Somonli qaynatma. 10 gramm somonga 1 litr vodoprovod suvi
solib 30 daqiqa qaynatiladi. Hosil bo'lgan qaynatma filtrlanib, kerakli
tuzlar (K
2
HPO
4
) va shakar (1%) solinadi. pH i aniqlanib belgilanadi
va avtoklavda 0,5 atmosfera bosimda 30 daqiqa sterillanadi.
Tuproqli agar. Quruq tuproqni o'simlik qoldiqlari, tosh va
qumlardan yaxshilab tozalanadi. Tuproqni hovonchada maydalab,
elakdan o'tkaziladi. Tuproqni kolbaga solib ustidan distillangan suvni
1:5 nisbatda qilib solinadi. Tayyor suspenziya 5-10 daqiqa
chayqatiladi, keyin 1,5-2% agar qo'shiladi. Oziqani avtoklavda 120ºS
haroratda 1 soat davomida sterillanadi. Sterillash 1 sutkadan so'ng
yana qaytariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |