Kreking
–
neftning yirik molekulali uglevodorodlarini oson
qaynaydigan maydaroq molekulali uglevodorodlarga parchalash-
dan iboratdir. Uglevodorodlarning 2
–
7 MPa bosim ostida va
yuqori haroratda (470°C÷540°C) parchalashga termik kreking
deyiladi. Uglevodorodlarning yuqori haroratda (450°C ÷ 500°C)
va past bosim (0,06÷0,14 MPa) ostida va katalizator yordamida
parchalanishiga katalitik kreking deyiladi.
Termik krekinglash jarayoni 3 xil bo‘ladi:
1. Yuqori bosim (20÷70 atm.) ostida termokrekinglash.
Bu usulda 470÷540°C da nisbatan yengil fraksiyalar
(ligroin)ni qayta ishlab, avtomobil benzinini olish uchun ishla-
tiladi.
22
2. Neft qoldiqlarini past bosimda termokrekinglash (kokslash,
ya’ni struktura o‘zgarishi bilan boradigan haydash jarayoni). Bu
jarayonda neft qoldiqlaridagi asfaltsmola moddalari qattiq holdagi
mahsulot koksda yig‘iladi. Shu bilan birga vodorodga boy bo‘lgan
gazoyl, benzin va gaz hosil bo‘ladi.
3. Suyuq va gaz shaklidagi neft xomashyolarini piroliz qilish.
Bu jarayon termokrekingning qattiq rejimda, olib borilishi bo‘lib,
har xil xomashyodan foydalanish mumkin. Bunda harorat
700÷900°C, bosim esa atmosfera bosimiga yaqin bo‘ladi. Bu
ko‘rsatilgan jarayonlar reaksiya zonasida yuqori haroratni (450°C
÷1200°C gacha) qo‘llash bilan xarakterlanadi. Yuqori harorat
ta’sirida neft xomashyosi parchalanadi (kreking), hosil bo‘lgan
uglevodorod molekulalari zichlashadi.
Тermik kreking benzin tarkibida to‘yinmagan uglevodorodlar
borligi bilan to‘g‘ri haydalgan benzindan farq qiladi hamda oktan
soni 30–40% (68÷70)ga yuqoriroq bo‘ladi, lekin bu benzinni uzoq
vaqt saqlab bo‘lmaydi, chunki vaqt o‘tishi bilan undagi
to‘yinmagan uglevodorodlar oksidlanib smolalar hosil qiladi.
Katalitik kreking jarayonining asosiy vazifasi yuqori sifatli
(oktan soni yuqori bo‘lgan) benzin olishdir. Katalizatorlar sifatida
alyumosilikatlar ishlatiladi. Harorat rejimi (470÷540°C) termokre-
kingnikiga o‘xshash bo‘lib, lekin reaksiya tezligi yuqori va
olinadigan benzin sifati ham ancha yuqori bo‘ladi.
Kreking usulida neftdan benzin fraksiyalarining ajratib
olinishi 50–60% ni tashkil etadi. Katalitik kreking 450–590°C
haroratda va 0,1–0,2 MPa bosimida katalizatorlar (alyumino-
silikatlar va boshqa moddalar) ishtirokida o‘tkaziladi. Bunda
xomashyoni kreking qurilmasidan bir marta o‘tkazishda 40–50%
benzin, 30–40% dizel yonilg‘isi va 10–15% gaz fraksiyalari
olinadi.
Katalitik kreking texnologiyasi termik krekingga nisbatan
takomillashgan bo‘lib, bunda hosil bo‘lgan to‘yinmagan
uglevodorodlarning bir qismi to‘yingan ko‘rinishga o‘tadi. Shu
sababli, bu usulda olingan benzin sifati yuqori bo‘ladi. Тermik
23
kreking usulida olingan benzinlarni saqlashda turg‘unlik xusu-
siyatini yo‘qotadi va detonatsiyaga chidamliligi pasayadi (15-rasm).
1.5-rasm. Katalitik kreking sxemasi:
1
–
pech; 2
–
bug‘latgich; 3
–
katalizatorli bunker; 4
–
radiator; 5
–
regenerator;
6
–
rektifikatsiya kolonnasi; 7
–
gazoseparator.
Katalitik kreking yordamida og‘ir neft mahsulotlaridan gazo-
yildan tortib mazutgacha 8–15% miqdorida benzin olish mumkin:
С
2n
Н
4n+2
C
n
Н
2n+2
+ С
n
Н
2n
Masalan,
C
16
H
34
C
8
H
18
+ C
8
H
16
geksadekan oktan okten
Katalitik krekingda yuqori sifatli (oktan soni motor usulida
72÷82) benzin olish imkoniyatini beradi. Katalitik krekingda
parchalanish reaksiyalari bilan birga izomerlanish reaksiyalari,
ya’ni normal tuzilgan zanjirli uglevodorodlarning tarmoqlangan
uglevodorodlarga aylanishi ham kamroq hosil bo‘ladi. Shu
afzalliklari uchun hozirgi vaqtda asosan katalitik krekingdan
foydalaniladi.
24
Benzin sifatini yaxshilash uchun reforming usulidan foyda-
laniladi. Bu jarayon ham 2 xil yo‘nalishda bo‘ladi:
- termik reforming;
- katalitik reforming.
Тermik reformingda vodorod ishtirokida (480
0
C÷520
0
C haro-
ratda va 3MPa bosim ostida) to‘yinmagan uglevodorodlar
to‘yingan holga o‘tishi bilan benzin sifati yaxshilanadi.
Katalitik reforming natijasida naften va parafin uglevo-
dorodlar aromatik uglevodorodlarga aylantirilib, benzin tarkibi-
dagi aromatik uglevodorodlar miqdori ortadi. Mahsulot sifatida
yuqori oktanli, ya’ni aromatik uglevodorodlari ko‘paygan benzin
olinadi. Katalitik reformingda katalizator sifatida platinadan foy-
dalaniladi. Jarayon 480°C ÷540°C da va 2÷4MPa bosim ostida alu-
moplatinali katalizatorlar (platforming) ishtirokida olib boriladi.
Bundan tashqari, uglevodorodlarni – katalitik izomerlash
(aromatizatsiyalash) ham yuqori oktanli benzin olish imkonini
beradi. Benzin tarkibidagi yengil normal parafin uglevodorodlarni
(
N
-pentan,
N
-geksan) izomerlab oktan soni oshiriladi va yuqori
oktanli benzinga komponent sifatida qo‘shiladi. Reformingdagi
kabi bu jarayon ham alyumoplatina katalizatorlari ishtirokida olib
boriladi.
Uglevodorodlarni aromatizatsiyalash ham yuqori oktanli
benzin olish imkonini beradi. Bunda to‘yinmagan uglevodorodlar
yoki sikloparafinlar aromatik uglevodorodlarga aylanadi.
Masalan: geptan va siklogeksanning benzolga aylanishi:
25
Do'stlaringiz bilan baham: |