Mikrobiologiya va immunologiya



Download 13,45 Mb.
bet112/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

Antigen tuzilishi. Tuberkulyoz bakteriyasi antigenlarining aktivligi past. Antigenning protektiv xususiyatlari mikol kislotasining birikmalari bilan bog’liq.
Immunitet tuberkulyozda nosteril, hujayralidir (T – limfositlar). Uning paydo bo’lishi va saqlanishi uchun hayvon organizmida tirik tuberkulyoz tayoqchalari bo’lib turishi kerak. BSJ vaksina shtammlarining tirik mikobakteriyalari emlagandan keyin hayvon organizmida uzoq vaqt saqlanib, immunitet quvvatini ushlab turadi.
Diagnozi bakteriologik, serologik, allergik tekshirishlardan iborat. Bakterial diagnoz juda muhim ahamiyatga ega. Yakuniy diagnoz xo’jalikda yorishda patanatomik yoki bakteriologik tekshirishning ijobiy natijalariga asosan qo’yiladi. Mikobakteriyalar turini aniqlash infeksiya manbasini topish uchun zarurdir.


2-savol. Tuberkulyozni laboratoriya diagnostikasi.

Bakteriologik tekshirishlar mikroskopiya, kultural va biologik usullarni o’z ichiga oladi. Laboratoriyaga tekshirish uchun nazorat uchun so’yilgan yoki o’lgan hayvondan jigar, taloq, o’pka bo’lakchalari va limfa tugunlari olinadi. Tirik hayvonlardan sut, balg’am, traxeya shilimshig’i yiring va siydik, tezagi olinadi.


Tekshirilayotgan materialda tuberkulyoz mikobakteriyalari ko’p bo’lmasligi mumkin. Namunalarda qo’zg’atuvchi miqdorini ko’paytirish uchun maxsus usullar qo’llaniladi. Patmaterialdan surtmalar tayyorlanib Sil – Nilsen usulida bo’yaladi va mikroskopda ko’riladi.
Mikobakteriya kulturasini ajratish uchun patmaterialni ekishdan oldin ularga Gon yoki Alikayev, Levenshteyn – Sumioshi usullaridan biri bilan ishlov beriladi.
Gon usuli. Patmaterial steril hovonchada yaxshilab eziladi va 1:4 nisbatda 10 – 12 % li sulfat kislotasi bilan aralashtirilib 10 – 15 daqiqa daqiqasiga 3000 aylanma tezlikda sentrafuga qilinadi. Kislotaning ta’sir etish ekspozisiyasi 20 – 30 daqiqadan oshmasligi kerak. Cho’kmadan surtmalar tayyorlanadi, oziq muhitlarga ekiladi. Biosinov uchun cho’kmani 1 – 2 marta steril fiziologik eritma bilan yuvish kerak.
Alikayev usuli. Kam ifloslangan, yangi material bilan ishlaganda qo’llaniladi. Buning uchun patmaterial 0,5 sm3 kattaligida bo’laklanib steril hovonchaga solinadi va ustiga 10 – 8 – 6 % li sulfat kislotasi eritmasini qo’yib 10 - 20 daqiqa turadi. Kislotaning konsentrasiyasi, ekspozisiyasi vaqti, materialning ifloslanish darajasiga bog’liq. Keyin kislotani to’kib tashlab, o’rniga steril fiziologik eritma quyiladi va 8 daqiqadan keyin uni ham to’kib tashlab, material hovonchada fiziologik eritma bilan yaxshilab eziladi. Tayyor suspenziyadan surtmalar tayyorlanadi, 5 – 6 probirka oziqa muhitlarga ekiladi, biosinov qo’yiladi. Kultural tekshirish muddati ikki oy.
Biosinov – 1, 0 ml dozada dengiz cho’chqasi choti terisi ostiga, quyonlarga quloq venasiga, tovuqlarga qanot osti venasiga yuborib zararlanadi. Kuzatish muddati uch oy. Ijobiy natijada o’lgan hayvonni yorganda jigar, taloq va boshqa organlarida tuberkulyozga xos tuberkulalar bo’ladi. Dengiz cho’chqalarini biosinov qo’yishdan avval albatta tuberkulin bilan allergik tekshiriladi. Ijobiy natija berganlari biosinov uchun yaroqsiz hisoblanadi.Biologik tekshirish muddati 3 oy.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish