Microsoft Word yonilgi mahsulot zapasorg doc



Download 4,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/172
Sana16.01.2022
Hajmi4,17 Mb.
#372843
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   172
Bog'liq
neft mahsulotlarining fizik va kimyoviy tahlili

havoning  ortiqlik koeffitsiyenti
 deyiladi.  
1  kg  benzinni  to‘liq  yonishi  uchun  nazariy  jihatdan  me’yoriy 
atmosfera  bosimi  va  20

C  haroratda  15  kg  (12,5  m
3
)  havo  kerak 
bo‘ladi.  Bunday  nazariy  to‘g‘ri  tarkibdagi  aralashma  (

1,0) 
me’yoriy  deyiladi.  Amalda  nazariy  aralashmada  benzin  to‘liq 
yonmaydi.  
To‘liq  yonishni  ta’minlash  uchun  1  kg  benzinga  17–18  kg 
havo  kerak  bo‘ladi.  1  kg  uglerod  yonishi  uchun  2,67  kg 
kislorod  va  1kg  vodorod  yonishi  uchun  8kg  kislorod  kerak 
bo‘ladi.  Lekin,  aralashmadagi  ortiqcha  havo,  benzinni  to‘liq 
yonishini ko‘paytirish (orttirish) bilan  birga  yonish  tezligining 
pasayishiga  bu  esa,  o‘z  navbatida  dvigatel  quvvatini  ka-
mayishiga olib keladi. 
Yonilg‘i  molekulalari  havoda  bir  tekis  taqsimlanganda,  ya’ni 
yonuvchi  aralashma  bir  jinsli  bo‘lganda  aralashma  hosil  bo‘lish 
jarayoni eng to‘liq  va muntazam bo‘ladi.  Тarkibiy qismlar o‘zaro 
molekular  natijasida  aralashadi.  Aralashtirilayotgan  tarkibiy 
qismlar hajmlarining nisbati birga qancha  yaqin bo‘lsa, aralashma 
hosil qilish jarayoni shuncha oson kechadi.  
Aralashmaning  yonish tezligini oshirish uchun  aralashmadagi 
havo  miqdorini  kamaytirish  lozim.  Eng  katta  yonish  tezligi  1  kg 
benzinga  taxminan  13  kg  havo  to‘g‘ri  kelganda  sodir  bo‘ladi.  Bu 
nisbatdagi aralashma dvigateldan katta quvvat olishni ta’minlaydi, 
lekin  benzinning  yonishi  to‘liq  bo‘lmaganligi  sababli  yonilg‘i 
tejamkorligi yomonlashadi. 
Shunday qilib,  yonuvchi aralashmadagi havo  miqdori nazariy 
miqdorga  nisbatan  ko‘payib  ketsa  (

1,0),  bunday  aralashma 
kambag‘al;  kamayib  ketsa  (

1,0),  ya’ni  havo    yetishmaganda 
boy aralashma deyiladi. 
Хaddan  tashqari  boy  yoki  kambag‘al  yonuvchi  aralashma 
alangalanmaydi. Havoning benzinga nisbati eng kam va eng ko‘p 
bo‘lganda  aralashmani  elektr  uchqunidan  yonish  mumkinligi 


 
59 
(imkoniyati)  aralashmaning  alangalanish  chegarasi  deyiladi.  Boy 
aralashmani  alangalanish  chegarasi  (

=0.45

0.5)  -yuqori, 
kambag‘al  aralashmani  alangalanish  chegarasi  (

=1.35

1.40)  esa 
past  deyiladi.  Bosim  va  haroratni  ko‘tarilishi  bilan  bu  chegaralar 
bir oz kattalashadi. 
Yonilg‘i bug‘larining havo bilan har qanday aralashmasi ham 
dvigatelda  alangalanib  yonavermaydi.  Aralashmaning  yuqori  va 
past  alangalanish  chegaralari  bo‘ladi.  Aralashmaning  yuqori 
chegarasiga havoda yonilg‘i bug‘lari ko‘payib ketadi va aralashma 
bundan    ham  quyuqlashib    ketganda  u  alangalanmaydigan  bo‘lib 
qoladi.  Alangalanishning  past  chegarasida  havoda  yonilg‘i 
bug‘lari  yetarli  bo‘lmaydi,  agar  endi  aralashma  bundan  ham 
suyuqlashsa, u yonmaydigan bo‘lib qoladi.  
Dvigatelning  suyuq  aralashmada  ham,  quyuq  aralashmada 
ham  ishlash  rejimi  foydali  emas.  Birinchi  holda  yonuvchi 
aralashma ko‘p miqdorda inert azot va ortiqcha kislorod vositasida 
suyuladi,  yonish  tezligi  va  harorati  past  bo‘ladi,  dvigatel  kerakli 
quvvatni  hosil  qilolmaydi.  Ikkinchi  holda  kislorod  yetarli 
bo‘lmaydi,  yonilg‘ining  chala  yonish  maxsullari  paydo  bo‘ladi, 
qurum  ko‘payadi,  dvigatel  tutaydi,  yonilg‘i  sarfi  ortadi,  quvvati 
kamayadi.  
Barcha  tipdagi  dvigatellarning  hamma  ish  rejimlarida  yonil-
g‘ining  to‘liq  yonishi  uchun  havoning    ortiqlik  koeffitsiyenti 
mumkin  qadar  kichik  bo‘lishiga  erishish  zarur.  Quyida  turli 
dvigatellarda  yonilg‘i  yonishi  uchun  kerak  bo‘ladigan  ortiqcha 
havo koeffitsiyentining taxminiy qiymatlari keltirilgan:
  
Yo n i l g‘ i     t u r l a r i 
Benzin (benzinli dvigatellar uchun)            
            0,09
–1,15 
Dizel yonilg‘isi (tezyurar dizellar uchun)            
1,20–1,60 
Motor yonilg‘isi (sekinyurar dizellar uchun)      
1,50–1,70 
Gazsimon (siqilgan,suyultirilgan gazlar)           
1,05–1,15 
 
Yonish  issiqligi  deb,  yonilg‘ining  massa  birligi  –  1kg  suyuq 
yonilg‘i  yoki  1  m
3
  gazsimon  yonilg‘i  to‘la  yonganda  ajralib 


 
60 
chiqadigan  issiqlik  miqdoriga  aytiladi.  Хalqaro  birliklar  tizimi 
(SI)ga ko‘ra barcha energiya miqdori joulda (J) o‘lchanadi. Joul -1 
nyuton(N)  kuchni  1m  yo‘lda  bajargan  ishi.  Joul  uncha  katta 
bo‘lmagani  uchun  ko‘pincha  jouldan  1000  marta  katta  bo‘lgan 
kilojouldan(kJ) foydalaniladi.  
Тurli  markadagi  suyuq  yonilg‘ilar  (dizel  yonilg‘isi,  benzin) 
to‘la  yonganda  deyarli  bir  xil  miqdorda  issiqlik  ajraladi.  Uning 
foydali(yoki  past)  yonish  issiqligi 
Q
past
=10200

10500  kkal/kg
 
yoki  4250

43800  kJ/kg  ga  teng.  Dvigatelga  yonilg‘i  emas,  balki 
yonilg‘i  va  havodan  iborat  yonuvchi  aralashma  keladi.  Yonuvchi 
aralashmada  havo  kam  bo‘lsa  issiqlik  ortadi,  yonish  uchun 
ko‘proq havo berilganda esa kamayadi.  
 
2.3-jadval  
 

Download 4,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish