob-kitob qilinadi.

Sanatsiya - iqtisodiy nochor korxonalarni bankrotligining oldini olish maqsadida qarzdor korxona-huquqiy shaxsning muassislari (qatnashchilari), qarzdorning kreditorlari va boshqa shaxslar, shu jumladan, davlat tomonidan qarzdor korxonaning to‘lov qobiliyatini tiklash bo‘yicha o‘tkaziladigai chora-tadbirlarni tashkil qiladigan faoliyat.

Qarzdor korxona sanasiyalash ob’ekti hisoblanadi. Faoliyatni davom ettirish uchun qarzdor korxonaning to‘lov qobiliyatini tiklanishining aniq imkoniyatlari asoslansa, bunday iqtisodiy nochor korxonalar sanasiya qilinadigan ob’ektlar qatoriga kiritiladi.



O‘zbekiston Respublikasida korxonalarni sanasiyalash jamg‘armasi tuzilgan. Korxonalarni sanasiyalash uchun mablag‘lar qatoriga keltirilgan jamg‘armalardan tashqari, korxonalar egalari, kreditorlar, birlashmalar (xo‘jalik uyushmalari), boshqa huquqiy va jismoniy shaxslarning moliyaviy ajratmalari ham kiradi.

Sanatsiyalash korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun o‘tkaziladigan chora-tadbirlardan biri hisoblanadi.

Keyingi bosqich bu korxonani bankrotligi.

Korxona bankrotligi uning iqtisodiy nochorligining oqibati.

Bankrotlik deganda sud tomonidan ehtirof etilgan yoki qarzdorni ixtiyoriy ravishda o‘zini bankrot deb ehlon qilgan qarzdorning moliyaviy majburiyatlarini bajara olmasligi, qisqa qilib aytganda moliyaviy qobiliyatsizlikka tushuniladi.

Korxona yashashining oxirgi bosqichi uni tugatilishi. Iqtisodiy nochorlik yoki bankrotlik asosida sud qarori bilan yoki mulkdorning o‘z ixtiyori bilan korxona faoliyati to‘xtatilishi mumkin.

Korxona tugatilishi uning faoliyatini to‘xtalishi va davlat reestriga qarzdor tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuv kiritilgan paytdan boshlanadi, korxona esa tugatilgan deb hisoblanadi.

Iqgisodiy nochor korxonalar boshqa sub’ektlar bilan kelishuv bitimi qilishi mumkin. Kelishuv bitimi (murosali kelishuv) - bu qarzdor bilan kreditor o‘rtasida qarzlarni to‘lash muddatini uzaytirish yoki qarzlardan chegirma qilish to‘g‘risidagi bitimdir. Kelishuv bitimi yozma ravishda tuziladi va u xo‘jalik sudi tomonidan imzolanadi.



Seminar mashg’ulotlari uchun savollar

  1. Yangi korxonalarni tashkil etish – iqtisodiyotni rivojlantirish va erkinlashtirishning muhim sharti.

  2. Yangi korxonalarni tashkil etishning asosiy maqsad va tamoyillari.

  3. Korxonalarni tuzish qo’llaniladigan ta’sis hujjatlari va ularni ro’yxatdan o’tkazish tartibi.

  4. Korxonalar faoliyatini to’xtatishning asosiy sabablari.

  5. Tarkibiy o’zgarishlar (restrukturizatsiya) va uning korxona iqtisodiy barqarorligini ta’minlashdagi roli.


10 -MAVZU. ISHLAB CHIQARISH VA UNING FUNKSIYASI.
Reja:

1. Ishlab chiqarishning mohiyati va omillari

2. Izokvantalar

3. Qisqa muddatli davrda ishlab chiqarish

4. Ishlab chiqarishni 2 ta o’zgaruvchan omil xisobiga tashkil etish

5. Korxona hajmi samarasi.



Ishlab chiqarish korxona (firma) faoliyatining asosini tashkil etadi. Ishlab chiqarish jarayoni resurslarrvi layyor mahsulotga aylantirish jarayoni sifatida ko’riladi. Ishlab resurslari strukturasi va maksimal ishlab chiqarish hajmlari orasidagi bog'liqlik ishlab chiqarish funkiyasi bilan xarakterlanadi. Ishlab chiqarish funksiyasi grafikda izokvantalar kartasi orqali ifodalanadi.

Izokvanta ma'lum ishlab chiqarish hajmini olish uchun ishlab chiqarish omillaridan sarflanishi kerak bo'lgan turli kombinaciyalarni ko'rsatadi.

Ishlab chiqarish omillariga misol qilib ikkita omii - mehnat va kapitalni olishimiz mumkin.

Mahsulot ishlab chiqarish hajmi mehnat va kapital miqdoriga bog'liq. Shu bilan birga, ushbu omillarning o'zaro bog'liqligi ishlab chiqarish texnologiyasi bilan ham bevosita bog'liq, chunki shunday ishlar mavjudki, ularning ayrimlariga mehnat, boshqalariga kapital sarfi ko'p talab qilinadi. Demak, ma'lum miqdordagi mahsulot ishlab chiqarish uchun ikki omildan birini ko'paytiramiz va ikkinchisini kamaytiramiz.

Agar ikki omil - kapital va mehnat resursi bo'lsa, ularni bittasini kamaytirish va ikkinchisini oshirish (yoki aksincha) asosida ular o’rtasidagi optimal mutanosiblikni yuqorida aytib o'tgan izokvantalar ifodalaydi.

Mahsulot ishlab chiqarish uchun bevosita ta'sir etadigan omillar to'g'risida fikr yuritar ekanmiz, ularning o'rin almashtirish normasi to'g'risida- ham fikr yuritishimiz lozim. Misol uchun, alla etishtirishda ham mehnat, ham kapital sarfi bo’Iishi taqozo etiladi. Kaysi xo’jalivda ishlab chiqarish ko'proq mexanizaciyalashtirilgan bo'lsa, bu erga kapital sarfi ko'proq, aksincha bo'lsa, qo'l mehnati ko'proq bo'ladi. Bunday holda xo'jalik rahbari uchun omillarni o'rin almashtirish normasini buzilish zarurati vujudga keladi. ,

Mikroiqtisodiyotda izokvanta bilan birga izokosta tushunchasi ham ishlatiladi. Korxonalarda ma'lum bir hajmdagi umumiy harajatga kapital va mehnatning turli miqdordagi shartlari to'g'ri kelishi mumkin. Grafik tarzda. korxona ma'lum umumiy harajatlariga to'g'ri keluvchi kapital va mehnat miqdorlarini izokosta degan chiziq xarakterlavdi. Izokosta chizig'ida jovlashgan har bir nuqta, bir xil umumiy harajat qilish uchun ncchta kapital va nechta mehnat birligi talab qilinishini anglatadi. Xar bir izokosta o'zidan quyida turgan izokostadan yuqoriroq harajatlarni, o'zidan yuqorida turgan izokostadan kamroq harajatlarni namoyon etadi. Grafik tarzda, ma'lum bir hajmda mahsulot olish uchun kerakli harajatlarning minimal mivdorini aniqlash uchun biror hajmini ifodalaydigan izokvantani izokostalar grafigiga kiritiladi. Algebraik tarzda harajatlarni minimallashtirish quyidagi shart bajarilsa erishiladi:



MCHM = KCHM

Rm Rk


bu erda: MChM - mehnatning chegaraviy mahsuloti;

KChM - kapitalning chegaraviv mahsuloti;

Rm - mehnat bahosi; Rk - kapital bahosi.

Iqtisodiyot nazariyasi va amaliyotida qisqa muddatli davr va uzoq muddatii davr tusiuinchalari mavjud. Qisqa muddatli davrda hecli bo’lmaganda bitta ojnil o'zgarmas, uzoq muddatda esa lianima omillar o'zgaradi.

Qisqa muddatli davrda ishlab chiqarish hajmini faqat mehnat omilini o'zgartirish hisobigagina o'zgartirish mumkin. Shuning uchun samaradorlikni oshirish uchun mehnat unumdorligini oshirish talab etiladi. Mehnat unumdorligi deganda, bir birlik mehnat sarfiga to'g'ri keluvchi mahsulot hajmi tusliuniladi.

Chegaraviy mehnat unumdorligi yoki mehnatning chegaraviy mahsuloti bitta qo'shimcha mehnat hisobiga olinadigan qo'shimcha mahsulot hajmini bildiradi.

Chegaraviy 'unumdorliklarning pasayib borish qonuni shuni ifoda etadiki, unga ko'ra mehnatning chegaraviy unumdorliklari ma'lum meXnat birligicha oshib boradi, so'ng esa oshishi surhatlari pasaya boshlaydi va ma'lum nuqtada ishlab chiqarish hajmini shu darajadan oshiqqa o'zgartirib bo'lmaydi.

Uzoq muddatli davrda esa firma ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun barcha omillarni o'zgartirishga harakat qiladi. Agar ishlab chiqarish hajmini o'zgartirmasdan, resurslar nisbatini o'zgartirish talab qilinsa bitta resursni oshirish uchun ikkinchi resursning ma'lum qismidan voz kechish kerak. Uzoq muddatli davrda shunday hollar ham bo'ladiki, ishlab chiqarish omillari ideal tarzda bir birini almashtirish mumkin.

Uzoq muddatli davrda firma optimal yolni tanlavdi, bu chiziq izokosta va izokvanta nuqtasidan o'tadi.

Korxonalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari uzoq muddatli davrda qisqa muddatli davrdagidan kengroq bo'ladi.

Mashg'ulotning maqsadi.


  1. Ishlab chiqarish funkcivasini tushuntirish.

  2. Izokvantalar nima va izokvantalar kartasi vordamida ishlab chiqarish funkcivasini grafik tarzda ifodalash .

  3. Chegaraviy unumdorliklarning pasayib borish qonunining mohiyatini ochib berish.

  4. Qisqa muddatli davrda korxona faoliyatini tushuntirish.

5. Uzoq muddatli davrning korxona faolivati uchun afzaliiklarini aniqlash.

6. Izokosta chiziqlarining ahamivatini tushuntirish.
Asosiy termin va tushunchalar.


  1. Har bir maksimal darajadagi mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’rsatuvchi izokvantalar yiindisi.

  2. ishlab chiqarish omilfarini tayyor mahsulotga aylantirishjarayoni.

  3. Bir birlik mehnat sarfiga to'g'ri keluvchi mahsulot hajmi.

  4. Umumiy harajatga to'g'ri keluvchi resurslar miqdorini ko’rsauivchi to _:'ri chiziq.,-

  5. Ishlab chiqarish rcsurs sinikturasi va makriiral ishlab chiqarish hr.:rilari or.i5ida.gi bog'liqlik.

  6. Ma'lum ishlab chiqarish hajmini olish uchun ishlab chiqarish omillaridan sarfianishi kerak bo'lgan nrli kombinaciyalarni ko'rsatuvchi egri chiziq.

  7. Qo'shimcha mehnat hisobiga olinadigan qo'shimcha mahsulot hajmi.

8. Berilgan liajmdagi barcha ishlab chiqarish omillarini sarflagan xolda mahsulot ishlab chiqarish

9. Firmada ishlab chiqarish hajmining o'sishi unga sariiangan resurslarning o'sishiga teng bo'lgan jarayon.

  1. Shunday jaravonki sarflangan resurslarga qaraganda ishlab chiqarish hajmi firmada tezroq o'sadi.

  2. Ishlab chiqarish hajmining o'sishi unga sarflangan resurslarning o'sishidan pastroq bo'lgan jarayon.




  1. Izokvantalar kartasi.

  2. Ishlab chiqarish.

  3. Mehnat unumdorligi.

  4. Izokvonta.

5. Ishlab chiqarish funkcivasi.

  1. Izokvanta.

  2. Mehnatning chegaraviy mahsuloti.

  3. Mahsulotning umumiy hajmi.

9. Ishlab chiqarishning o'zgarmas samarali masshtabi.

10. Ishlab chiqarishning nisbiy samarali masshtabi.

.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish