Mikrobiologiya va virusologiya


-MAVZU. MIKROBIOLOGIYA TADQIQOTLARINING ASOSIY USULLARI



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/72
Sana11.02.2022
Hajmi1,33 Mb.
#442460
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   72
Bog'liq
1-Kurs ma`ruzalar

2-MAVZU. MIKROBIOLOGIYA TADQIQOTLARINING ASOSIY USULLARI
 
Reja: 

1. Toza kulturalar va ularning olinishi.

2. Mikroorganizmlardan preparatlarni tayyorlash texnikasi. 

3. Oddiy va differensial bo‘yash. Gram usulida bo‘yash va uning mikroorganizmlar 
klassifikatsiyasidagi ahamiyati. 

4. MBR-I mikroskopining tuzilishi. Mikroskopiya metodi. 
5. Fiksirlangan bo‘yalgan preparat tayyorlash. 
 
Tayanch iboralar: 
diagnostika, mikroskopiya, kultura, sof kultura, aralash kultura, eliktiv 
kultura, klonn, shtamm, konfokall, flyuorestent, atom kuchli mikroskop, skannerlovchi mikroskop, 
differensial diagnostik oziq muhit 
 
Tirik mikroorganizmlar populyatsiyasiga bakteriya 
kulturasi
deyiladi. Laboratoriyada 
mikroorganizm kulturalari turli shaklda o‘stiriladi (suyuq oziqa muxitlarida, agarli "qiyshiq agar” 
(“kosyak")larda (sterillangan agarli oziqa muhit ma’lum burchak ostida qiyshaytirilib qotiriladi), 
Petri likopchalaridagi qattik oziqa muxitlarida). Mikroorganizmlar kulturasi faqat bir turdan iborat 
bo‘lsa u sof kultura deyiladi. Mikrobiologlar deyarli hamma vaqt sof bakteriya kulturalari bilan 


ish olib boradilar. Agar kultura bittadan ortiq mikroorganizmlar turini tutsa, u kultura aralash yoki 
iflos kultura deyiladi. Shuning uchun sof kulturalarning tozaligini saqlash mikrobiologlarning 
asosiy vazifalariga kiradi. Aks holda tadqiqodlarda olingan natijalar noto‘g‘ri bo‘ladi. 
Mikroorganizmlarning atrof muhitda keng tarkalganligi tufayli ularning sof kulturalarga 
tushmasligini ta’minlash uchun muhofaza choralarini ko‘rish muhim, ya’ni aseptika texnikasiga 
amal qilish lozim. 
Demak, aseptika texnikasiga ko‘ra, mikroorganizmlar sterillangan oziqa muxitida o‘stiriladi 
va bu muxitni atrofdan mikrorganizmlar tushishidan muhofaza qilinadi. Sof kultura oziqa muxitga 
ekilganda quyidagi aseptika texnikasi qoidalariga amal kilinadi: 1) sof kulturaga tegishi mumkin 
bo‘lgan barcha buyumlar oldindan sterillanadi; 2)ozikli muxit sterillanadi; 3) ekish va qayta ekish 
vaktlarida kultura ifloslanishidan saklanishi uchun ehtiyot qilinadi. Buning uchun quyidagi 
choralar amalga oshiriladi: a) barcha idish va oziqli muxitlar tayyor bo‘lishi bilan darxol 
sterillanadi; b) havodagi mikroblar tushmasligi uchun oziqli muxitlar yopiq idishlarda saqlanadi. 
Bunda paxta va dokadan tayyorlangan tiqinlardan foydalaniladi va ular faqat ekish vaqtida olib 
turiladi, lekin hech qachon stol yoki boshqa buyumlarga qo‘yilmaydi; v) sterillangan idishlarni 
ichki va ulardagi steril oziqli muhitlarga hamda sof kulturalarga tegishi mumkin bo‘lgan barcha 
vositalar avvaldan sterillanadi, masalan, bakteriologik ilmoq; g) ekish va qayta ekish vaqtida 
ishlatiladigan probirka va kolbalarni og‘zi ishdan oldin flambirlanadi va iloji boricha kam vaqt 
davomida ochiq holda qoldiriladi: d) ish joyini mikroorganizmlar bilan ifloslanishdan saqlanadi, 
bakterial ilmoqlar ishlatilgandan so‘ng ham sterillanadi, pipetkalar esa dezinfeksiya qiladigan 
suyuqliklarga solinib qo‘yiladi. 
Laboratoriya sharoitida probirkadagi suyuq muhitdan boshqa probirkadagi muhitga ekish 
yoki Petri likopchasidagi agarli qattiq muhitga ekish kabi ishlar tez-tez amalga oshirilib turadi. 
Talabalar bunday mashg‘ulotlarni bajarib, aseptika texnikasi qoidalarini amalda ko‘llashni 
o‘rganishlari lozim. Probirkadan probirkaga ekishda quyidagi ishlar bajariladi: 
1. Mum qalam yordamida ekiladigan probirkalarga talabaning ismi, guruhini raqam soni 
yoziladi. 
2. Ilmoq alanganing yuqori qismida cho‘g‘ holatigacha flambirlanadi va 10 daqiqa davomida 
sovutiladi, lekin stolga qo‘yilmaydi. 
3. Chap qo‘l bilan kulturali probirka olinadi va ilmoq ushlagan qo‘lni bo‘sh barmoqlari bilan 
probirkani tiqini olinadi, lekin tiqin stolga qo‘yilmay ushlab turiladi. Probirkaning og‘zi alangada 
qisqa vaqt qizdiriladi. 
Mikrobiologik tekshirish metodlari bu mikrobiologik diagnostikaning «oltin standarti» 
hisoblanadi. Chunki mikrobiologik tekshirish usullarini qo‘llash orqali tekshirilayotgan materialda 
ma’lum bir mikrob omilining borligi aniqlanadi.
3.1-rasm
3.2-rasm 


3.3-rasm
3.4-rasm 
3.5-rasm 
4. Ilmoqdan foydalanib probirkadagi suyuqlikdan olinadi, bunda ilmoq probirkaning ichki 
tomoniga tegmasligi kerak. 
5. Probirkani og‘zi va tiqini alangada qizdirilib, probirka yopiladi va shtativga qayta qo‘yiladi. 
6. Bo‘sh qo‘l bilan ekiladigan probirka olinadi va yuqoridagidek ochilib, og‘zi sterillash uchun 
qizdiriladi. 
7. Ilmoqdagi suyuq kultura probirkaga asta solinadi so‘ng aralashtiriladi. 
8. Ilmokdagi tomchilarni probirkani ichida qoldirish uchun ilmoq probirkani ichidagi suyuqlik 
tugagan joyiga tegiziladi. 
9. Ilmoq asta chiqariladi va probirkani og‘zi bilan tiqin flambirlanadi, probirka yopiladi va 
shtativga qo‘yiladi. 
10. Ilmoq cho‘g‘ holatigacha qizdiriladi. 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish