Gippoid uzatmalar.
Ob-havo sharoitiga qarab, transmission moylarning yozgi,
qishki, shimoliy va barcha mavsumbop navlari ishlab chiqariladi.
Тraktor va avtomobillar transmissiyalari uchun yozda 100°C dagi
qovushqoqligi 14–20 sSТ, qishda esa 10–14 sSТ bo‘lgan moylar
ishlatiladi.
Тransmission moylarning ko‘pi distillyat(ya’ni, haydash yo‘li
bilan olingan) va oltingugurtli neft moylari qoldig‘ining(shuning
uchun noxush oltingugurt hidi keladi) aralashmasidan tayyor-
lanadi. Moylash xususiyatini yaxshilash uchun moy tarkibida
asfalt-smola moddasidan oz miqdorda qoldiriladi (bunday moylar
qora bo‘ladi).
Moy tarkibida oltingugurtning bo‘lishi yedirilishni kamayti-
radi, biroq bundan tashqari, moyga tirnalishga qarshi va
antifriksion (ishqalanishni kamaytiruvchi) qo‘shilmalar qo‘shiladi,
ular motor moylariga qo‘shiladigan qo‘shilmalardan farq qiladi.
Bu maqsadda oltingugurtli, fosforli va azotli birikmalar, qo‘r-
g‘oshin, rux, aluminiy, molibdenli metallorganik birikmalar,
hayvonot va o‘simlik yog‘lari, yog‘li kislotalar, ularning efirlari,
smolali va neftli kislotalar va hokazolar qo‘llaniladi. Тransmission
moy tarkibida yedirilishga yoki tirnalishga qarshi va depressator
164
qo‘shilmalar, ba’zilarida esa, bundan tashqari, ko‘pirishga qarshi
(ТCп-14,5 va ТCп-10) va oksidlanishga qarshi (ТCп-14 гип)
qo‘shilmalar bo‘ladi.
Avtomobillar uchun ishlatiladigan transmission moylar
markasi ТA harfi bilan boshlanadi.
ТАД-17и - «D» harfi moy tarkibida faqat qoldiq moy emas,
distillat (mazutni haydab olinadi) moyi ham borligini bildiradi.
«И» harfi - moyga yeyilishga qarshilik ko‘rsatish va ko‘pirishga
qarshi xossalarini ta’minlovchi kompleks qo‘shilmalar borligini
bildiradi.
Тап-15В. «ап» harfi - moy tarkibida qo‘shilmalar borligini
bildiradi. «В» harfi - oldin ishlab chiqilgan Тап-15 moyiga
qaraganda tarkibi yaxshiroq ekanligini bildiradi.
Hozirgi kunda eng yaxshi transmission moy ТАД-17и dir.
Undan hamma transmission agregatlarida, shu jumladan, rul
mexanizmida ham foydalanish mumkin.
Bu moy yedirilishga qarshi sifatlari bilan birga antikorrozion
va antioksidlanish xossalariga ham ega, u suvga chidamli. U
payvandlanish yuklamasiga chidamliligi bo‘yicha gippoidli
moydan keyin tursa hamki, hozirgi ishlab chiqarilayotgan
avtomobillarning transmissiyasida ТАД-17и dan foydalanish
mumkin, chunki hozirgi vaqtda bosh uzatmaning shesternyasi
fosfatlangan bo‘ladi. Orqa ko‘prikning fosfatlangan shesternya-
lariga ma’lum muddat ishlagandan so‘ng, ya’ni 10–12 ming km
yurgandan keyin ТАД-17и ni qo‘llash mumkin.
ТАД-17и ni boshqa transmission moylardan oson ajratish
mumkin, u tiniq yangi asalga o‘xshab oltin rangda bo‘ladi. Bu
rang agregatning qanchalik yedirilayotganini baholashga imkon
beradi. Yedirilish mahsulotlari bilan ifloslanganda moy kul rang
tusda bo‘ladi va tiniqligini yo‘qotadi, demak moyni almashtirish
lozim bo‘ladi.
165
6.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |