Microsoft Word yonilgi mahsulot zapasorg doc


Injektorli ta’minlash tizimining sxemasi



Download 4,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/172
Sana16.01.2022
Hajmi4,17 Mb.
#372843
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   172
Bog'liq
neft mahsulotlarining fizik va kimyoviy tahlili

Injektorli ta’minlash tizimining sxemasi: 
1–yonilg‘i baki; 2–elektrli yonilg‘i nasosi; 3–yonilg‘i filtri; 4–taqsimlash 
quvuri; 5–bosim rostlagichi; 6–elektron boshqarish bloki; 7–purkovchi 
forsunka; 8–yurgazib yuborish forsunkasi; 9–salt ishlashni rostlash vinti;  
10–drosel zaslonkasi datchigi; 11–drossel zaslonkasi;  
12–havo sarfini aniqlagich. 


 
56 
Benzin  purkash  usuli  bilan  aralashma  hosil  qilishni  qo‘llash 
karburatsiyalashga  qaraganda  yonilg‘i  uzatishda  bosimlarning 
kattaroq  farqidan  foydalanish  tufayli  yonilg‘ining  to‘zitilish 
mayinligi va bir jinsliligini oshiradi, agar forsunkalar bevosita har 
bir  silindrning  kiritish  klapani  yonida  joylashgan  bo‘lsa, 
aralashmaning  silindrlarga  taqsimlanishini  yaxshilaydi.  Yonilg‘i 
purkalganda  kiritish  kanali  devorlarida  suyuq  pardaning  yuzaga 
kelmasligi uni qizdirishni taqozo  etmaydi, bu  esa kiritishda  yangi 
zaryad  zichligini  oshiradi,  silindrning  to‘lishini  yaxshilaydi. 
Silindrdagi  aralashma  haroratining  pastroqligi,  yonilg‘ini  aniq 
dozalanishi  yonilg‘ining  oktan  sonini  oshirmagan  holda  siqish 
darajasini  kattalashtirishga  imkon  beradi.  Buning  natijasida 
dvigatelning  quvvatini  oshirish,  yonilg‘i  tejamkorligini  yaxshi-
lashga imkoniyat yaratadi. 
Purkalgan  yonilg‘i  tomchilari  diametri  10

15  mkm  doirasida  
bo‘lsa, u holda benzinni havo bilan aralashishi molekular darajada 
sodir  bo‘ladi.  Bunday  aralashmani  dvigatelning  barcha  ish 
rejimlarida  silindrlarga  uzatilayotgan  (ya’ni  purkalanayotgan) 
miqdorini  juda  katta  aniqlik  bilan  ulushlash  mumkin.  Bu  esa  o‘z 
navbatida  ichki  yonuv  dvigatellarining  tejamkorligini  oshirish,  
quvvatini oshirish, chiqindi gazlardagi zaharli moddalar miqdorini 
kamaytirish imkonini beradi.  
Zamonaviy  IYODlarda  aralashma  hosil  bo‘lishi  juda  qisqa 
vaqt  0,0005...0,04  s  oralig‘ida  amalga  oshadi.  Yonish  jarayonida 
yonilg‘ining  oksidlanish  reaksiyalarining  rivojlanishi  yonilg‘i  va 
havo  kislorodi  molekulalarining  bevosita  bir-biriga  tegishi 
natijasida  yuz  beradi.  Yonilg‘i  molekulalari  havoda  bir  tekis 
taqsimlanganda,  ya’ni  yonuvchi  aralashma  bir  jinsli  bo‘lganda 
aralashma  hosil  bo‘lish  jarayoni  eng  to‘liq  va  muntazam  bo‘ladi. 
Aralashtirilayotgan  tarkibiy  qismlar  hajmlarining  nisbati  birga 
qancha yaqin bo‘lsa, aralashma hosil qilish jarayoni shuncha oson 
kechadi. 
Har qanday yonilg‘i yonishi natijasida karbonat angidrid CO
2
:    
C  +  O
2
  =  CO
2
;  suv  bug‘lari  H
2
O:    2H
2
  +  O
2
  =  2H
2
O;  va 


 
57 
oltingugurt  oksidi  SO
2
  (agar  yonilg‘ida  oltingugurt  bo‘lsa):
                        
S+ O
2
 = SO
2
   hosil bo‘ladi.
 
Lekin  bular  hosil  bo‘lguniga  qadar  yonilg‘ida  ancha  o‘zga-
rishlar  bo‘ladi,  chunonchi  uning  molekulalaridagi  bog‘lanishlar 
uziladi, atomlarning holati o‘zgaradi, har xil bug‘ va gazlar ajralib 
chiqadi.  Bu bug‘ va gazlar kislorod bilan birikkanda alanga hosil 
qiladi.  Yonilg‘i  qoldig‘i  alangasiz  yonib  tugaydi.  Yonish  
jarayonida  gazlarning  harorati  1500–2400°C  ga  yetadi.  Silindr-
larga 60...80%  yonilg‘i bug‘ ko‘rinishda, 10...15%  yonilg‘i suyuq 
tomchilar  tarzida    va  25%  gacha  yonilg‘i  suyuq  parda  ko‘rishida 
keladi. 
Agar  yonilg‘i  gazsimon  yoki  bug‘simon  holida  bo‘lsa,  u 
yonganida  eng  yuqori  tezlikda  oksidlanadi,  chunki  bu  holatda 
molekulalar  harakatchan,  yonilg‘i  bilan  havoni  o‘zaro  ta’siri  eng 
katta  bo‘ladi.  Yonilg‘ining  bug‘lanishi  sirtda  sodir  bo‘ladigan 
jarayon  bo‘lib,  uning  tezligi  suyuqlikning  xossalari  bilan  belgi-
lanadi  hamda  suyuqlik  harorati  ko‘tarilishi  va  bosimi  pasayishi 
bilan ortib boradi. 
Yonilg‘ining yonishida beriladigan havoning miqdori katta rol 
o‘ynaydi.  Agar  u  yetarli  bo‘lmasa,  yonilg‘i  sekin  yonadi,  harorat 
past  bo‘ladi,  chala  yonish  mahsulotlari,  ya’ni  uglerod  (II)-oksidi, 
qurum va boshqalar hosil bo‘ladi. Ish bajargan gazlar to‘q rangda, 
ba’zan qora rangda chiqadi.  
Havo  miqdorini  keragidan  oshirib  yuborish  ham  yaramaydi. 
Havo  tarkibidagi  kislorod  hajm  bo‘yicha  faqat  21%  ni  tashkil 
qiladi, qolganlarini esa inert gaz  va azot N
2
 tashkil etadi. Demak, 
ko‘p  havo  berilsa,  issiqlikning  anchagina  qismi  azot  va  ortiqcha 
kislorodni  isitishga  sarflanadi,  bunda  harorat  pasayadi,  yonish 
tezligi kamayadi, yonilg‘i ortiqcha sarf bo‘ladi. 
Har xil  yonilg‘ilarni to‘liq  yonishi har xil nazariy miqdordagi 
havo miqdorini talab qiladi. Yonuvchi aralashmaning tarkibi havo 
ortiqlik  koeffitsiyenti  (

)  bilan  baholanadi.  Yonish  jarayonida 
ishtirok  etayotgan  haqiqiy  havo  miqdorining  (L)  yonilg‘ini  to‘la 


 
58 
yonishi  uchun  zarur  bo‘ladigan  nazariy    havo  miqdoriga  (Lo) 
nisbati 

Download 4,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish