«mikroiqtisodiyot»


Mandaringa bolgan talab va taklif funksiyalargi quyidagicha berilgan Q



Download 0,55 Mb.
bet3/16
Sana16.12.2019
Hajmi0,55 Mb.
#30521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2 5280882201347490945


3. Mandaringa bolgan talab va taklif funksiyalargi quyidagicha berilgan

QD=5000-5P; QS=-500+5P

Bozorning muvozanat parametrlari aniqlansin.

3. Jadvalda berilgan ma’lumotlar asosida bozorning muvozanat parametrlari aniqlansin.


Narx

Talab hajmi

Taklif hajmi

1 000

4 000

2 000

1 500

3 000

2 800


4. Muqumiy nomidagi teatrda spektakl chiptaiga bo'lgan talab P=5220-0.05671Q ko'rinishida. Bu yerda, P-chipta narxi somda, Q-chiptalar soni. Kassada chipta necha somdan sotilsa pul tushumi maksimal bo'ladi?

5. 2014-yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetidagi talabalar o’rtasida so'nggi markadagi ‘NOTEBOOK’ uchun eng kopi bilan qancha tolashlari mumkinligi haqida otkazilgan sorov natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan


Talabalar soni

2 000

1500

1100

800

500

200

Tolashlari mumkin bolgan maksimal narx $

300


400


500


550


600


700


Ushbu malumotlar asosida umumiy talab shkalasini aniqlash mumkinmi? Agar bolsa qanday qilib?

6.Shakar bozori muvozanat holatga yaqin holatda. Muvozanat narx 1300 som. Mahsulot hajmi 10 000 kg. 1 kg. shakar narxi 1200 som bo'lsa, talab ortib 12000 kg., taklif 9000 kg. tashkil qildi. Shakarga bo'lgan talab va taklif funksiyalari aniqlansin. Davlat 1 kg shakar narxini 1250 som qilib belgiladi. Davlatning narx siyosati qanday oqibatlarga olib keladi?

7. Talab va taklif funksiyalari to'g'ri chiziq ko'rinishida. Muvozanat narx 10 000 somga, muvizanat hajm esa 3600 ga teng. Narx 8 000 som bo'lganda talab hajmi 40 000 tani tashkil etadi. Agar narx 12 500 bo'lsa, taklif hajmi aniqlansin.

8. Bozordagi taklif funksiyasi A tovar uchun QS=4P-2000 ga teng. Avval bu bozordagi talab hajmi Q=19000-2P ko'rinishida edi. So'ngra esa reklama tufayli 11000-2P ga ortdi. Bozorning oldingi va hozirgi muvozanat parametrlarini toping.

4-MAVZU. Bozor muvofanati. Maksimal va minimal narxlar.

Reja:

  1. Bozor muvozanati va uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar

2.Bozorda maksimal va minimal narxlar

3.Iste’molchi yutug’i va ishlab chiqaruvchi yutug’i



Bozor muvozanati – bozorda taklif miqdori bilan talab miqdori teng bolgan hol; taklif chizig'i bilan talab chizigi kesishgan nuqtaga muvozanat nuqta deyiladi. Talab va taklif orqali bozor mexanizmini o’rganish, ularning grafiklarini tahlil qilishdan boshlandi. Ma’lumki, davlatning aralashuvisiz, talab va taklif muvozanat holatga keladi va unga asosan tovarning bozor narxi o’rnatiladi hamda muvozanatni ta’minlaydigan mahsulotning umumiy hajmi o’rnatiladi.

Muvozanat narx – talab bilan taklifni tenglashtiruvchi narx. Muvozanat narxga to’g’ri keladigan tovar miqdoriga muvozanat mahsulot miqdori deyiladi.

Transaktsion harajatlar – bozorda tovarlarni sotishda egalik huquqini aniqlash va uni berish bilan bog’liq harajatlar.

Quyidagi grafikda ordinata o’qi bo'yicha bir birlik mahsulotning narxi ko'rsatilgan (somda). Absissa o’qi bo'yicha berilgan vaqt oraliida talab qilingan va taklif qilingan mahsulot hajmi ko'rsatilgan. Taklif chizigi (supply) qancha miqdorda va qanaqa ishlab chiqarish narxida tovarning bozorda sotilishi mumkinligini ko'rsatadi. Taklif chizig'i qancha yuqoriga ko’tarilsa, shuncha narx yuqori boladiva shunga ko'p firmalar mahsulot ishlab chiqarib, sotish imkoniyatiga ega bo'ladilar.Yuqori narx, mavjud firmalarni ishlab chiqarishni kengaytirishga da’vat etadi, bozorga yangi firmalarni o'z mahsuloti bilan kirib kelishini ta’minlaydi, ular ishlab chiqargan yuqori harajatli rentabel bo’lmagan mahsulotlari yuqori narxda rentabel bo'ladi. Bunday holda, firmalarda ishlab chiqarishning kengayishi qisqa vaqt oraliida intensiv bo'lsa, uzoq muddatda esa ekstensiv amalga oshiriladi.

Talab chizigi (Demand) iste’molchilarning berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotib olish mumkinligini bildiradi. Talab chizig'ining pastga ketishi, iste’molchilarning narx qancha past bo'lsa, ular shuncha ko'p mahsulot sotib olishini anglatadi. Past narxlar, haridorlarga yanada ko'proq miqdorda tovarlar sotib olishiga hamda ilgari sotib ololmayotgan iste’molchilarga esa hozir u tovarni sotib olishga imkon yaratadi.

Ko'pgina bozorlarda bir vaqtning o'zida ham talab, ham taklif egri chiziqlari o'zgarib turadi. Iqtisodiy o'sish yuqori bo'lganda iste’molchilar daromadi yuqori bo'ladi, aks holda daromadlar ham kamayadi. Ba’zi bir tovarlarga bo'lgan talab ham vaqt bo'yicha o'zgaradi, masalan, mavsumlar bo'yicha tovarlarga talab; bir-birini o’rnini bosadigan tovarlardan birining narxini o'zgarishi; did va modaning o'zgarishiga qarab talabning o'zgarishi. Xuddi shunday, vaqt bo'yicha ish haqi, xom ashyo narxi, kapital mabla qo’yishlar ham o'zgaradi, natijada bu o'zgarishlar taklifga jiddiy ta’sir qiladi.


Mavzuga doir masalalar
1.X tovarga talab va taklif funksiyalari quyidagicha berilgan:

QD=200-5P

QS=80+P

Davlat har bir tovarga 10 $ soliq belgiladi.

Bu qaror natijasida


  1. muvozanat parametrlari qanday o'zgarishini grafikda tasvirlang

  1. bu soliqning iste’molchi, ishlab chiqaruvchi to'laydigan qismi va soliq yuki ortiqchaligi hisoblansin.


Yechimi:

Dastlab bozor muvozanatini topamiz.



QD=QS

200-5P=80+P

120=6P


P=20. QD=QS=100

Davlat 10 som soliq belgilagandan so'ng QSt =80+(P-10)=70+P



Yangi muvozanat QD=QSt 200-5P=70+P

130=6P

P1=21.6 QD=QSt=70+21.6=91.6
Endi grafikda tasvirlaymiz

Iste’molchi to'laydigan qism = (21.6-20)×91.6 = 146.5



91.6=80+P

Pm=11.6

Ishlab chiqaruvchi to'laydigan qism=(20-11.6)×91.6=769.4

Soliq yuki ortiqchaligi=(21.6-11.6)×(100-91.6)/2=42

2. Mol go'shti bozorida go'shtga bo'lgan talab va taklif funksiyalari quyidagicha:

QD=20000-2P

QS=2000+P

Tovuq go'shti bozorida esa talab va taklif funksiyalar:



QD=24000-2P

QS=4000+3P

Mol go’shti bozorida taklif qisqarishi oqibatida muvozanat narx 6200 so’mga ko’tarildi.



Aniqlanishi lozim:

1. Mol go'shti taklifi va uning chizig'i qanday o'zgarishini izohlang hamda mol go'shti bozorida o'zgargan vaziyat tovuq go'shti bozoriga qanday ta’sir ko'rsatishini, ya’ni tovuq go'shtiga talab qanday o'zgarishini aniqlang.


Yechimi:

Mol go'shti bozorida muvozanat holatni aniqlaymiz. Buning uchun taklif va talab funksiyalarini tеnglashtirib muvozanat narxni topib olamiz:



Qe=QS=QD

Qe=20000-2P=2000+P

18000=3P

Pe=6000 som. Dеmak muvozant narx 6000 somni, muvozanat hajm esa Qe=2000+6000=8000 kg.



Mol go'shti taklifi qisqarishi natijasida muvozanat narx 6200 somni tashkil qilganligi bois o'zgargan taklif hajmini quyidagi amalni bajarib aniqlaymiz:

20000-2×6200=2000+6200-X

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish