Ishlab chiqarish miqyosining ijobiy samarasi shunda namoyon bo’ladiki, korxonada
ishlab chiqarish hajmi o’sib borishi bilan, bir qator omillar ishlab chiqarish o’rtacha
xarajatlarining pasayishiga ta’sir ko’rsata boshlaydi. Bu omillar quyidagilar: 1) mеhnatning
ixtisoslashuvi; 2) boshqaruv xodimlarining ixtisoslashuvi; 3) kapitaldan samarali foydalanish; 4)
qo’shimcha turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarilishi. Quyida bu omillarning har biriga batafsil
to’xtab o’tamiz.
11.3. Korxonalarning faoliyatiga baho bеrishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga
qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan kеng foydalaniladi.
Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag’lar ularning pul
Do'stlaringiz bilan baham: |