Microsoft Word yonilgi mahsulot zapasorg doc


Тransmission  moylarining asosiy xossalari



Download 4,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/172
Sana16.01.2022
Hajmi4,17 Mb.
#372843
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   172
Bog'liq
neft mahsulotlarining fizik va kimyoviy tahlili

6.3. Тransmission  moylarining asosiy xossalari 
 
Тransmission moyining suyuq ishqalanishini ishonchli ta’min-
lay  olish  xususiyatini  xarakterlovchi  muhim  xossalaridan  biri 
kinematik  qovushqoqlik
dir.  
Тishli uzatmalarda suyuqlikli ishqalanishni hosil qilish, ularni 
sovitish, zichlikni ta’minlash, oson harakatlanishi qovushqoqlikka 
bog‘liq  bo‘ladi.  Harorat  pasayganda  moyning  qovushqoqligi 
ortishi sababli ishqalanish tufayli isroflar va moyning ko‘chishiga 
qarshiliklarni  yengishga  sarflanadigan  isroflar  ortadi,  shuning 
uchun  uning  qiymati  tishli  uzatmalarni    uzoq  muddat  ishlaganda 
ham past haroratlarda sovuq holatda ishga tushirganda ham suyuq 
ishqalanishi ta’minlaydigan darajada optimal bo‘lishi kerak.  
Moy qatlamining mustahkamligi ishqalanuvchi juftlarning ish 
sharoitiga (harorat, bosim, sirtlarning o‘zaro harakatlanish tezligi-
ga) qarab tanlanadigan moyning qovushqoqligi bilan belgilanadi.  
Qovushqoqligi  qancha  yuqori  bo‘lsa,  moy  pardasining 
ishonchliligi  shuncha  yuqori  bo‘ladi.  Lekin  qovushqoqlik  ortishi 
bilan  moy  qatlamlarini  harakatga  keltirish  uchun  kuch  ko‘proq 
sarflanadi,  ichki  ishqalanish  koeffitsiyenti  ortadi,  quvvat  esa 
kamayadi.  Shuning  uchun  moylar  yuqori  haroratda  tishli  uzatma-
larni oson yurgizib yuborishni ta’minlaydigan qovushqoqlikka ega 
bo‘lishi  kerak.  Moylar  tarkibidagi  parafin  uglevodorodlar  kam 
qovushqoqlik  xossasiga,  aromatik  uglevodorodlar  esa  yuqori 
qovushqoqlik xossasiga ega. 
Тransmission  moylarning  qovushqoqlik-harorat  xossalari 
yuqori, qotish harorati kerakli darajada bo‘lishi (manfiy haroratda 
transmissiya  agregatining  ish  rejimiga  tez  o‘tishini  va 
ishqalanuvchi  juftlarning  ishonchli  moylanishini  ta’minlashi), 
harorat  ta’sirida  hamda  vaqt  o‘tishi  bilan  xossalarini  kam 
o‘zgartirishi,  tarkibda  abraziv  mexanik  aralashmalar  va  suv, 
shuningdek,  korroziyalovchi  aktiv  birikmalar  bo‘lmasligi  (detal-
larning  mexanik  va  kimyoviy  yeyilishini  kamaytirishi),  nihoyat, 
rezina zichlamalarini yemirmasligi lozim. 


 
160 
Bu  talablardan  eng  muhimi  tirnalishga  va  yeyilishga  qarshi 
xossalar  hisoblanadi.  Bu  xossalarni  yaxshilash  uchun  moylarga 
qo‘shilmalar  qo‘shiladi.  Bug‘lanish  harorati  yuqori  bo‘lganda, 
qo‘shilmalarning  faol  elementlari  ishqalanuvchi  sirtlarda  asosiy 
metallga  qaraganda  plastikroq  va  yeyilishga  chidamliroq  pardalar 
hosil qiladi. 
Тransmission  moylarning  qovushqoqligining  chegaraviy 
qiymatlari quyidagicha belgilangan: quyi chegara 5, yuqori chega-
rasi 50000sSt. 
Quyi  chegara  ishqalanuvchi  juftlarning  ko‘tarib  turish 
xususiyatinigina  emas,  balki  zichlagichning  ishlash  xususiyati 
bilan  ham  belgilanadi:  juda  suyuq  moy  manjet  zichlagichdan  tez 
sizib o‘tib ketadi. 
Yuqori  chegara  avtomobilni  joyidan  moy  qizimagan  holda 
qo‘zg‘atish  mumkinligi  va  birinchi  uzatmada  10  km
/
soat  tezlik 
bilan  yurgizish  mumkinligi  bilan  belgilanadi.  Boshqacha  aytgan-
da,  agar  moyning  qovushqoqligi  ko‘rsatilgan  qiymatdan  yuqori 
bo‘lmasa,  joyidan  qo‘zg‘alishda  hech  qanday  muammo  bo‘lmay-
di.  Baribir  moyning  quyi  harorat  chegarasi  qovushqoqlikning 
yuqori  chegarasiga  emas,  balki  sovigan  moyning  mustahkamlik 
chegarasiga bog‘liqdir (6.1-rasm). 
 
 
 
6.1-rasm.
 

Download 4,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish