Supurgilarni hosil bo‘lishida zararlangan o‘simlikning shoxlarini o‘suv nuqtasidan bir
novdaning o‘rniga bir qancha novdalar rivojlanishi tufayli ular mayda bo‘ladi, buni chetdan
qaraganda supurgilarga o‘xshatiladi.
Mikoplazma qo‘zg‘atadigan kasallikni bu turiga misol qilib tolni supurgi hosil qilish
kasalligini olishimiz mumkin.
Mikoplazmalar qo‘zg‘atadigan o‘simlikning generativ a’zolarining o‘zgarishi turida
zararlagan gullarni rangi yashil tusga kiradi va gul kosa barglar ko‘pincha rivojlanib ketadi.
Kasallikning bu turiga misol qilib pomidorning, bulg‘or qalampirining, baqlajonning stolbur
kasalliklarini va boshqa kasalliklarni olish mumkin.
Mashg‘ulot davomida viruslar va mikoplazmalarga xos bo‘lgan kasallik turlarini o‘zaro
taqqoslab ko‘rib chiqish kerak hamda rasmlarini chizish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |