Microsoft Word yonilgi mahsulot zapasorg doc


Benzinlarning oktan sonini oshirish usullari



Download 4,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/172
Sana16.01.2022
Hajmi4,17 Mb.
#372843
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   172
Bog'liq
neft mahsulotlarining fizik va kimyoviy tahlili

 
 2.7. Benzinlarning oktan sonini oshirish usullari 
 
Oktan sonini ikki xil yo‘l bilan oshirish mumkin: 
1) Prisadkalar – ya’ni tarkibdagi uglevodorodlarni o‘zgartirish 
yoki  yuqori  oktan  sonli  uglevodorod  qo‘shish  yo‘li  bilan 
(izoparafinlar, aromatik uglevodorodlar). 
2) Antidetonatorlar – detonatsiyaga qarshi birikmalar qo‘shish 
yo‘li bilan.   
Hozirgi  zamon  avtomobillari  dvigatellarida  ishlatiladigan  va 
oktan  soni  katta  bo‘lgan  benzinlar  kreking  va  katalitik  reforming 
yo‘li  bilan  olingan  benzinlarga  oktan  soni  katta  bo‘lgan 
qo‘shimchalarni va etilli suyuqlikni aralashtirib olinadi.  
Hozirgi  kunda  antidetonatorlar  sifatida  qo‘rg‘oshin  asosida, 
efirlar  asosida,  marganesli  birikmalar  asosida  va  temir  moddasi 
asosida  ishlab  chiqarilgan  birikmalar  ishlatilmoqda.  Benzinga 
tetraetilqo‘rg‘oshin  o‘rniga  izopentan  va  alkilbenzin  (tabiiy 
gazdan olinadi) qo‘shgan ma’qul, lekin izopentan 28°C da qaynay 
boshlaydi,  shu  sababli  uning  benzindagi  miqdori  15–20%  dan 
oshirilmaydi.  Alkilbenzin  qaynash  harorati  jihatidan  avtomobil 
benzinlariga  yaqin  bo‘lganligidan  uning  miqdorini  cheklamasa 
ham bo‘lardi, biroq u ancha qimmat turadi. 
Qo‘rg‘oshin  asosida  tayyorlangan  benzinlar  etillangan  deb 
aytiladi.  Tetraetilqo‘rqoshin  (TEQ)  Pb  (C
2
H
5
)
4
    quyuq,  rangsiz
 
zaharli  suyuqlik  bo‘lib,  zichligi  1659  kg/m
3
,  qaynash  harorati 
200°C, neft mahsulotlarida oson eriydi, suvda erimaydi.   
Tetraetilqo‘rqoshin  (TEQ)ni  toza  holda  ishlatib  bo‘lmaydi, 
sababi u yonish kamerasida bir joyda to‘planib qoladi. Shu sababli  


 
68 
benzinga TEQni  qo‘rg‘oshin tashuvchi modda bilan aralashtirilib 
etilli suyuqlik  tayyorlanadi.  Tashuvchi modda sifatida etil bromid 
(brometan)  aralashmasidan  foydalaniladi.  Ular  benzin  bilan 
yonganda  uchuvchan  moddalar  hosil  qilib,  bu  moddalar  chiqindi 
gazlar  bilan  dvigateldan  chiqib  ketadi.  Etil  suyuqligi  qo‘shilgan 
benzin  etillangan  deyiladi  va  bunday  benzin  ranglanadi:  AI-80 
sariq, AI-93 qizg‘ish, Ai-98  ko‘k. 
Benzinga  0,1%  qo‘shilgan  etilli  suyuqlik  birikmasi  oktan 
sonini  10  birlikka  oshiradi.  Aviatsiya  benziniga  bu  birikmadan 
0,3%  qo‘shiladi.  Biroq,  ular  juda  zaharli  bo‘lganligi  tufayli, 
bunday  antidetonatorli benzinning  ishlatilishini  cheklashni taqozo 
etadi. 1kg benzinga TEQni 0,52 g dan oshirmaslik kerak. 
Tetraetilqo‘rg‘oshinli  antidetonatorlarining  ish  mexanizmi 
quyidagicha yoziladi: 
 
Рb(С
2
Н
5
)
 4
  

 Рb + 4С
2
Н
5

 Рb+О
2
 

 РbО

R-CH
2
-OOH+PbO
2

COОH +Pb + H
2
O +1/2 О

 
(yuqori haroratda boradi). 
Etillangan  benzin avtomobil dvigateliga  va ekologiyaga katta 
zarar  yetkazadi.  Qo‘rg‘oshin  birikmalari  inson  organizmida 
to‘qimalarni,  nerv  tizimini,  oshqozon-ichak  traktini  ishdan 
chiqishiga    hamda  modda  almashinish  jarayonining  buzilishiga 
olib  keladi.  Qo‘rg‘oshin  birikmalari  kanserogen  moddalar  kabi 
organizmdan chiqib ketmay, xavfli konsentratsiyaga aylanadi. 
Tetraetilqo‘rg‘oshin odamni zaharlashi bilan birga, dvigatelga 
ham  zararli    ta’sir  ko‘rsatadi.  Yonilg‘i  yonganda  tetraetil 
qo‘rg‘oshin  parchalanadi  va  oksidlanishi  natijasida  qo‘shimcha 
mahsulotlar: (С
2
Н
5
)
2
 Рb(OH)
2
; (С
2
Н
5
)
2
 Рb(OR)
2
; (С
2
Н
5
)РbOROH;
 
РbО hosil bo‘ladi. Bu moddalar dvigatelda to‘planib borib, qurum 
va  lok  moddalarining  hosil  bo‘lishiga  olib  keladi.  Etillangan 
benzin  qurumining  60–70%  ini  qo‘rg‘oshin  birikmalari  tashkil 
etadi  va  detallarni  bunday  qurumdan  tozalash  juda  qiyin.  Qurum 
bosishi  natijasida  yonish  kamerasining  hajmi  kichrayishi,  termoi-


 
69 
zolatsiya  xossalari  va  yonish  mahsullarining  harorati  ortishi  talab 
qilinadigan  oktan  sonining  5–8  birlikka  ortishiga  sabab  bo‘lishi 
mumkin.  Buning  ustiga,  qo‘rg‘oshin  o‘t  oldirish  svechalari 
elektrodlariga ham tarqalib, ularning o‘rtacha yo‘l bosish resursini 
80  ming  km  dan  25–35  ming  km  ga  kamaytiradi  (shuning  uchun 
ham  o‘t  oldirish  svechalarining  o‘rtacha  resursi  40  ming  km  ga 
yaqin,  ularni  bundan  kamroq  yo‘l  bosilgandan  keyin  almashtirish 
tavsiya  etiladi).  Hozirgi  kunda  tetraetilqo‘rg‘oshin  (ТEQ)ning 
o‘rnini  bosadigan  suyuqlik  topish  ustida  ilmiy  ishlar  olib  boril-
moqda.  Etillanmagan  benzinga  o‘tishni  benzin  ishlab  chiqarish 
texnologiyasini  o‘zgartirish  hamda  zaharsiz  antidetonatorli 
qo‘shilmalar qo‘shish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin.  
Marganes  asosli  birikmalar  ancha  samaradorlidir.  Masalan, 
siklopen  tadieniltrikarbonil  MnC
2
H
5
  (qisqacha  -  SТM)  yoki 
trikarbonil  (2,3,2-siklopentadienil)  marganes  Mn(CO)
3
(C
2
Н
5
), 
dimer  karbonil  (2,3,2-siklopentadienil)  nikel  [Ni(CO)  (  C
2
Н
5
)]
2

ferrotsen  Fe(C
2
Н
5
)
2
  ning  istiqboli  porloqdir.  Bu  moddalarning 
zaharli  ta’siri  tetraetilqo‘rg‘oshinnikiga  nisbatan  50  baravar 
kamroq  ekan.  Garchi  uning  tannarxi  yuqori  bo‘lsada,  SТMli 
benzin  etillangan  benzindan  arzonga  tushadi.  Lekin  ular 
dvigatelning  ishlash  muddatini  pasaytiradi.  Shunindek,  yoqori 
oktanli metil-tret butil efiri (MTBE) ham samaradorli hisoblanadi. 
Uning fizik-kimyoviy xossasi benzin xossasiga yaqin bo‘lib, 10% 
qo‘shilganda oknan sonini 5–6 birlikka oshiradi. 
Shunday  qilib,  yuqori  sifatli,  etilsiz  markali  yonilg‘i  olish 
uchun  uning  tarkibiy  qismlari  qatoriga  yangi  va  murakkab 
texnologik jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan benzin kiritilishi  va 
yonilg‘iga alkilbenzin bilan izopentan qo‘shib tayyorlanadi. 
 

Download 4,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish