Mikroprotsessorli xotira (MPX) — unchalik katta bo‘lmagan, lekin o‘ta tezkor xotiradir (MPX ga murojaat qilish vaqti, ya‘ni bu xotiradan ma‘lumotlarni o‘qish, qidirish yoki yozish vaqti nanosekundlar — mikrosekundning mingdan bir ulushlari bilan o‘lchanadi).
U mashina ishlashining yaqin taktlarida hisoblashlarda qatnashadigan ma‘lumotlarni qisqa vaqt saqlash, yozish yoki berish uchun mo‘ljallangan; MPX mashinaning yuqori tezkorliligini ta‘minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira (AX) tez harakat qiladigan mikroprotsessorni samarali ishlashi uchun kerak bo‘lgan ma‘lumotlarni qidirish, o‘qish va yozish tezligini har doim ham ta‘minlay olmaydi.
Mikroprotsessorli xotira razryadliligi mashina so‘zidan kam bo‘lmagan tez harakat qiladigan registrlardan tashkil topgan.
Mikroprotsessorregistrlari umumiyvazifalivamaxsusregistrlargabo‘linadi.
Maxsus registrlar turli adreslarni (xotira segmentlarining adreslari — Asegm, xotira yacheykalarining segmentlar ichida siljish adreslari — Abaza, Aqayd, Asil buyruqlar va b. ), amallarni bajarilish natijalari va SHKning ish rejimlari belgilarini (masalan, bayroqchalar registri) va b. saqlash uchun ishlatiladi.
Umumiy vazifali registrlar universal hisoblanadi va istalgan ma‘lumotlarni saqlash uchun ishlatilishi mumkin, lekin ularning ba‘zilari bir qator jarayonlarni bajarishda albatga ishlatilgan bo‘lishlari shart.
MPX registrlarining tarkibi va vazifalari to‘g‘risidagi batafsilroq ma‘lumotlarni ishda ko‘rib chiqish mumkin.
peratsion tizimning qo‗shimcha funksiyalari. Berilganlarga ishlov berish. Berilganlar kompyuter xotirasida turli ko‗rinishda saqlanadi. Bular avvaldan kelishilgan holda bo‗ladi. Masalan: dastur saqlanish prinsipi bilan berilganlarni saqlanishi turlicha bo‗ladi, biron bir tekst redaktori yordamida hosil qilingan ma‘lumot boshqa redaktor yordamida hosil qilingan ma‘lumotning ichki ko‗rinishidan farq qiladi. Har bir ma‘lumotning ichki tuzilishi avvaldan tanlab olingan kodlash usuli yordamida hosil qilinadi. Kodlar turlari va kodlash usullari turlicha. Ularni qanday ko‗rinishda tanlab olish va ishlatish bevosita tizim ijodkorlariga bog‗liq. Odatda biron bir kodlash usuli ma‘lum bir tipdagi kompyuter(dasturiy ta‘minot bilan birga) uchun tanlab olinadi va bu tipdagi kompyuter takomillashsa kodlash usulini saqlab qolishga harakat qilinadi. Bundan shunday xulosa qilishimiz mumkinki OS tarkibidagi berilganlarga ishlov beruvchi dastur berilganlar tuzilishini aniqlab dastur, arifmetik konstanta, berilganlar majmuasi(matn) va h.k.z kerakli usulda taxlil qilib ko‗zda tutilgan ishni bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |