III. Tenericutes bo‘limi
Bu bo‘limga rigid (qattiq) hujayra devori yo‘q, grammanfiy, pentidoglikan sintezlamaydigan
prokariotlar, odam, hayvon va o‘simliklarda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikoplazmalar kiradi. Ularda
hujayra devori yo‘q. Hujayra membranasi 3 qavatdan iborat bo‘lib, oval yoki sharsimon shaklli,
ba’zilari ipsimon shoxlangan bo‘lishi mumkin. Kattaligi 125 - 250 nm, bo‘lib, eng kichik
bakteriyalarga yaqin. Viruslar kabi bakterial filtrdan oson o‘tadi. Ular Mollicutes (mollis - lotincha
yumshoq, cutes - teri yoki po‘st) sinfini tashqil etib, Mycoplasmatales tartibi va bu tartibga 3 oila
- Mycoplasmataceae, Acholeplasmataceae va Spiroplasmataceae lar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |