www.ziyouz.com
kutubxonasi
200
[324]
Kalsedon
- qadim zamonda Bosfor bo‘g‘ozining sharqiy qirg‘og‘idagi shahar. U yerda bo‘lib
o‘tgan umumjahon kengashi milodiy 451 yili monofizitizm (Isoda insoniy va ilohiy ibtidoning o‘zaro
qo‘shilib ketishini ta'kidlovchi ta'limot)ni yeres, ya'ni zindiqa, ya'nikim, xudosizlik deb e'lon qilgan.
-
Tarj.
[325]
Kategoriya
[nem. kategorie < yunon. kat
ē
goria]
- ro‘y berayotgan voqea-hodisalarning eng
umumiy xususiyatlari va aloqasini inglatuvchi ilmiy tushuncha.
- Tarj.
[326]
Ushbu oyat xususida Baydaviyning nestorianlar, yakobinchilar va melkitlar o‘rtasidagi
isoshunoslikka oid qarashlarni bir-bir sanab o‘tgan izohi «uni (Isoni - tarj.) oddiygina qilib Allohning
quli va payg‘ambari» deb hisoblovchi monoteistlar (muvahhiddinlar)ning qarashiga zid kelib qoladi.
('Abdallah al-Baydawi,
Anwar al-tanzil wa-asrar al-ta'wil
, Istanbul, 1329AH, 406.)
[327]
Muslim, Imom, 81. Isoshunoslikka oid munozaralarda xristianlikning tahqirlanishi din
amaliyotida uchrab turadigan holdir, ammo uni hadis mo‘‘tadillashtiradi. Hadisda Rasululloh
musulmonlar o‘rtasidagi bo‘linib ketishni bashorat qiladi va qoralaydi: «Yahudiylar 71 yoki 72
mazhabga bo‘linib ketishdi, xristianlar ham shunday qilishdi. Mening ummatlarim esa 73 mazhabga
bo‘linib ketadi». (Termiziy, «Imom», 18)
[328]
Bukhari, Ahadith al-anbiya', 48.
[329]
Masalan, Buxoriyning «Fada'il ul-Qur'on" kitobining 3-bobida Huzayfa xalifa Usmon Qur'on
matnining butunligini saqlab qolganini, aks holda uning boshiga ham yahudiylar va xristianlarning
muqaddas bitiklari kuni tushishi mumkin bo‘lganini aytadi.
[330]
Islom Iso payg‘ambarning hayoti va zimmasiga yuklatilgan vazifasiga oid ebionitlarning (Isoga
ergashgan dastlabki zohidlar mazhabi vakillari -
Tarj.)
talqinlarini tan oladi. Ulardan ayrimlari tarixiy
xarakterga ham egadir: "Muhammadning yahudiy xristianligiga bilvosita bog‘liqligiga shubha yo‘q.
Buning natijasi chindan ham dunyo tarixi miqyosidagi bir paradoksdir; yahudiy xristianligi xristian
cherkovlaridan yo‘qolib ketgan bir paytda islomda saqlanib qoldi va u to shu kungacha islomning
yo‘naltirib turuvchi impulsi sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘lib qoldi. Hans-Joachim Schoeps, cited in P.-A.
Bernheim,
James, Brother of Jesus
(London, 1997, p.269) dan iqtibos. Bernheimning Quddusdagi
Jeyms rahnamolik qilgan havoriylar cherkovi Pavelning inkarnatsionizmni rad etib,
halaka
ko‘rinishlaridan birini amaliyotda qo‘llagani xususidagi ko‘zqarashidan, islomning dunyoviy tarixchiga
izchil ta'sir ko‘rsatgan (garchi bunday deyishga isbotlar yetarli bo‘lmasa-da) bo‘lishi mumkin, degan
xulosa ham o‘rinlidek tuyuladi. Ammo bu hol musulmon ilohiyotshunosiga Qur'on isoshunosligi
mavjudligini tasdiqlash imkonini beradi.
[331]
Do'stlaringiz bilan baham: |