Microsoft Word yonilgi mahsulot zapasorg doc



Download 4,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/153
Sana31.12.2021
Hajmi4,17 Mb.
#213437
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   153
Bog'liq
neft mahsulotlarining fizik va kimyoviy tahlili

 
Nazorat  savollari 
1.  Gazsimon  yonilg‘ilarning  avtomobillarda  ishlatishida 
afzalliklari va kamchiliklari nimalardan iborat? 
2.  Siqilgan gaz nima, uning tarkibi, xossalari qanday? 
3.  Suyultirilgan gazlarning tarkibi va xossalari qanday? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
115 
 
 
 
5- BO‘LIM. 
AVTOMOBILLARDA  ISHLAТILADIGAN   
MOYLASH   MAТERIALLARI 
 
  
 
Dvigatel  detallarining  ishqalanib  ishlashi  ularning  yeylishiga 
va  qizishiga  olib  keladi.  Shuning  uchun  dvigatelning  ishqala-
nuvchi  detal  yuzalariga  uzluksiz  ravishda  moy  yuborib  turish 
zarur. Bu vazifani dvigatellarda moylash tizimi bajaradi. Mashina 
va  mexanizmlarda  o‘zaro  ishqalanadigan  juftlarni  moylash  uchun 
moylash materiallaridan foydalaniladi. 
Moylash  tizimi  dvigatel  ishlayotganda  uning  ishqalanuvchi 
yuzalariga    kerakli  miqdorda  moy  yetkazib  beradi,  natijada 
ishqalanuvchi  yuzalar  qisman  soviydi,  yeylishi  kamayadi  va 
detallarning  yeyilishishiga sababchi moyga  yopishgan zarrachalar 
moy bilan birga karter tubiga tushadi va bu moy keyin filtrlanadi. 
Zamonaviy  avtomobil  dvigatellarida  asosan  kombinatsiyalashgan 
moylash  tizimi  qo‘llaniladi.  Bunday  moylash  tizimida  zo‘riqib 
ishlaydigan  detal  yuzalariga  moy  bosim  ostida  majburiy 
yuboriladi. Qolgan  ishqalanuvchi  yuzalarga  sachratish  va  tomchi 
usuli bilan yuboriladi.  
Moylash  materiallarining  asosiy  vazifasi  ishqalanishni 
kamaytirish  va  yeyilish  tezligini  sekinlatish,  qizigan  detallarni 
qisman  sovitish,  ishqalanish  natijasida  hosil  bo‘lgan  qirindilarni 
yuvish  va  detallarni  korroziyadan  saqlashdan  iborat.  Ishqalanish 
deb,  bir  jismning  ikkinchi  jism  sirti  bo‘ylab  surilishiga  bo‘lgan 
qarshilikka aytiladi.  
Moylash  materiallari  tashqi  korinishiga  qarab  suyuq  moylar 
va plastik moylarga bo‘linadi. Moylash materiallarning har ikkala 
turi ham mineral va organik bo‘lishi mumkin. Mineral moylarning 
asosiy qismi(90% dan ortig‘i) neftni qayta ishlab olinadi. O‘simlik 


 
116 
va  hayvonot  mahsulotlaridan  olinadigan  moylar  organik  moylar 
deyiladi.  Organik  moylar  sof  holda  kam  ishlatiladi,  ular  yuqori 
sifatli plastik moylar tayyorlashda ishlatiladi. 
Efir  va  spirt  asosida  olinadigan  sun’iy  moylar  eng  istiqbolli 
hisoblanadi.  Sun’iy  moylarining  ekspluatatsion  xossalari  neft 
moylariga  qaraganda  yaxshiroqdir.  Sun’iy  moylar  xususiyatini 
kompozitsion  qo‘shilmani  qo‘shish  bilan  oshirish  mumkin. 
Kremniy  organik  birikmalar  yaxshi  xossalarga  ega:  ularning 
molekulalari  uglevodorodlarnikiga  o‘xshash,  lekin  uglerod  atomi 
o‘rnini  kremniy  atomi  egallagan.  Ftor  va  xlor  asosida  ham 
moylash materiallari yaratilyapti. 
Ishlatilish  sharoitiga  qarab  moylash  materiallari  quyidagi 
turlarga bo‘linadi: 
-  Motor moylari – IYOD da ishlatiladi; 
-  Transmission  moylar  –  avtomobil  va  traktor  transmis-
siyasida ishlatiladi; 
-  Industrial moylar – stanoklar uchun ishlatiladi; 
-  Kompressor  moylari  –  asbob  va  uskunalarni  moylash 
uchun ishlatiladi. 
 Тurli  sharoitlarda  ishlaydigan  mashina    va  mexanizmlar 
uchun  har  xil  moylar  ishlatilishiga  qaramasdan,  barcha  moylash 
materiallariga umumiy talablar qo‘yiladi: 
-  har  qanday  moy  ishqalanuvchi  sirtlarning  turli  rejimlarida 
ishonchli  ishlashini  ta’minlovchi  qovushqoqlikka  hamda  ishqala-
nuvchi  qismlarning  yeyilishini  sekinlatish  uchun  yaxshi  moylash 
xossalari ega bo‘lishi lozim; 
- barcha moylash materiallari sirtlarni korrozion yemirilish va 
zanglashda saqlashlari kerak; 
-  moylar  oksidlanmasligi,  yuqori  haroratli  qirindilar  hosil 
bo‘lishiga to‘sqinlik qilishi zarur
-  qishda  manfiy  haroratda  dvigatelning  oson  yurgizib  yu-
borilishini  va  ishqalanuvchi  sirtlarga  moy  tez  yetib  borishini 
ta’minlashi zarur; 


 
117 
-  yuqori  haroratda  puxta  moy  pardasining  hosil  bo‘lishini 
ta’minlash lozim. 
 

Download 4,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish