Mihail Ivanovich Glinka 1804-yili Smolensk viloyati Novaspask qishlog’ida dunyoga keladi



Download 75,5 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi75,5 Kb.
#267944
Bog'liq
Musiqa adabiyoti


1-bilet

1.1)Mihail Ivanovich Glinka 1804-yili Smolensk viloyati Novaspask qishlog’ida dunyoga keladi.1-chi rus operasi Ivan susanin ertak opera Ruslan va Lyudmila,Aragon xota,Madrid kechasi,Komarinskaya,Vals fantaziya,simfonik asarlarini yozadi.U 1857-yili vafot etadi.

2)Nikolay Andreyvich Rimskiy Korsakov 1844-yili Tixvinda tug’iladi.Asarlari Sadko,Riskavityanka operasi,Maysakaya noch,Snegurochka,Oltin xo’roz,O’lmas Kasshey,Shoh Sulton,ertak operalarini yozadi.1908-yili vafot etadi.

3)Aleksandr Sergeyevich Dargamejiski 1813-yili dunyoga keladi.Asarlari Rusalka,Starikapral,Kamenniy gost,Mne grusno,Mnemenulo.U 1869-yili vafot etadi.

2.Madaniy merosimiz qadim zamonlardan ildiz otib kelgan.Bizning cholg’u asboblarimiz arxealoglarni qazilmalariga qaraganda eramizdan avvalgi 1 asrda ham bo’lgan.Bular loydan yasalgan hushtaklar edi.O’rta Osiyoga ko’p bosqinchilar bostirib kelgan;greklar,forslar,mog’ullar,ruslar,o’zlarini cholg’u asboblarini bir xildagi turlarini o’zbeklarga qoldirganlar.Shunday qilib asboblar ko’paya boshlagan.O’zbek va Tojik xalqini cholg’u asboblari va musiqa madaniyati juda o’xshash.Hozirgi davrda musiqa cholg’u asboblarini 4-ta turi bor:1-Urma zarbli:Doira,Nog’ara,Qayroq2-Kamonchali:g’ijjak,qobuz,sato.3-Torli:dutor,rubob,tanbur.4-Puflamali:karnay,sunray,nay,bulamon.

2-bilet

1.Zabardast to’da to’garagi 19-asrning 60-yillari tanqidchi va mashhur kompozitor Bolakirov tomonidan tashkil etiladi.Bu to’garakka Kyuiy,Musogruski,Rimski Korsakov,Dargamejiski va Borodinlar kiradi.Ular o’zlarini Glinkaning merosxo’rlari deb atashadi.Ularni maqsadi rus xalq musiqasini o’z asarlariga kiritib butun dunyoga mashhur qilish edi.

2.Og’zaki an’anadagi ustozona musiqa juda qadimdan paydo bo’lib hozirgi davrgacha yetib kelgan.Bu janrni nota yozuvisiz faqat og’izdan og’ziga ustozdan shogirdga o’tib hozirgi davrgacha yetib kelgan.Bu musiqa juda murakkab bo’lgani uchun faqat ustoz ko’rgan san’atkorlar ijro etishi mumkin.Chunki unda katta kichik avjlari bor,usullarini aytish qiyin.Uni faqat tajribali san’atkorlar ijro etishi mumkin.Bu musiqa janriga ashula katta ashula dostonlar kiradi.

3-bilet

1.Pyotir Ili Chaykoviskiy 1840-yili dunyoga keladi.3-ta simfoniya,1-fortepiano konserti,3-ta kvartet,4-ta opera;Vayevada,Oprichnin undina,Kuznets,bakula baleti,Lebedinaya ozera,yil fasllari to’plami,Yevgenin onegin operasi,Mazepa,Charadika,Pikovaya dama,Iolanta.Baletlar Uyqudagi malika,Shelkunchik larni yozadi.1893-yili vafot etadi.Yil fasllari to’plami 1-Yanvar {U kamelka},2-Fevral {Maselnitsa},3-Mart {Pesnya javorinka},4-Aprel {Podspejniki},5-May {Beli noch},6-Iyun {Barkarola},7-Iyul {Pesnya kosarya},8-Avgust {Jatva},9-Sentabr {Oxota},10-Oktabr{Osenaya pesnya},11-Noyabr {na troyke}12-Dekabr {Svyatki}

2.Maqom og’zaki an’anadagi ustozona musiqani eng cho’qisi hisoblanadi.Maqom asosan sharq mamlakatlarida ijro etiladi.Bu mamlakatlarga Eron Afg’on Hind Uyg’un Arab,O’zbek,Turk Tojik Ozarbayjon qirg’iz qozoq,mamlakatlari kiradi.Maqomni har joyda har xil nomlashadi.Turk va Ozarbayjon – mug’om,Uyg’ur – muqom, qolganlari maqom deyishadi.O’zbek va Tojik maqomlari ‘Shoshmaqom’deyiladi. Shoshmaqom 6ta maqom degani,Buxoro-Samarqand vohasida ijro etiladi. Shoshmaqom 18 asrdan keyin paydo bo’ladi.Undan oldingi davrda maqom 12 maqomdan iborat bo’lgan. Shoshmaqom 6 maqomdan iborat bo’lib nomlari;1-Buzruk,2-Rost,3-Navo,4-Dugoh,5-Segoh,6-Iroq.Kuy qismi-mushkilot.Vokal qismi-nasr.Mushkilot qismi-Tasnif tarje gardun muxammasi soqi.Nasr qismi-Saraxbor,Talqin,Nasr,Savt,Mo’g’ulcha,Nasr mushkilot har bir qismi yani shobaga bo’linadi.

4-bilet


1.1)Lyudik van Bethoven mashhur nemis kompazitori bo’lib u 1770-yili Bonn shahrida dunyoga keladi.Asarlari Potetik,Lunnaya sonata,Gerayik simfoniyasi,Egmond uverturiyasi,Kariyolan,Apposinota,Keretsorova sonata,Fidelya operasini yozadi.Umrini oxirida Yiroqdagi yorimga pyesasini yozadi.1827-yili vafot etadi.

2)Volfgan Amadey Motsart Avstriya kompozitori bo’lib 1756-yili Zalsburgda dunyoga keladi.Asarlari Donjuan,Sehrli nay,Figaro to’yi operasi,50dan ortiq simfoniya 19dan ortiq opera sanatalar,kvartet-kvintetlar va umrini oxirida Rekviyen ni yozadi.U 1797-yili vafot etadi.

3)Gaydn mashxur kom-r bo’lib Motsart va Shubertni zamondoshi edi.U 100 dan ortiq simfoniya,70ta kvartet,52-ta sonata,,30-ta opera yozgan.U 1732-yili Rorau shaharchasida tug’ilgan.Otasi musiqani juda sevar edi.Gaydnni ovozi qo’ng’iroqday qobilyatli ham yaxshi edi.Uni cherkov g’origa berishadi.Katta bo’lgan sari ovozi xiralasha boshlaydi.U xordan ketin Venaga boradi va dars bera boshlaydi.Asarlar yoza boshlaydi.1809-yili vafot etadi.

2.Muxtor Ashrafiy,Mutal Burxonov,Sulaymon Yudakov,R.Glier,V.Uspenskiy.

1)Atoqli sovet kom-ri xalq artisti,professor Muxtor Ashrafiy kom-r,dirijor,pedagog,jamoat arbobi sifatida katta hissa qo’shdi.1912-yili 11-iyunda Buxoroda musiqachilar oilasida tug’iladi.1chi musiqa darsini otasi beradi.Keyinchalik sharq musiqa maktabiga o’qishga kirib shoshmaqom sirlarini qunt bilan o’rganib dutor chalishni o’rganadi.1928-yil Samarqand musiqa xoreografiya institutiga kiradi.Uni bitirib Toshkent musiqa teatri dirijyori va badiiy rahbar etib tayinlanadi.1932-yili “Qurilish simfoniyasi”,”Ichkarida” musiqali dramasini yozadi.U Maskva konservatoriyasiga o’qishga kiradi.1939-yili ustozi Vaselonka bilan birga “Bo’ron”operasini yozadi.1941-yili “Ulug’ kanal” operasi yaratishadi.1958-yili “Dilorom”,1962-yili ”shoir qalbi”operalari,1970-yili “Sevgi tumori”,”Muhabbat va qilich”,”Matonat”baletini yaratgan.1975-yili vafot etadi.

2)Mutal Burxonov.Bu mashhur o’zbek kom-ri 1916-yili 5-mayda Buxoroda dunyoga keladi.Qobilyatini ko’rgan ota onasi uni SHarq musiqa maktabiga o’qishga berishadi.U bu maktabda Tanbur chalishni mukammal o’rganib oladi.O’qishni tugatgach,raqs va san’at institutiga o’qishga kiradi.Uni bitirgach u Tishkentga kelib musiqa texnikumiga o’qishga kiradi va Hamza teatrida ishlay boshlaydi.30-yillari Maskvaga borib opera studyasida o’qiy boshlaydi 1-yildan so’ng konservatoriyaga o’qishga kiradi.Lekin uni Toshkentga filarmoniya tashkil qilish uchun chaqirib olishadi.U yana Maskva konservatoriyasiga qaytib o’qishni davom ettirayotganda urish boshlanadi va u urishga jo’nab ketadi.O’qish davrida “Ey bulbul”ramansini ,”Buti nozaninam”qo’shig’ini yozadi.Urushda u yarador bo’lib qaytib keladi va “Ishqida”romansini va Alisher Navoiy spektakliga musiqa yozadi.Urush tugagach u konservatoriyani tugatadi.1947-yili O’zbekistonning 1chi madhiyasini yozib beradi.50-yillarga kelib u akopella janriga asos soladi.Uning “Yorlarim” Xor va Orkestr uchun yozilgan akopellasi bor va shu yillari juda ko’p kino filmlarga musiqalar yozadi.”Boy ila xizmatchi”,”Ibn Sino”,”Maftuningman”,”Ikki dil dostoni”.U 70-yillari A.Navoiy qasidasini yozadi.Juda ko’p musiqali spektakllarga musiqalar yozadi.Mustaqillik davrida u 2chi o’zbek madhiyasini yozib beradi.Uning oxirgi “Abadiy xotira” rekviyemeni yozadi.2002-yili vafot etadi

3)Sulaymon Yudakov.Bu mashhur o’zbek kom-ri 1916-yili Qo’qonda dunyoga keladi.Lekin tezda yetim qolib,bollalar uyida tarbiyalangan.Uni qobilyatini sezib qolgan dirketor unga musiqa o’qituvchisi yo’llab o’qitgan.U bolalar uyini bitirgach Moskva konservatoriya qoshidagi texnikumga fleyta bo’limiga o\qishga kiradi.O’qishni bitirgach konservatoriyaga kompazitorlik bo’limiga o’qishga kiradi.O’qib yurgan davridayoq u qo’shiq va romanslar yoza boshlaydi.Lekin birdaniga o’qish boshlanib u Vataniga qaytib keladi.U “Do’stlar olg’a “,”Jonga jon qonga qon”, qo’shiqlarini yozadi.Yana urush davrida u fortepiano uchun pyesalar va “Farzand”musiqali dramasini yozadi.50-yillari u juda ko’p kinofilmlarga musiqalar yozadi va simfonik asarlari “Mirzacho’l”,”Yoshlar”,poemasi va “Festival” uvertyurasini yozadi 60-yillari u 1chi o’zbek komedik opera “Maysaraning ishi”ni yozadi.U umrini oxiriga yaqin eng mashxur qo’shiqlaridan “Dugonalar”,”Mehnat shodligi” va “Basandas”,”Bulbul”romanslarini yozadi.1990-yili vafot etadi.

4)Glier.Bu mashhur rus va o’zbek kom-ri 1875-yili Kiyev shahrida dunyoga keladi.1chi musiqa bilimini otasidan olgan.11yoshida skripka chalishni o’rganib,14 yoshida asarlar yozgan.U Kiyev musiqa bilim yurtida o’qiy boshlaydi.O’qishni tugatgach Moskva konservatoriyasiga o’qishga kiradi.Uning 1chi asari uni diploma ishi bo’lib “Yer va osmon”operasidir.2ci opera “shohsanam”operasi bo’lib sharqona yozilgan operadir.3ci operasi “Rashshey”4ci operasi”Layli va Majnun”5ci operasi “Gulsara” dir.Uni yana 6ta baleti bor.”Xirizis” ”Kleopatro” ”Qizil lola” ”Kastilya qizi” ”Mis chavandoz” ”Taras bulba”.Uni yana simfonik asarlari ham bor.”Bayramona uvertyura” va “Farg’ona bayrami”.1930-yillari u o’zbk musiqasini rivojlantirish uchun juda ko’p kompazitorga ustozlik qiladi.Musiqa merosimizni notaga tushiradi va o’z asarlariga kiritadi.1956-yili u vafot etadi.

5)Uspenskiy- 1879-yili Kaluga shahrida tug’iladi.U kompozitor etnograf pedagog,musiqa jamoat arbobi sanatshunoslik doktori.O’rta osiyo xalqlarining etnofafik konsertlarini uyushtirgan.U “Farhod va Shirin” musiqali dramasi “Muqanna” simfonik syutasi,Turkmancha “Kopruchiyo”,”O’zbekcha poema” rapsadiya “Lirik poema”kabi simfonik asarlari mualifi.Bularda Uspenskiy o’zbek turkman,Xalqlari folkloriga tayangan.U bir necha o’zbek xalq qo’shiq va kuylarni qayta ishlagan.Uspenskiy.1949-yili vafot etadi.

5-bilet


1.Sonata (italyancha lat sonare-yangramoq)-kamer cholg’u musiqasining asosiy janrlaridan 3 qismli turkum asar.3 qismli mumtoz sonataning 1 va 3 qismi tez,2ci qismi vazmin,suratlidir.1-qismi (Sonata allegrosi)2-qismi ekspoditsya 3-qismi repriza.Sonata atamasi 16 asrdan ma’lum bo’lib avvalboshda kontatadan farqli o’loroq har qanday cholg’u pyesa ham sonata deyilgan.17asr boshlarida sonataning 2 ko’rinishi (cherkov sonatasi va kamer sonata)shaklanadi.O’zbekistonda ilk sonatalarni 1940-50-yillarida I.Akramov,Nazarov,Mushel kabi kompazitorlar yaratishgan.Simfoniya 4 qismli>Ko’proq simfoniyalar orkestr uchun yozilgan.Unchakatta bo’lmagan simfoniyalar simfonettalar deyiladi va 4 qismga bo’linadi.1.Sonata allegrosi (tez temp).2.Andente (sekin shoshilmay ijro etiladi).3Minuet (raqisimon).4-Final (tugash qismi).

2. Bastakorlar og’zaki an’anadagi ustozona musiqani namoyondalaridir.Chunki ular nota yozuvisiz og’izdan og’izga o’tkazgan san’atkorlardir. Bastakorlar 2ovozli kuylarni yozishlari mumkin.Xatto o’zlari ijro ham etishadi.Lekin ko’p ovozli kuylarni asarlarni yoza olishmaydi.Ular agar katta asar yozishmoqchi bo’lsalar kompazitorlar bilan hamkorlikda opera,simfoniya,kontata yozishlari mumkin.Xalqimizning eng mashhur bastakorlari:T.Jalilov,Y.Rajabiy,Rashid Xamrayev,Fahriddin Sodiqov,Muhammadjon Mirzayev,G’anijon Toshmatovlar musiqa merosimzni saqlab hozirgi davrgacha olib kelishga katta hissa qo’shgan.Kompazitorlar esa Yevropa musiqasida bilim olgan,musiqa maktablarida,bilim yurtida va konservatoriyada o’qigan san’atkorlardir.Ular ijodida ko’p ovozli asarlarni bemalol yoza olishadi.Chunki ular polifoniya,garmoniya farqiga borishadi.

6-bilet

1.1)Friderik Shopen 1810-yili tug’iladi.U Fortepiano uchun 2 ta konsert,Do minor etyudi,Mi major Naktyurnlar,Fa minor Naktyurni.24ta preludiya.Lya minor,do major mazurkasi.Polonezlarni yozadi.1849-yili vafot etadi.

2)Frans Shubert 1797-yili tug’iladi.Qo’shiqlari Margarita garx oldida,O’rmon shoxi,Tugatilmagan simfoniya,Chiroyli tegirmonchi qo’shiqlar to’plamini yozadi.U ko’plab sonata simfoniya,kvartet va kvintet,trio,massa,opera va qo’shiqlar yozadi.Forel qo’shiq to’plamini yozadi.Umrini oxirida Qishki yo’lni yozadi.1828-yili vafot etadi.

2. Har bir maqomni o’zi musiqa kuy qismiga va vocal qismiga bo’linadi.Kuy qismi-mushkilot.Vokal qismi-nasr.Mushkilot qismi-5ga bo’linadi:Tasnif,tarje,gardun,muxammasi,soqi.Nasr qismi 5ga bo’linadi-Saraxbor,Talqin,Nasr,Savt,Mo’g’ulcha,Nasr mushkilot har bir qismi yani shobaga bo’linadi.

7-bilet

1.Bax polifoniya asoschsidir.Chunki Baxdan oldin hech kim bunchalik polifonik asarlarni ko’p yozmagan.Polifoniya ko’p ovozli degani.Polifoniyada asosan imitatsiya qo’llaniladi.Imitatsiya degani-taqlid qilish degani.Baxning Do major invensiyasida 1chi ovozni 2chi ovoz taqlid qiladi.Ko’pincha bu taqlidni kanon deb ham atashadi.

2.1)Muxtor Ashrafiy 1912-yili Buxoroda dunyoga keladi.1chi o’zbek operasi Bo’ron,Ulug’ kanal,Dilorom,Shoir qalbi operalarini yozadi.Sevgi tumori,Muhabbat va qilich,Matonat,baletini yozadi.1975-yili vafot etadi.

2) 1)Atoqli sovet kom-ri xalq artisti,professor Muxtor Ashrafiy kom-r,dirijor,pedagog,jamoat arbobi sifatida katta hissa qo’shdi.1912-yili 11-iyunda Buxoroda musiqachilar oilasida tug’iladi.1chi musiqa darsini otasi beradi.Keyinchalik sharq musiqa maktabiga o’qishga kirib shoshmaqom sirlarini qunt bilan o’rganib dutor chalishni o’rganadi.1928-yil Samarqand musiqa xoreografiya institutiga kiradi.Uni bitirib Toshkent musiqa teatri dirijyori va badiiy rahbar etib tayinlanadi.1932-yili “Qurilish simfoniyasi”,”Ichkarida” musiqali dramasini yozadi.U Maskva konservatoriyasiga o’qishga kiradi.1939-yili ustozi Vaselonka bilan birga “Bo’ron”operasini yozadi.1941-yili “Ulug’ kanal” operasi yaratishadi.1958-yili “Dilorom”,1962-yili ”shoir qalbi”operalari,1970-yili “Sevgi tumori”,”Muhabbat va qilich”,”Matonat”baletini yaratgan.1975-yili vafot etadi.

2)Mutal Burxonov.Bu mashhur o’zbek kom-ri 1916-yili 5-mayda Buxoroda dunyoga keladi.Qobilyatini ko’rgan ota onasi uni SHarq musiqa maktabiga o’qishga berishadi.U bu maktabda Tanbur chalishni mukammal o’rganib oladi.O’qishni tugatgach,raqs va san’at institutiga o’qishga kiradi.Uni bitirgach u Tishkentga kelib musiqa texnikumiga o’qishga kiradi va Hamza teatrida ishlay boshlaydi.30-yillari Maskvaga borib opera studyasida o’qiy boshlaydi 1-yildan so’ng konservatoriyaga o’qishga kiradi.Lekin uni Toshkentga filarmoniya tashkil qilish uchun chaqirib olishadi.U yana Maskva konservatoriyasiga qaytib o’qishni davom ettirayotganda urish boshlanadi va u urishga jo’nab ketadi.O’qish davrida “Ey bulbul”ramansini ,”Buti nozaninam”qo’shig’ini yozadi.Urushda u yarador bo’lib qaytib keladi va “Ishqida”romansini va Alisher Navoiy spektakliga musiqa yozadi.Urush tugagach u konservatoriyani tugatadi.1947-yili O’zbekistonning 1chi madhiyasini yozib beradi.50-yillarga kelib u akopella janriga asos soladi.Uning “Yorlarim” Xor va Orkestr uchun yozilgan akopellasi bor va shu yillari juda ko’p kino filmlarga musiqalar yozadi.”Boy ila xizmatchi”,”Ibn Sino”,”Maftuningman”,”Ikki dil dostoni”.U 70-yillari A.Navoiy qasidasini yozadi.Juda ko’p musiqali spektakllarga musiqalar yozadi.Mustaqillik davrida u 2chi o’zbek madhiyasini yozib beradi.Uning oxirgi “Abadiy xotira” rekviyemeni yozadi.2002-yili vafot etadi

3)Sulaymon Yudakov.Bu mashhur o’zbek kom-ri 1916-yili Qo’qonda dunyoga keladi.Lekin tezda yetim qolib,bollalar uyida tarbiyalangan.Uni qobilyatini sezib qolgan dirketor unga musiqa o’qituvchisi yo’llab o’qitgan.U bolalar uyini bitirgach Moskva konservatoriya qoshidagi texnikumga fleyta bo’limiga o\qishga kiradi.O’qishni bitirgach konservatoriyaga kompazitorlik bo’limiga o’qishga kiradi.O’qib yurgan davridayoq u qo’shiq va romanslar yoza boshlaydi.Lekin birdaniga o’qish boshlanib u Vataniga qaytib keladi.U “Do’stlar olg’a “,”Jonga jon qonga qon”, qo’shiqlarini yozadi.Yana urush davrida u fortepiano uchun pyesalar va “Farzand”musiqali dramasini yozadi.50-yillari u juda ko’p kinofilmlarga musiqalar yozadi va simfonik asarlari “Mirzacho’l”,”Yoshlar”,poemasi va “Festival” uvertyurasini yozadi 60-yillari u 1chi o’zbek komedik opera “Maysaraning ishi”ni yozadi.U umrini oxiriga yaqin eng mashxur qo’shiqlaridan “Dugonalar”,”Mehnat shodligi” va “Basandas”,”Bulbul”romanslarini yozadi.1990-yili vafot etadi.

4)Glier.Bu mashhur rus va o’zbek kom-ri 1875-yili Kiyev shahrida dunyoga keladi.1chi musiqa bilimini otasidan olgan.11yoshida skripka chalishni o’rganib,14 yoshida asarlar yozgan.U Kiyev musiqa bilim yurtida o’qiy boshlaydi.O’qishni tugatgach Moskva konservatoriyasiga o’qishga kiradi.Uning 1chi asari uni diploma ishi bo’lib “Yer va osmon”operasidir.2ci opera “shohsanam”operasi bo’lib sharqona yozilgan operadir.3ci operasi “Rashshey”4ci operasi”Layli va Majnun”5ci operasi “Gulsara” dir.Uni yana 6ta baleti bor.”Xirizis” ”Kleopatro” ”Qizil lola” ”Kastilya qizi” ”Mis chavandoz” ”Taras bulba”.Uni yana simfonik asarlari ham bor.”Bayramona uvertyura” va “Farg’ona bayrami”.1930-yillari u o’zbk musiqasini rivojlantirish uchun juda ko’p kompazitorga ustozlik qiladi.Musiqa merosimizni notaga tushiradi va o’z asarlariga kiritadi.1956-yili u vafot etadi.

5)Uspenskiy- 1879-yili Kaluga shahrida tug’iladi.U kompozitor etnograf pedagog,musiqa jamoat arbobi sanatshunoslik doktori.O’rta osiyo xalqlarining etnofafik konsertlarini uyushtirgan.U “Farhod va Shirin” musiqali dramasi “Muqanna” simfonik syutasi,Turkmancha “Kopruchiyo”,”O’zbekcha poema” rapsadiya “Lirik poema”kabi simfonik asarlari mualifi.Bularda Uspenskiy o’zbek turkman,Xalqlari folkloriga tayangan.U bir necha o’zbek xalq qo’shiq va kuylarni qayta ishlagan.Uspenskiy.1949-yili vafot etadi.


8-bilet


1. 1)Orkestr so’zi grekcha Orxestor so’zidan olingan bo’lib cholg’u sozlarini gurpalab chalinishiga aytiladi.Orkestr turlari simfonik torli sozlar milliy sozlar puflab chaluvchi sozlar Estrada simfonik,jaz orkestrlariga bo’linadi.O’zbek cholg’u sozlari Orkestri 1938-yili tashkil topgan. Orkestrni tashkil etishda juda ko’p sozlarni sozlari to’g’ri kelmasi shuning uchun mashhur sanatkor Zafarov va Xaratovlar cholg’ularni qayta sozlashgan va yangi cholg’u sozlari oilasi paydo bo’lgan.Cholg’u sozlari Orkestrida 5ta gurux bor.1-Torli sozlar,2-Puflab chaluvchi,3-Kamonchali,4-Jarangtorli,5-Urma zarbli.

2)Yozef Gaydn 1chi bo’lib si0fonik orkestrni guruhga bo’ladi.U o’zini Orkestrni 4 guruhga bo’ladi.

1-guruh.Torli asboblar.Ularga skripka alt,vylanchel va kantrabas

2-guruh.Yog’ochdan yasalgan puflovchi asbob.Ularga fleyta,gaboy,klarnet

3-guruh.Misdan yasalgan puflab chaluvchi asboblar.Ularga truba va valtorna kiradi

4-guruh.Urma zarbli asboblar Litavra lar kiradi.

2. Orkestr so’zi grekcha Orxestor so’zidan olinib bir qancha sozandalarni har xil cholg’u asboblarida ijro etishidir.Orkestrlar simfonik,torli,puflab chaluvchi,xalq cholg’u asboblar Estrada va hokozo.Xalq cholg’u asboblari orkestri faqat milliy cholg’u asboblaridan tashkil topishi kerak.20-30-yillarda ommaviy asboblarni kolleksiv ansambllar paydo bo’la boshlagan.Milliy cholg’u asboblarni qayta ishlash uchun mashhur bastakorlar.Sh.Shoyimatov M.Xarratov,U.Zuparov kiradilar.30-yillari O’zbekistonda musiqa madaniyati rivojlanishiga sabab bo’ladi.1936-yili konservatoriya ochiladi.Shu yili o’zbek cholg’u asboblar orkestri tashkil etildi.Shu vaqtdan boshlab xalq cholg’u asboblari oilasi 5taga bo’linadi.1-Kamonchali:g’ijjak qobuz sato.2-Urma zarbli:nog’ara doira.3-Torli:dutor rubob tanbur.4-Puflab chaluvchi:nay qo’shnay bulamon.5-Jarangli:Qonun Chang.

9-bilet


1.1)Sergey Prokofyev 1891-yili tug’iladi.Klasik simfoniyasi Romeo va Julyeta baleti.Aleksandr Nevskiy kinosiga musiqa.Simyon Kotko operasi.Bolalar uchun qoshiq,ertaklar yozadi.Zolushka baleti.7-simfoniyasini yozadi.1953-yili vafot etadi.

2)Dmitriy Shastakovich 1906-yili Peterburgda tug’iladi.11 yoshida Ozodlik gimni,Saldat poema sini.Studentlik davrida 1-simfoniyasini.Katirina iz Mayrova operasi,24ta prelyudiya,8ta simfoniya,operetta,skripka uchun konsertlar.oratoriya yozadi.1975-yili vafot etadi.



3)Aram Ilich Xachaturyan 1903-yili tug’iladi.Skripka va Fortepiano uchun raqs hamda Fortepiano uchun Poema yaratadi.Baxt baleti,Gayane baleti,Spartak baleti.Ko’plab filmlarga qo’shiq va kuylar yozadi.1978-yili vafot etadi.

2.Xalq ommaviy musiqa janri falklyorni bir yo’nalishi.Xalq ommaviy muysiqa janri xalq ichida tezda tarqaladigan esda qoladigan kuy va qo’shiqqa aytiladi.Bularga:Terma,Lapar,Alla,Yalla,Qoshiqlar kiradi.Ommaviy musiqa 3ta yo’nalishga bo’linadi.1-mavsum marosim,2-mehnat,3-kunda aytiladigan.Alla-onaga bolani bor mehr muhabbati bilan his tuyg’usi bilan ijro etgan qo’shig’i.U juda orombaxsh,mayin,yoqimli,lirik bo’ladi.Alla bola ruhiyatini tinchlantirishga yordam beradi.Lapar-ikkita honandani bir biriga hazil aytishuv tarzida ijro etiladigan qo’shiq.Ko’pincha Xorazm vohasida ko’p uchraydi.Omon yor,Olmacha anoringdan,Hililla yorlar kiradi.Yalla-ko’pchilik sozandalar,honandalar,raqqosalar ijrosida ijro etiladi.Asosan ansambl jo’rligida ijro etiladi.Qo’shiq-qo’shiqlar kompazitorlar tomonidan kuplet formada yoziladi.
Download 75,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish