Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi biotexnologiya mutaxassisligi


Infeksiya manbaini zararsizlantirish bo‘yicha tadbirlar



Download 58,95 Kb.
bet3/19
Sana13.02.2022
Hajmi58,95 Kb.
#446997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Ilmiy seminar mustaqil ish (2)

Infeksiya manbaini zararsizlantirish bo‘yicha tadbirlar.
Yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bemorlar aniqlanganda, bu tadbirlar puxta ishlab chiqilgan sistema asosida o‘tkaziladi, bu bemorni izolatsiya va kasallikni qayd qilishdan boshlanadi. 24 soat ichida Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi (DSENM)ga shoshilinch xabarnoma yuboriladi. Bir vaqtning o‘zida bu haqda telefon orqali xabar beriladi va barcha ma’lumotlar daftarda qayd qilinadi. Bemorni shifoxonaga yotqizish paytidayoq shifoxona ichi infeksiyasining oldini olish maqsadida kasallikning yuqish mexanizmini hisobga olgan holda bemorlarni alohidalashga qat’iy rioya qilish zarur. Infeksiya o‘chog‘ida zudlik bilan epidemiologik tekshiruv o‘tkaziladi va bu asosda infeksiya tarqalishining oldini olish uchun profilaktik tadbirlar bajariladi. Bemorni infeksiya turiga qarab har xil muddatlarga izolatsiya qilinadi.Izolatsiya uchun asosan shifoxondagina yetarli sharoitlar bo‘ladi.Lekin kasallik turi va kechishiga qarab ayrim holatlarda bemorni uyida izolatsiya qilish mumkin. Bunda bemor alohida xonaga joylashtiriladi, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilingan holda parvarish qilinadi va iloji boricha uning ajratmalari dezinfeksiya qilinadi. Bemorga jamoat joylarida bo‘lish, jumladan birlamchi tibbiy muassasalarga borish ham qat’iyan taqiqlanadi. Infeksiyaning keyingi tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bemor atrofidagi va u bilan aloqada bo‘lgan kishilar orasida infeksiya manbaini aniqlash borasida ishlar olib boriladi. Bemor bilan aloqada bo‘lganlar klinik tekshiruvdan o‘tkaziladi va ulardan laboratoriya tahlili uchun materiallar olib tekshiriladi. Bemor yoki infeksiya tashib yuruvchilar bilan real aloqada bo‘lgan kishilar orasida karantin tayinlanadi. Ma’lum yashirin davrga ega bo‘lgan infeksiyalar uchun karantin qat’iy bir muddatga belgilanadi. Boshqa hollarda karantin bakteriologik tekshiruvlar natijasi olingunga qadar o‘tkaziladi (difteriya, dizenteriya). Ayrim kasalliklarning birdan avj olgan epidemiyasi davrida imkon boricha kasallikni oldindan aniqlash va barcha bemorlarni o‘z vaqtida izolatsiya qilish maqsadida uyma-uy aylanib chiqiladi va tekshiruvlar o‘tkaziladi. Bu vrachlar, feldsherlar va tibbiy hamshiralar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda yuqumli kasalliklarga gumon qilingan barcha isitmali bemorlar atrofdagilardan izolatsiya qilinadi va zarurat tug‘ilganda shifoxonaga yotqiziladi. Shuni ham aytish zarurki, bemor shifoxonadan chiqqandan keyin ham infeksiya tashuvchi bo‘lib qolishi mumkin. Shuning uchun yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarni shifoxonadan chiqarishda nafaqat klinik ma’lumotlar, balki epidemiologik ko‘rsatkichlar (laboratoriya tahlillari natijasi) e’tiborga olinishi shart. Ayrim kasalliklarda bemorning shifoxonadan chiqishida bakteriologik tekshiruvlar ikki va uch martadan o‘tkaziladi.


Download 58,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish