Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot


-rasm Izokost va izokvant



Download 3,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/202
Sana11.03.2023
Hajmi3,91 Mb.
#918219
TuriУчебное пособие
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   202
7.6.-rasm Izokost va izokvant 
Nazorat savollari 
1. Korxonaning aniq va yashirin xarajatlari qanday?
2. Xarajatlarni sobit va o'zgaruvchanlarga bo'lishning iqtisodiy ma'nosi nima? 
Ruxsat etilgan, o'zgaruvchan va umumiy xarajatlarning egri chizmalarini chizish. 
Daromadlarni pasaytirish qonuni egri o'zgaruvchilar shakliga va umumiy 
xarajatlarga qanday ta'sir qilishini tushuntiring? 
3. Korxona faoliyatida qisqa va uzoq muddatlarni ajratish qaysi tamoyilga 
asoslanadi? 
4. Marjinal xarajatlar nima va ular qanday hisoblab chiqiladi? 
5. Korxonaning marjinal va o'rtacha o'zgaruvchan xarajatlari o'rtasidagi 
bog'liqlik qanday? 
6. Iqtisodiy foyda va buxgalteriya hisobi o'rtasidagi farq nima? 
7. Nima uchun iqtisodchilar normal daromadni xarajat elementi deb bilishadi? 
8. Imkoniyat va tushish xarajatlari haqida misollar keltiring. 
8. RAQOBAT VA RAQOBATBARDOSHLIK 
8.1. Raqobatning mohiyati va uni xarakatga keltiruvchi kuchlari. 
Raqobat ko‗p qirrali iqtisodiy hodisa bo‗lib, u bozorning barcha sub‘ektlari 
o‗rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat – bozor sub‘ektlari 
iqtisodiy manfaatlarining to‗qnashuvidan iborat bo‗lib, ular o‗rtasidagi yuqori 
foyda va ko‗proq naflilikka ega bo‗lish uchun kurashni anglatadi.


194 
Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‗jaligining eng muhim 
belgisi, rivojlantirish usuli va tartibga solish mexanizm hisoblanadi. 
Resurslarni yetkazib beruvchilar o‗zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer-
suv, ishchi kuchi) yuqori baholarda sotish uchun raqobat qiladilar. Ishlab 
chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o‗rtasidagi raqobat bozor 
munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‗liq erkinlashgan sharoitda yorqin 
namoyon bo‗ladi. 
Raqobat iste‘molchilar o‗rtasida ham yuz beradi; ular tovarlarni qulay va arzon 
baholarda sotib olishga harakat qiladilar, ya‘ni xaridor har bir sarflangan pul birligi 
evaziga ko‗proq naflilikka ega bo‗lishga harakat qiladi. Arzon va sifatli tovarni 
tezroq sotib olish uchun kurashadi. 
Raqobat– bozor sub‘ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‗qnashishidan iborat 
bo‗lib, ular o‗rtasidagi yuqori foyda va ko‗proq naflilikka ega bo‗lish uchun 
kurashni anglatadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar o‗rtasida sarflangan harajatlarining 
har bir birligi evaziga ko‗proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda 
orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya‘ni qulay bozorlar uchun, 
arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun ular orasida 
kurash boradi. 
O‗z navbatida xaridorlar, ya‘ni iste‘molchilar sarflagan har bir so‗m harajati 
evaziga ko‗proq naflilikka ega bo‗lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon 
va sifatli tovar va xizmatlarga ega bo‗lishga harakat qiladi. 
Raqobatning asosiy sohasi bozor, chunki unda erkin iqtisodiy sub‘ektlarning 
alohidalashgan manfaatlari to‗qnashadi. 
Raqobatning iqtisodiy asosi – bu ishlab chiqaruvchilar, resurs egalari va 
iste‘molchilarning tadbirkor, mulk va daromad egasi sifatida erkin hamda mustaqil 
bo‗lishidir. 
Raqobat kurashining mazmuni to‗g‗risida to‗laroq tushunchaga ega bo‗lish 
uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‗rib chiqish zarur. O‗z miqyosiga 
ko‗ra raqobat avvalo ikki turga - tarmoq ichidagi raqobatga va tarmoqlararo 
raqobatga bo‗linadi. 


195 
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‗rtta shakli alohida 
ajratilib ko‗rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va 
oligopoliyadir. 
Erkin raqobatlilik darajada namoyon bo‗ladi: tarmoq ichida, ya‘ni bir xil 
tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar o‗rtasidagi raqobat va tarmoqlararo, ya‘ni 
turli tarmoqlardagi korxonalar o‗rtasidagi raqobat. Tarmoqlar ichidagi raqobat 
ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo‗lish, qo‗shimcha foyda 
olish uchun bir tarmoq korxonalari o‗rtasida boradi. Har bir tarmoqda texnika bilan 
ta‘minlanish darajasi va mehnat unumdorligi darajasi turlicha bo‗lgan korxonalar 
borligi sababli shu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual 
(alohida) qiymati bir xil bo‗lmaydi. 
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. 
Bu qiymat, odatda, o‗rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq 
tovarlarining anchagina qismini tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga mos 
keladi. 
Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat 
unumdorligi yuqori bo‗lgan korxonalar qo‗shimcha foyda oladilar va aksincha, 
texnika jihatdan nochor korxonalar esa o‗zlarida ishlab chiqarilgan tovar 
qiymatining bir qismini yo‗qotadilar va zarar ko‗radilar. 
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‗rtasida eng yuqori foyda 
normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat foyda 
normasi kam bo‗lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori tarmoqlarga 
kapitallarning oqib o‗tishiga sabab bo‗ladi. Yangi kapitallar ko‗proq foyda 
keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko‗payishiga 
olib keladi. Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdek, foyda normasi ham 
pasayadi. Kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari 
natijaga olib keladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi o‗zgaradi, tovarlarga bo‗lgan 
talab ular taklif qilishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar ko‗tariladi, shu 
bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat ob‘ektiv ravishda 
qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qaerga 


196 
sarflanganligidan qat‘iy nazar, teng kapital uchun teng foyda olinishiga intilishni 
ta‘minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa solinmasin, 
xuddi shu tarmoq foyda normalarini o‗rtacha foyda normasiga «baravarlashtiradi». 
Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda 
ko‗p sonli korxonalar mavjud bo‗ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda 
ko‗plab sotuvchilar o‗zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar. 
Erkin raqobatli bozorda alohidai korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz 
nazoratni amalga oshiradi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish 
hajmi uncha katta bo‗lmaydi. SHu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning 
ko‗payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot narxiga sezilarli 
ta‘sir ko‗rsatmaydi. 
Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda 
mavjud bo‗lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi 
korxonalarning paydo bo‗lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini 
sotishga huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to‗siqlar 
bo‗lmaydi. 
Resurslarni yetkazib beruvchilar o‗zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, 
tabiiy resurslar, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar. 
Raqobat iste‘molchilar o‗rtasida ham yuz beradi: ular tovarlarni qulay va arzon 
narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya‘ni xaridorlar har bir sarflangan pul 
birligi evaziga ko‗proq naflilikka ega bo‗lishga harakat qiladilar.
Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko‗rib chiqish orqali yanada kengroq 
namoyon bo‗ladi. 
Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib 
ko‗rsatish mumkin: 
Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste‘mol)ga 
muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta‘sir o‗tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa 
yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va 
hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, 
ya‘ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi. 


197 
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular 
eng ko‗p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish 
imkonini beradi. 
Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga 
asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti subektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi 
turli ko‗rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi. 
Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi 
muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo‗naltirilgan bo‗lib, ularning 
shunchaki o‗zini-o‗zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo‗jalik faoliyati 
sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o‗tishini bildiradi. 
Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne‘matlar yalpi hajmi (yalpi 
ichki mahsulot)ning iste‘molchilar o‗rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita 
ta‘sir o‗tkazadi. 
Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba‘zi ishtirokchilarning 
boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o‗rnatishiga yo‗l 
qo‗ymaslikka yo‗naltiriladi. 
Raqobat kurashining mazmuni to‗g‗risida to‗laroq tushunchaga ega bo‗lish 
uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‗rib chiqish zarur.
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‗rtta shakli alohida 
ajratilib ko‗rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va 
oligopoliyadir. 
Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda 
ko‗p sonli korxonalar mavjud bo‗ladi. YUqori darajada tashkil qilingan bozorda 
ko‗plab sotuvchilar o‗zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar. 
Erkin raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz 
nazoratni amalga oshiradi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish 
hajmi uncha katta bo‗lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning 
ko‗payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot narxiga sezilarli 
ta‘sir ko‗rsatmaydi. 


198 
Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda 
mavjud bo‗lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi 
korxonalarning paydo bo‗lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini 
sotishga huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to‗siqlar 
bo‗lmaydi. 
Bozor mukammal raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor bo‗ladi, agar unda 
quyidagi shartlar bajarilsa: 
- sotuvchi va xaridorlar bozorda mahsulot narxi qanday bo‗lsa, shunday qabul 
qiladilar va ular narxga ta‘sir qila olmaydilar; 
- bozorga yangi sotuvchilarni kirishi va sotuvchilarni bozordan chiqishi 
cheklanmagan; 
- sotuvchilar birgalikda harakat qilish strategiyasini ishlab chiqmaydi; 
- bozor sub‘ektlari bozor to‗g‗risida to‗liq axborot olish imkoniyatiga ega. 
Bunday shartlar bajariladigan bozor mukammal raqobatlashgan bozor 
hisoblanadi yoki sof raqobatlashgan hamda raqobatlashgan bozor deb qaraladi. 
Raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firmaning raqobatlashuvchi firma deb 
qaraladi. Bundan keyin raqobatlashuvchi firma to‗g‗risida gapirilganda, biz 
raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firmani nazarda tutamiz. 
Raqobatlashgan bozorda tovar narxi bozorda talab va taklif asosida shakllanadi 
va unga sotuvchi ham xaridor ham ta‘sir qila olmaydi: 
P const

. (1) 
Raqobatlashgan bozorda har bir alohida sotuvchi tomonidan sotiladigan 
tovarning bozorda sotiladigan umumiy tovar miqdoridagi ulushi juda oz bo‗lgani 
uchun ham u tovar narxini o‗zgartira olmaydi.
Mukammal raqobatlashgan bozorda sotuvchilar ham xaridorlar ham ko‗p. 
Raqobatlashgan bozorni tahlil qilganimizda bozordagi tovarlarni bir xil deb, 
ya‘ni ularning sifati bir xil deb qaraymiz. (Amalda tovarning sifatiga qarab, 
ularning narxi har xil bo‗ladi, sifatli tovarning narxi sifati pastroq tovarning 
narxiga ko‗ra yuqori bo‗ladi). 

Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish