2001 yilda YaIM hajmi 2000 yilga nisbatan nafaqat 4,5 foizga o‘sdi, balki
1991 yildagi kabi o‘sish 103 foizni tashkil etdi. Bu o‘sha paytda MDH
davlatlari orasida birgina O‘zbekistonga tegishli ko‘rsatkich edi.
Mamlakatimiz makroiqtisodiy o‗sish dinamikasi tahlilida davom etsak, keyingi
yillarda ham rivojlanish tadrijiy ravishda ilgarilaganini ko‗ramiz. So‗nggi yillarda
iqtisodiy o‗sish sur‘atlari bo‗yicha O‗zbekiston MDHning yetakchi mamlakatlari
orasida peshqadamlardan biriga aylandi. Hamdo‗stlik mamlakatlari statistik
qo‗mitasi ma‘lumotlariga ko‗ra, YaIM ko‗rsatkichlari bo‗yicha diyorimiz 2004 yili
ilg‗or davlatlarning o‗rtacha o‗sish sur‘atlariga yaqinlashdi. Keyingi davrda esa
Rossiya va Ukraina kabi davlatlardan ham o‗zib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |