2. Miselialis tartibi. Bu tartib zamburuglari o‘ralashib ketgan gifalarda, turli xil
sklerotsiyalarda uchraydi. Ushbu tartib zamburuglari ham doglanish, chirish va so‘lish kasalliklarini
keltirib chiqaradi. Bu tartib asosiy ikkita avlodga bo‘linadi: 1. Sklerotium, 2-Rizoktoniya.
1. Sklerotium avlodi zamburuglarning miseliysi yaxshi rivojlangan, odatda oq sklerotsiyalari
mayda dumaloq shaklda bo‘ladi. Bu avlod vakillari chirish kasalligini keltirib chiqaradi.
2-Rizoktoniya avlodi zamburuglarining miseliysi oddiy tuzilgan bo‘lib qizgish yoki
qo‘ngirsimon rangda bo‘ladi. Sklerotsiyalari gifalarda ipsimon bo‘lib rivojlanadi. Bu avlod vakillari
o‘simliklarda chirish va doglanish kasalligini qo‘zgatadi.
Masalan: Rhizoctonia solani - g‘o‘zda ildiz chirishni,
Rhizoctonia aderholdi –karamda qora son kasalligini qo‘zg‘atadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |