Mikelandjelo Buonarotti me’mor sifatida ijod yo’li.
Guruh: 7-20
Bajardi: Sodiqov Alisher
Michelangelo di Lodovico Buonarroti Simoni (6-mart, 1475 – 18-fevral, 1564) — italiyalik haykaltarosh, rassom, arxitektor, shoir. Mikelandjelo haykaltaroshlik , rassomchilik va me’morchilikning ajoyib asarlarini yaratgan, yuksak Uyg’onish davrining eng buyuk ustasi. Mikelandjelo bolaligi Florensiya yaqinidagi kichik toskan Kapreze shaharchasida o’tdi. Yoshlik va o’qish yillarini Flarensiyada o’tqazgan. U Gertsog Loretnso Medichi saroyi qoshidagi san’at maktabida antik san’atning go’zalligini kashf etdi. U Florensiyadagi Santa Kroche cherkovida dafn etilgan. Michelangelo di Lodovico Buonarroti Simoni (6-mart, 1475 – 18-fevral, 1564) — italiyalik haykaltarosh, rassom, arxitektor, shoir. Mikelandjelo haykaltaroshlik , rassomchilik va me’morchilikning ajoyib asarlarini yaratgan, yuksak Uyg’onish davrining eng buyuk ustasi. Mikelandjelo bolaligi Florensiya yaqinidagi kichik toskan Kapreze shaharchasida o’tdi. Yoshlik va o’qish yillarini Flarensiyada o’tqazgan. U Gertsog Loretnso Medichi saroyi qoshidagi san’at maktabida antik san’atning go’zalligini kashf etdi. U Florensiyadagi Santa Kroche cherkovida dafn etilgan.
Michelangelo di Lodovico Buonarroti Simoni
Girlandayo Dominika
Rassom Dominika Girlandayo (1488—96) va haykaltarosh Bertoldo di Jovanni (1489— 90)dan taʼlim olgan. Jotto, Donatello, Mazachcho kabilarning asarlari va qadriyatlari, haykaltaroshlikni oʻrganishi Mikelanjeloning ijodiy kamolotiga muhim taʼsir koʻrsatgan.
Mikelandjeloning dastlabki asarlaridayoq uning ijodiga xos asosiy xususiyatlar — mahobatlilik, obrazlar shaklining qudrati va dramatizmi, inson goʻzalligiga ehtirom koʻzga tashlanadi: "Zinapoya oldida turgan Madonna" va "Kentavrlar" relyeflari (ikkalasi ham marmar, taxminan 1490—92). "Vakx" haykali (1496—97, Rim), "Isoga motam" haykallar guruhi (1498— 1501, Rimdagi Avliyo Pyotr ibodatxonasi)da anʼanaviy gotika tasviriga yangi insonparvarlik mazmunini singdirgan.
Zinapoya oldida turgan Madonna
Kentavrlar jangi
Vakx haykali
Isoga motam haykali
Mikelanjelo 24 yoshida yaratgan. Haykalning beg'ubor tarkibi, hissiyotliligi, insonparvarligi va chuqur ramziyligi uni yuksak Uyg'onish madaniyatining namunasiga aylantirdi.
Vakx haykali mramordan qilngan. U vino Hudosini Vakxani ko’rsatgan.Bu haykal 1497 yilda kardinal Rafaelya Riario tomonidan buyurtma qilingan.
David haykali
Muqaddas oila
1501-yilda Florensiyaga qaytgan Mikelandjelo respublika fuqarolarining jasoratini ifodalovchi "David" haykali (1501—04), "Madonna" (1503), "Muqaddas oila" ("Madonna Doni", 1503—05) kartinalarini yaratdi.
Mikelandjelo 1505-yildan Rim Papasining iltimosiga koʻra, qabr yodgorligi yaratish ustida ishladi, shular jumlasidan: buyuk joʻshqinlik va irodaga ega boʻlgan titan "Moisey" (1515—16, Rimdagi cherkovda) yodgorlikning markaziy boʻlagiga aylangan; "Isyonkor qul" va "Oʻlayotgan qul" (1513—16, Luvr) asarlarida kuchqudratga toʻliq kishanlarni uzayotgan va zanjirdagi oʻlimiga rozi boʻlgan ikki navqiron qarama-qarshi qoʻyiladi. Mikelandjelo yaratgan asarlaridagi obrazlar yorqinligi bilan qimmatlidir.
1505 yil mart oyida Mikelanjelo Yuliy II qabrini muhokama qilish uchun Rimga taklif qilindi. Xuddi shu yili qabrni yaratish bo'yicha shartnoma imzolandi. Dastlab, Yuliy II nomini asrlar davomida abadiylashtirish uchun mo'ljallangan ulug'vor loyiha.
“Moisey”
Balandligi 235 sm
Mikelandjelo o’zini faqat xaykaltarosh deb xisoblardi, ammo bu uning, Uyg’onish davrining haqiqiy o’g’lining,buyuk rassom va me’mor bo’lishiga to’sqinlik qilmadi.Yuksak uyg’onish davri monumental rangtasvirining eng ulug’vor asari 1508-1512 yillarda Mikelandjelo tomonidan yaratilgan Vatikandagi Sikstin kapellasining shift va devorlardagi tasvirlaridir. Rimdagi Sikst kapellasida "Dahshatli sud" freskasini yaratdi.
Sikstin Kapellasining shifti. Mikelandjeloning bu ajoyib tasviriy uning 1508 yil may oyidan beri to’rt yillik uzluksiz mexnatining samarasidir.Usta chinakam jasoratga erishdi. U umumiy maydoni taxminan olti yuz kvadrat metr bo’lgan plafonni hammasiga rasm soldi. Rasmlarda 300 yaqin inson figurlari mavjud. Mikelandjelo yordamchilarsiz, juda og’ir sharoitlarda: yomon yorug’likda, maxsus tayyorlangan taxtasuda chalqancha yotib ishladi.
Mikelandjelo umrining oxirgi yillarida sheʼriyat va meʼmorlik bilan shugʻullandi. 1546-yildan Rimdagi Avliyo Pyotr Sobori, Kapitoliy maydoni ansambli meʼmorligi ustida ishladi, oʻlimidan soʻng uning loyihasi asosida qurib bitkazilgan. "Sheʼrlar" kitobi vafotidan soʻng dastlab 1623-yilda nashr qilingan. Mikelandjelo gʻoyalari insonparvarlik, xalqchillik, realizmning keyingi rivojiga xizmat qildi. Mikelandjelo ijodi manyerizm taraqqiyotini taʼminlovchi omil boʻldi, ulardan farqli oʻlaroq, Mikelandjelo asarlarida insonga muhabbat va uning ulugʻvorligi hamda goʻzalligiga ishonchni saqlab qola oldi va ifoda eta oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |