VII. Malakaviy amaliyotni o‘tkazish tartibi
“Mikrobiologiya va immunologiya” fanidan malakaviy amaliyot Samarqand veterinariya meditsinasi institutining vivariysi va o‘quv-tajriba xo‘jaligida, Samarqand viloyati hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi hamda chorvachilik fermer xo‘jaliklarida o‘tkaziladi.
Malakaviy amaliyotni o‘tkazish bo‘yicha mavzular:
1. Laboratoriyada ishlash qoidalari, maqsadi va vazifalari.
2. Bakteriologiya bo‘limida ishlatiladigan bakteriologik bo‘yoqlar, ularni asosiy va ishchi eritmalarini tayyolash usullari.
3. Bakteriologiya bo‘limida ozuqa muhitlarini tayyorlash, sterilizatsiya usullarini.
4. Bakteriologiya bo‘limiga keltirilgan patmateriallarni mikroskopik, bakteriologik tekshirish usullari.
5. Bakteriologiya bo‘limida biologik tekshirish usullari.
6. Serologiya bo‘limida serologik reaksiyalarni qo‘yish texnikasini o‘rganish.
Malakaviy amaliyot bo‘yicha bir kunga bitta amaliy mashg‘ulot rejalashtirilgan bo‘lib, u 6 soatga mo‘ljallangan. Har bir guruh talabalari kichik guruhlarga bo‘linadi va kafedra o‘qituvchilarining rahbarligida berilgan amaliy mashg‘ulot vazifalarini mustaqil bajarishadi. Bajarilgan ishlarni daftarga qayd etib boradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi.
Malakaviy amaliyotni o‘tkazish vaqtida har bir talaba uslubiy qo‘llanmalardan hamda internet ma’lumotlaridan foydalanadi. Ana shunda amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni har bir talaba to‘liq bajarishga erishadi.
VIII. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaаlari.
Asosiy adabiyotlar
1. Shapulatova Z.J. Mikrobiologiya. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2013 yil.
Xorijiy adabiyotlar
1. P.J.Quinn., B.K.Markey and others. Veterinary microbiology. This edition first published New Delhi, India 2016 year.
2. Tracy H Vemulapalli. G Kenitra Hammac. Microbiology for veterinary Technicians. Textbook copyright Printed in the United States of America 2015 year.
3. Кисленко В.Н. Практикум по ветеринарной микробиологии и иммунологии. Учебная пособия. Москва, 2005 год.
4. кисленко В.Н., Колычев Н.М., Ветеринарная микробиология и иммунология. Часть 1, Учебник.Обшая микробиология. М., 2006 год.
5. кисленко В.Н., Колычев Н.М. Ветеринарная микробиология И иммунология. Учебник.Часть 2, Иммунология. М., 2007 год.
6. кисленко В.Н., Колычев Н.М., Суворина О.С. Ветеринарная микробиология и иммунология. Учебник. Часть 3, М., 2007 год.
Do'stlaringiz bilan baham: |