3 - mavzu. Prоkariоtlar mоrfоlоgiyasi va hujayra tuzilishi
Reja:
1. Bakteriyalar o`lchamlari va mоrfоlоgiyasi. Prоkariоt hujayralar tuzilishi.
2. Bakteriya hujayrasining struktura asоslari. Hujayra devоri, tuzilishi, tavsifi va
kimyoviy tarkibi.
3. Gram musbat va gram manfiy bakteriyalar hujayra devоri, tarkibi va farqlari.
4. L-shaklli bakteriyalarning hоsil bo`lishi, mikоplazmalar.
5. Arxibakteriyalarning hujayra devоri, sitoplazmatik membrana, uning ba`zi
xususiyatlari va kimyoviy tarkibi. Plazmidalar.
6. Bakteriya hujayrasining qo`shilmalari, kimyoviy tarkibi va ahamiyati.
Kapsula va shilliq qavat. Kimyoviy tarkibi va funktsiyalari.
7. Bakteriyalarning harakati, xivchinlari. Jоylanishi, tashkil tоpishi, kimyoviy
tarkibi. Fimbriy va pililar, ularning funktsiyalari.
Tayanch so`z va
iboralar: Bakteriyalar mоrfоlоgiyasi, prоkariоt hujayralar,
bakteriya hujayrasi, hujayra devоri, gram musbat, gram manfiy bakteriyalar, L-
shaklli bakteriyalar, mikоplazmalar, arxibakteriyala, sitoplazmatik membrana,
mezоsоmalar, plazmidalar, bakteriya endоspоralari, spоra, vegetativ hujayrad,
patоgen batsillalar, kapsula va shilliq qavat, bakteriyalarning harakati,
xivchinlari, fimbriy va pililar.
Mikroorganizmlarning ko`pchiligi bir hujayralidir. Bakteriya hujayrasi
tashqi muhitdan hujayra po`sti, ba’zan esa faqat sitoplazmatik membrana bilan
ajralib turadi. Hujayra ichida har xil strukturalar mavjud. Hujayra tuzilishiga
qarab organizmlarning ikki tipi mavjud. Bular eukariot va prokariot hujayrali
organizmlar. Agar mikroorganizm haqiqiy (chin) yadroga ega bo`lsa, unday
hujayralarga eukariot hujayralar deyiladi. (Grekcha eu – haqiqiy, chin, kario –
yadro demakdir). YAdro apparati sodda (diffuz holdagi yadroga ega) b o`lgan
mikroorganizmlar prokariotlar deyiladi. Eukariotlarga zamburug’lar, suv o`tlari,
sodda hayvonlar – protistlar kirsa, prokariotlarga bakteriyalar va ko`k-yashil suv
o`tlari (sianobakteriyalar) kiradi. Eukariotik hujayrada yadro va unda 1-2
yadrocha, xromosomalar (DNK, oqsil), mitoxondriy, fotosintez jarayonini olib
boruvchi organizmlarda esa xloroplastlar, Goldji apparatlari mavjuddir.
Ribosomalari esa 80S ni tashkil qiladi. Prokariot hujayralarda yadro bilan
sitoplazma orasida aniq chegara yo`q: yadro membranasi bo`lmaydi. Ularda
DNK maxsus strukturaga ega emas. SHuning uchun prokariotlarda mitoz va
meyoz jarayonlari amalga oshmaydi. Mitoxondriya va xloroplastlarga ega emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |