Mikroelektronika
Mikroelektronika -
elektron uzellar, bloklar va qurilmalarni juda mitti integral qurilmalar
tarzida yaratish bilan shugʻullanadigan elektronika sohasi. 20-asr 60-yillarida vujudga keldi.
Qattiq jism fizikasi M.ning asosi hisoblanadi.
Ayrim qurilmalarda alohida tayyorlangan bir necha ming elektron lampa, tranzistor,
kondensator, rezistor, transformator va boshqalarni qoʻllab, ularni
kavsharlab yoki payvandlab
yigʻilishi natijasida apparatlar kupol boʻlgan. Bosma montaj, mikromodul, integral sxemaning
yaratilishi bilan bu kamchiliklar deyarli bartaraf qilindi.
M.ni bir-birini toʻldiruvchi bir necha yoʻnalishlar: integral elektronika,
vakuum mikroelektronika,
optik elektronika va funksional elektronika kabi yoʻnalishlarga ajratish mumkin. Integral
elektronika eng keng rivojlangan. Bu sohaning vujudga kelishi radioelektron apparatlarni
mikrominiatyuralashga (mittilashga) imkon berdi. Integral sxema (mikrosxema) hisoblash
texnikasi va kosmik sistemalarda ham, xoʻjalikda ishlatiladigan apparatlarda ham qoʻllaniladi.
Yarimoʻtkazgichli integral sxemalar 1959-61 yillarda yaratildi.
Bunday integral sxemalarning
integrallash darajasi yuqori (bitta yarimoʻtkazgich kristallida 10000 gacha va undan
koʻpelement). Guruxlab tayyorlash usuliga oʻtish yoʻli bilan yarimoʻtkazgichli material
plastinkalaridagi aktiv (diodli, tranzistorli) elementlar tayyorlash texnologiyasining
takomillashtirish bosma montaj texnikasining va passiv mikrominiatyur komponentlarni
yaratish texnologiyasining
rivojlanishiga, bu esa, oʻz navbatida, plyonkali integral sxemalarni
ishlab chiqishga olib keldi.
Yarimoʻtkazgichli va plyonkali integral sxemalardan tashkari, aralash integral sxema
tayyorlanadi. Aralash integral sxemaning integrallash darajasi yarimoʻtkazgichli
integral
sxemanikiga yaqin turadi. Keyinchalik vakuum integral sxemalar ishlab chiqildi va yangi
yoʻnalish — vakuum elektronika yaratildi. Vakuum integral sxemalar barcha komponentlari
vakuumga joylashtirilgan qurilma va osma mikrominiatyur elektrovakuum asboblari boʻlgan
plyonkali integral sxema koʻrinishida ishlab chiqarilishi mumkin. Bunday integral sxemaning
chidamliligi yuqori boʻladi.
Integral sxemalarning barchasi ishlash belgilariga qarab raqamli (mantiqiy) va chiziqli xillarga
boʻlinadi. Raqamli integral sxemalar
EHMlarda ishlatish uchun, chiziqli integral sxemalar esa,
asosan, elektr signallar (kuchaytirish, modulyasiya va boshqalar)ni chiziqli kattaliklarga
aylantirish uchun moʻljallangan.
M., asosan, ikki yoʻnalishda rivojlandi: integral sxemalarning integrallash darajasini va
zichligini oshirish, sxematexnik yoki sistematexnik ishlarga moʻljallangan
elektron qurilmalar
yaratish uchun yangi fizik prinsip va hodisalarini izlash.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Mikroel
ektronika&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
Manbalar
Soʻnggi tahrir 11 oylar avval
146.120.191.205
tomonidan amalga oshirildi
title=Mikroelektronika&oldid=219
1108
" dan olindi