Mikroiqtisodiyot makroiqtisodiyot” fanidan o‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Portfolio uchun qo‘llash mumkin bo ’lgan ruknlar



Download 7,51 Mb.
bet172/206
Sana20.07.2022
Hajmi7,51 Mb.
#828692
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   206
Bog'liq
Микро.Мaкроиқтисодиёт УМК 2019-20

Portfolio uchun qo‘llash mumkin bo ’lgan ruknlar:
Nazariy monolog: portfolio mavzusi bo’yicha asosiy nazariy mazmun taqdim etiladi.
"Bu nimani anglatadi? ": tushuncha-terminli lug‘at.
"Mai/gulot to’g‘risida mulohazalar": portfolio mavzusi bo’yicha o’quv mashg‘ulotining refleksiv tahlili.
"Javobsiz qolgan savollar".
"YOzma ish": ta’lim oluvchining mavzu bo’yicha bajargan barcha yozma ishlari kiritiladi.
"Darsdagi topshiriqlar": agar darsda kichik yozma topshiriqlar berilgan bo’lsa, ular portfolioning alohida ruknini tashkil qilishi mumkin.
"Zararli maslahatlar", "Menga yoqmaydigan o’quv fanlarini nima birlashtiradi? ", "Statistik ma’lumotlar ", "Sharhlar va aforizmlar", "Qonunlar, tamoyillar va koidalar", "Ta’lim olishga rag‘batlantiruvchi omillar ". Shaxsiy tajribadan, hayotdan misollar keltirish: Mening kashfiyotlarim", "Oxirgi laboratoriya mashg‘ulotining siri", "Do’stlar ijodiyoti", "Jo’natilmagan xatlar", ".... ni qachon va qayerda qo’llay olaman", "Solishtirma tahlil": ta’lim beruvchilar qanday qo’llaydilar, men qanday qo’llayman", "G‘oyalar bankki", "Agar .... bo’lsa, nima bo’ladi" (farazlar banki), "Diversant": berilgan mavzuga dalillar va qarshi dalillar. "Muvaffaqiyatga rag‘batlantiruvchi omil": ish davomida mening yutuqlarimga nima yordam berdi. "Mavzu shiori", "Mavzu belgisi", "Mavzu reklamasi"..., "Izlanish uchun mavzular", "Parallel olamlar": fanlararo va fan ichidagi aloqalar va boshqalar.
Portfolio yig‘ishni qanday boshlash kerak?
Murakkab tuzilmali portfolio tuzishga kirishishning hojati yo’q. Har qanday portfel tuzish jarayoni uch bosqichda boradi: ta’lim oluvchining barcha ishlari yig‘ilgan vaqtda; ularning eng yaxshi ishlari yig‘ilgan vaqtda; ta’lim olish samaradorligini ko’rsatish uchun ishlar yig‘ilgan vaqtda.
Portfel tuzishni boshlash uchun uni tuzish maqsadini, uning turini yig‘ish birligini aniqlash va ta’lim oluvchilar oldiga vazifa qo’yish kerak. Masalan: "Chorak bo’yicha eng yaxshi ishlaringizni yig‘ing", yoki "Ushbu oy davomidagi barcha yozma ishlaringizni papkaga yig‘ing". Mana shu o’quv jarayoniga portfelni joriy etishda birinchi qadam bo’ladi.
Nimalarni e’tiborga olish kerak?

  1. Har bir ta’lim oluvchiga portfolio to’ldirish nima uchun kerakligi tushunarli bo’lishi kerak.

  2. Portfolio turini tanlash (ta’lim beruvchi tomonidan berilgan yoki ta’lim oluvchi o’zi tanlagan bo’lishi mumkin).

  3. Ruknlar nomi va tuzilishini tanlash (ta’lim oluvchilarga portfolio tuzilishini ko’ra olishlariga, har bir ruknning mazmunini va vazifasini tushunish hamda ishlarni qayerga va qaysilarini yig‘ishga oydinlik kiritadi).

  4. Topshirish muddati va portfolio ustida ishlash vaqti darslarda, mustaqil ish vaqtida. Uy vazifasini tayyorlash vaqtida.

Ruknlarning umumiy soni; ulardan majburiysi qancha. Baholash metodlari.
Portfolioni baholash mezonlari. Odatda, ta’lim oluvchilar bilan birgalnkda aniqlanadi, lekin faqat ta’lim beruvchi tomonidan belgilanishi mumkin. Mezonlar to’plami o’quv predmetining xususiyatlariga, uni o’zlashtirish maqsadlari, o’qitish sharoitlari va boshqalarga bog‘liq. Lekin har qanday vaziyatda, mezonlar sifatida quyidagilarni ko’zda tutish tavsiya etiladi: majburiy rukn va xulosalarning mavjudligi; ishning tadqiqot metodlarini qo’llash; portfolioning loyihalash xarakterdaligi; mazmunning «shaxsiy bog‘liqligi»; ish sifati; portfolioning ta’lim oluvchi uchun foydaliligi tahlili. B. Blum taksonomiyasi asosida mezonlar va klassifikatsiyani ishlab chiqish mumkin. Har bir vazifa turli murakkablik darajasiga qarab avvaldan belgilangan ball bilan baholanib, ta’lim oluvchiga e’lon qilinadi.
Maqsadlar bosqichlari bo’yicha vazifalar quyidagi tarzda bo’ladi:
yangi materialni qayta tiklash (atamalar, dalillar, tushunchalar, qoidalarni). Agarda ta’lim oluvchi atamalarni to’g‘ri qayta tiklasa va qo’llasa, aniq dalillarni, tushunchalar, qoidalarni olsa maqsadga erishilgan deb hisoblanadi;
o’rganilgan hodisani, uning interpretatsiyasi va qayta tiklanishini tanish;
bilimlarni amaliyotda (qoidalar, nazariyalar), ya’ni yangi sharoitlarda qo’llash;
material tahlili, ya’ni alohida elementlarga ajratish va ularning o’zaro aloqasi mantiqini o’rnatish. Agarda ta’lim oluvchi yaxlit bir butunning qismlarini, fikrlash mantiqidagi kamchiliklarni ko’ra olsa, maqsadga erishilgan hisoblanadi;
alohida elementlarni yangi yaxlitga birlashtirishni bilishni ko’zlagan sintezga asoslanish. Agar ta’lim oluvchilar ijodiy ishlar yozsalar, muammo ustida ishlashda turli sohalardan bilimlarni qo’llasalar, maqsadga erishilgan hisoblanadi;
belgilangan mezonlar bo’yicha biror-bir hodisalarni baholash. Agar ta’lim oluvchi mezonlarni ajrata olsa va ularga amal qilsa, mezonlar turlarini ko’ra olsa, dalillar va baholash mulohazalari orasidagi farqlarni ajrata olsa, maqsadga erishilgan hisoblanadi.
Portfolioni baholash variantlari.
portfolio ustida ishlashning faqat jarayoni va xususiyati baholanadi; berilgan mezonlar bo’yicha portfolioning faqat alohida ruknlari (masalan, majburiy ruknlar) baholanadi;

YA

Portfolioning qiziqarli jihatlari. Unda nima juda ham yoqdi?

K

Hammasidan ko’ra ham yaxshi (to’liq, asosli, chuqurroq) ochib

U

Portfolioni shaxsiy mezonlar asosida

N

Portfolio bo’yicha asosiy xulosa


barcha ruknlar baholanadi, umumiy baho o’rtacha arifmetik bo’yicha chiqariladi;
avvaldan belgilangan mezonlar asosida portfolioning yakuniy varianti baholanadi;
faqatgina portfolioning o’zi emas, balki uning taqdimotining sifati ham baholanadi;
portfolio baholanmaydi, balki ta’lim oluvchi yakuniy mashg‘ulot yoki nazoratda alohida qismlarni tanlab oladi.
Portfolioni baholash metodlari.
Baholash metodlaridan biri "Yakun yasash" jadvali hisoblanadi.
Mazkur jadval yakka holda ham, guruhda ham to’ldirilishi mumkin.
Baholashning yana bir boshqa metodi "Past" jadvali bo’lishi mumkin.



Portfolioning afzalliklari

Savollar

Takliflar

1. (baholash mezonlari)

1

1

2

2

2

3

3

3

4

4

4

Keyingi baholash varianti “Baholash varaqasi”dan foydalanishga asoslanadi.

Ishlab chiqilgan mezonlar asosida portfolio to’g‘risidagi fikrlar (Men, .. .deb hisoblayman)

Portfolioning afzalliklari, kuchli tomonlari (Eng muvaffaqiyatli ...hisoblanadi)

Yanada yaxshilash yoki oxiriga yetkazish bo’yicha tavsiyalar (Men ... maslaxat beraman)

Asosiy maslahatlar (Senga .. .dek tuyulmayaptimi)



Asosiysi, ta’lim oluvchining ishi ta’lim beruvchi tomonidan jiddiy baholash mulohazalarisiz tahlil qilinishi kerak. Bunday suhbatning natijasi ta’lim oluvchining anglash qiziqishini chuqurlashtirish yoki aksincha mavzuni (muammoni), demak bilish qiziqishining o’zgarishi bo’lishi mumkin. Ta’lim beruvchi shaxsiy rivojlanishning turli variantlari va yo’llarini taklif qiladi, ta’lim oluvchi esa tanlaydi.
Yakun yasashda, portfolioning afzalliklari shubhasizligini ta’kidlab o’tmoqchimiz. Bu bilish qiziqishlarini chuqurlashtirish, ta’lim oluvchilarning aqliy va refleksiv qobiliyatlarini rivojlantirish, o’quv materialini o’zlashtirish darajasini kompleks tekshirish, ta’limni individuallashtirish va differensiatsiyalash, yutuqlar motivatsiyasini shakllantirish, bu bilan muvaffaqiyat sharoitini yaratish vositasidir.
Yakuniy baholashnnng to’rt darajasi. O’quv portfolioni yakuniy baholash nuqtai nazaridan quyidagi to’rt darajali tizimni tavsiya qilish mumkin.
Eng yuqori daraja. Bunday portfolioning tarkibi rukn va baholash mezonlarini har tomonlama qamrab oladi. Ta’lim oluvchining vazifani bajarishdagi kuchli tirishqoqligi va muvaffaqiyati yaqqol dalil, kommunikativ malakalarining shakllanganligi, keng va chuqur o’zini baholash mavjud. Mazkur darajadagi portfolio tarkibida o’ziga xoslik va ixtirochilik namoyon bo’ladi.
Yuqori daraja. Bu darajadagi portfolio ta’lim oluvchining kuchli bilimi va malakalarini ko’rsatadi, lekin avvalgi darajadan farqli ravishda unda majburiy bo’lmagan ruknlardan biror-bir elementlari bo’lmasligi, shuningdek, mazmunida o’ziga xoslik yetarli darajada namoyon etilmagan, tashqi ko’rinishida ijodiy yondashuv bo’lmasligi mumkin.
O’rta daraja. Mazkur portfolioda asosiy e’tibor majburiy ruknlarga qaratilgan. Ularga qarab dasturiy bilim va malakalarning shakllanganlik darajasi to’g‘risida fikr bildirish mumkin. Ijtimoiy malakalarning rivojlanganligi isbotlari yo’q, o’zini tahlil qilish va baholash yuzaki. Portfolioni tuzishda aniqlik yo’q. Tashqi ko’rinishida o’ziga xoslik yo’q. Past daraja. Bu portfolio bo’yicha bilim va malakalari to’g‘risidagi tasavvurni shakllantirish qiyin.

  1. Talaba portfoliosining mazmuni

Psixologik-pedagogik adabiyotlarda ko’plab kompetentlikga yo’naltirilgan pedagogik texnologiya xaqidagi materiallar mavjud. Ana shunday kasbiy ta’lim tizimida faol foydalaniladigan texnologiyalardan biri «Portfolio» hisoblanib, uning mazmun-mohiyatini turli mualliflar turlicha izohlashadi, jumladan:

  • talabaning turli sohalardagi mehnatining majmuasi bo’lib, u nafaqat o’quv natijalarini, balki unga erishish uchun sarflangan kuch va mehnatni xam ko’rsatadi;

  • o’qishning ma’lum oralig’i davrida talaba erishgan yutuqlar ko’rgazmasi;

  • talabaning o’quv natijalarini maqsadga yo’naltirilgan, tizimli va o’zluksiz baholash xamda o’z-o’zini baholash shakli.

  • talabaning topshiriqlarni tanlashda bevosita ishtirokini ta’minlovchi xamda o’z ishlarini o’zi tahlil qilish va baholash imkonini beruvchi talaba ishlarining antologiyasi, ya’ni talabada refleksiya qobiliyatini shakllantiruvchi pedagogik texnologiya.

Refleksiyaning ma’nosi o’z bilimi va qobiliyatini aniqlash va shunga bog’liq xolda yutuqlari xamda imkoniyatlarini baholash, o’zini kelajakda rivojlantirish uchun tegishli xulosalar kabul qilishga qaratilgan bilish jarayonidir. Refleksiya - insonning ichki ruhiy potentsialini, alohida ma’naviy faoliyatini ochib beruvchi va aniqlovchi innovatsion yo’l bo’lim, u ruhan o’z-o’zini tahlil qilish, o’z kamchiliklari bilan kurashish, o’z kuchi va imkoniyatlariga ikkilanishlarni bartaraf etishga asoslangandir. Shu sababli portfolioni yaratishdan maqsad o’quv natijalari bo’yicha talabaning rivojlanishini namoyish qilish va xulosa sifatida e’tibor, «talaba bilmaydi yoki bajara olmaydi»- deb emas, balki «talaba biladi va bajara oladi»- deb ishonch hosil qilishga karatilishi lozim.
Portfolioni yuritish mas’uliyati talabaga yuklanadi. Portfolio tarkibiga kiruvchi barcha materiallarni talabaning o’zi mustaqil tanlashi lozim. O’qituvchi va ota-ona unga ruhan va amaliy yordam berishlari zarur.
«Talaba portfoliosi» - talabaning bilish jarayonidagi ijodiy mehnati natijalarini o’zi tomonidan ob’ektiv baholash instrumenti, shaxsiy faoliyati refleksiyasidir. U hujjatlar to’plami sifatida quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • talabaga «portfolio»ga joylashtirish uchun materiallar tanlash bo’yicha topshiriqlar, ko’rsatmalar;

  • talabaning ijodiy faoliyatlari bilan jiddiy tanishib borish, portfelga joylashtirilgan faoliyat turlarini baholash omillari va mezonlari;

  • portfolioni ob’ektiv baholash uchun ekspertlar guruhii anketasi.

Bunday «portfolio»ni an’anaviy usulda yoki elektron shaklda ta’lim muassasi saytida, oddiy Word formatida yaratish mumkin. Ushbu papkaga muallif uchun ruxsat beriladi.
Talaba o’z hohishiga ko’ra yoki o’qituvchi topshirig’i asosida o’zining “Iqtisodiyot nazariyasi” bo’yicha mustaqil ishlarini ma’lum ketma-ketlik asosida o’z portfoliosiga joylashtiradi. Materiallar bir semestr bo’yicha, o’quv yili bo’yicha yoki butun o’quv yillari bo’yicha olinishi mumkin. «Portfolio» yoki undagi alohida ishlar talaba tomonidan oldindan izohlanadi, ya’ni nima uchun u aynan ushbu faoliyat turini tanladi, bu faoliyat turi bo’yicha u qanday natijalarga erishdi yoki erisha olmadi, o’qituvchining ushbu ish bo’yicha bergan bahosidan rozimi, ushbu ish natijalari bo’yicha qanday xulosalarga ega. Albatta xar qanday bunday ish yo’l quyilgan xatolarni asosli ravishda tahlil qilishni talab etadi. O’qituvchi alohida talabaga yoki talabalar guruhiga o’z fani bo’yicha shunday «portfolio» yaratishni taklif qilishi va uning tarkibini ko’rsatib berishi mumkin. Bunday «portfolio»ning asosiy maqsadi talabaning o’z faoliyatini fikrlab, asoslab va aniq dalillar asosida baholash qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir. Belgilangan vaqt o’tgach (semestr yoki o’quv yili) yoki aniq hajmdagi ishlar tugagach, talabaning hohishi bilan ushbu dastur yoki loyiha bo’yicha talaba o’z portfoliosini taqdimot qilishi mumkin. Dastlab taqdimotni kichik guruhida, keyin esa katta auditoriyada tashkil etish lozim. Agar «portfolio» elektron shaklda yaratilgan bo’lsa, talaba o’z hamkorlarini (talabalarni) yoki o’qituvchini o’z parolini oshkor qilib, ushbu «portfolio» sahifalariga kirishiga ruxsat beradi va taqdimot tugagach parolni o’zgartiradi. Talaba faoliyatini, ya’ni «portfolio» mazmunini baholash uchun o’qituvchi maxsus ekspertlar belgilaydi. Materiallarni mashg’ulot davrida muhokama qilish mumkin. Agar buning uchun alohida vaqt, o’quv soati ajratilmagan bulsa off-line telekonferentsiya rejimida yoki darsdan tashqari vaqtda ta’lim muassasi sayti forumida amalga oshirish mumkin. Bunday forumda talaba o’zi tanlagan yoki o’qituvchi tomonidan taklif etilgan bilim sohasi bo’yicha butun kuchini berganligini, uning o’z faoliyatiga bergan bahosi o’qituvchi va ekspetlar guruhii tomonidan berilgan bahoga mos yoki mos emasligini isbotlashi zarur. U baholarni kaysi jihatdan tug’ri yoki notug’ri ekanligini ko’rsatishi va o’zining kelajakdagi ushbu bilim sohasidagi ijodiy faoliyati rejalari bilan xulosalashi lozim.
Agar talabalar o’qituvchining o’ziga nisbatan yaxshi, ochiq va samimiy munosabatda ekanliklarini his qilishsa, albatta o’z fikrlari, tajribalari va ko’zatish natijalari bilan o’rtoqlashadilar. Chunki, xar qanday talaba yoki shaxs o’z ijodiy mehnati natijalari bo’yicha boshqalar fikriga bee’tibor bulishmaydi. Faqat shu yo’l bilangina shaxsni kamol toptirish, o’stirish mumkin. Agar talabada bunday ishonch bo’lmasa, ochiq muloqot yuzaga kelmaydi. Talaba yuqorida ko’rsatilgan «portfolio»ni yuritganda ham odatdagidek sukut saklaydi.
Talabalarni bunday texnologiya asosida tarbiyalash va ularga ta’lim berish rivojlangan davlatlarda alloqachon o’z o’rnini topgan, chunki Internet bu texnologiyani joriy etish uchun bir qancha qulayliklarni yarata oladi.
«Talaba portfoliosi» nafaqat akademik o’zlashtirish, balki talabaning kommunikativ muvaffaqiyatlari, muomula madaniyati, sport va jamoat ishlaridagi faolligi bo’yicha xam yuritilishi mumkin. Bunday «portfolio» muhokamasida (taqdimotida) ota-onalarni xam faol ishtirok etishlarini ta’minlash yanada yaxshi natijalarga olib keladi. Ota-onalar o’z farzandlari faoliyati natijalarini baholashlari uchun o’qituvchi tomonidan yoki ekspert guruhi tomonidan taklif etilgan baholash mezonlari va parametrlaridan foydalanishlari mumkin.
Bunday «portfolio» muallifining o’z fikrlari va o’z-o’zini baholash natijalari muhokamasida ushbu texnologiya printsiplari va baholash mezonlarini quyidagicha belgilash mumkin:

  1. “Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo’yicha o’z-o’zini baholash natijalari quyidagi omillar bilan asoslanadi:

  • bilimlarni “Iqtisodiyot nazariyasi” o’quv dasturiga mos kelishi;

  • bilish jarayonida talabaning mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyati, o’z qarorlarining oqibatlarini bilish darajasi;

  • talabaning kommunikativ qobiliyatlarini xususiyatlari (bahslarda qatnashish, o’z karorlarini asoslay olishi, materiallarni ravon va sodda tilda tushuntirib bera olishi).

  1. Tizimli va muntazam o’z monitoringini olib borishi. Talaba “Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo’yicha o’z yutuqlarini nazorat qilib borishni maqsad qilib olsa, u ushbu fan bo’yicha muhim deb hisoblagan bilimlarini tizimiy ravishda «portfolio»ga joylashtirib boradi. Uning vazifasi - ushbu ishlarni diqqat bilan tahlil qilib borish, kerakli o’zgartirishlar kiritish, unga tushuntirishlar berish, o’z-o’zini baholash bo’yicha qisqa hisobot tayyorlash, ya’ni ushbu bilim sohasi bo’yicha u nimalarni o’zlashtirdi, nimalarni o’zlashtira olmadi yoki tushunmadi, kelajakda nimalarga e’tibor qaratishi lozim. Shuningdek u bu erda o’z bilimlariga o’qituvchi, ekspertlar va ota-onasi tomonidan quygan baholarga xam fikrini bildirishi mumkin.

  2. “Portfolio” materiallari tarkibi, barcha yozma tushuntirishlarning mantiqiyligi va aniqligi.

  3. “Portfolio”da keltirilgan materiallarni to’liqligi va mazmunan tugallanganligi.

  4. “Portfolio”ni tartib bilan va estetik jihatdan did bilan yaratilganligi.

  5. “Talaba portfoliosi” taqdimotini ko’rgazmali, yaqqol va asoslangan holda bo’lishi.

  1. Talaba portfolisining tarkibi

Portfolio tarkibi talabaning semestr yoki o’quv yili davomidagi mustaqil ishlaridan iborat bo’lmog’i lozim. Talaba ushbu «portfolio» orqali anjumanlarda chiqish qilib, o’zining mustaqil fikrlashga, fan bo’yicha olgan bilimlarini ijodiy amalda tadbiq etishga qodirligini namoyish etgan xolda, o’z-o’ziga ushbu bilim doirasi bo’yicha shaxsan bahosini beradi. Bu talabaga o’z yutuqlari, olgan bilimlari va ijodiy ishlarini mustaqil tahlil qilish va unga o’z bahosini berish, uni o’qituvchi yoki hamkorlari bilan baham ko’rish imkonini yaratadi.
Bunday «portfolio» tarkibi quyidagicha bulishi mumkin:

  • titul;

  • mazmuni;

  • xar bir materialning qisqacha mazmuni va talaba uchun tushunchalar;

  • nima uchun ushbu material yoki bilim sohasi olinganlik sababi;

  • portfolio o’qituvchi va talabaning o’zi tomonidan qanday baholanganligi;

  • fan bo’yicha yutuqlari tarixi;

  • «portfolio»ni yaratish muddati va taqdimot vaqti.

Muallifga «portfolio»ni yaratishda to’liq erkinlik beriladi.
Talabaning dunyoqarashlari, fikrlarining mantiqiyligi, nutq va bayon etish madaniyati, o’z fikrini isbotlay olishi kabi omillar uning faoliyatini baholashda asosiy mezonlardan biri sifatida foydalaniladi. Ayrim xollarda o’qituvchi «portfolio» tarkibiga o’z talablarini qo’yishi xam mumkin.
Portfolio tarkibi quyidagi materiallardan iborat bulishi mumkin:
Titul varaqa - «portfolio»ni nomi, talaba f.i.sh., fanning nomi, «portfolio»ni yuritish davri (semestr yoki o’quv yili), boshlanish va tugash sanasi, o’qituvchi f.i.sh.
«Portfolio» tarkibi:

  • fan bo’yicha talabaning erishgan yutuqlari (shaxsiy faoliyat natijalari tahlili, nimani o’zlashtirish oson, nima qiyin kechmoqda, ushbu kiyinchiliklar mohiyati nimada va b);

  • yozuvlar, ma’ruzalar, uy vazifalari (fanning turli bo’limlari bo’yicha kamida 8 ta topshiriq beriladi, albatta bunda mustaqil fikrlash qobiliyati, fikrlarning originalligi hisobga olinadi, talaba bitta muammo yoki topshiriq echimining turli hil yo’llarini ko’rsatishi zarur;

  • nazorat va mustaqil ishlar (kamida 3 ta mavzu bo’yicha 5-6 ta mustaqil ish);

  • testlar;

  • axborot texnologiyalaridan foydalanish (axborot texnolo giyalari foydalanilgan kamida 2 ta misol, dasturiy material);

  • guruhiy loyihalar (talaba ishtirok etgan xar bir loyiha batafsil yoziladi);

  • sizning sevimli ishingiz;

  • talaba faoliyati bo’yicha baholar (o’qituvchi, ota-ona va ekspertlar bahosi).

Portfolio bo’yicha izohlar. Taqdimotga tavsiya etilayotgan «Portfolio» materiallari puxta uylangan, «portfolio»da keltirilgan barcha materiallar bo’yicha muallifning shaxsiy fikrlari yoritilgan bo’lishi zarur. U talabaning ushbu fan bo’yicha olgan bilimlari, bo’sh tomonlari, kelajakdagi rejalarining to’liq mazmunini ko’rsatishi lozim.


  1. Download 7,51 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish